Atom. Atom tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi O’rganiladigan tushunchalar


Download 7.84 Mb.
bet2/3
Sana21.10.2023
Hajmi7.84 Mb.
#1714652
1   2   3
Bog'liq
7-sinf 12-mavzu Atom

Lekin Beruniy bu masalaga birmuncha jiddiyroq qaragan. U bo'linish muammosini hal etishda shunday yo'lni topishga harakat qiladiki, ikki ta'limot - atomistik va cheksiz bo'linishning o'ziga xos qarama-qarshiliklari va cheklanishlarini bartaraf etishga intiladi. Beruniy atomistik nazariyasini Demokrit atomistik nazariyasidan farqi shundaki, Abu Rayhon Beruniy bo'shliqni inkor etsa, Demokrit bo'shliq - dunyoning zaruriy ajralmas qismi, deb hisoblaydi.


Beruniy Arastuni tanqid qilishda
dastavval tajribaga
murojaat etadi. Uning bu yo'li Arastuning kuzatuvchilik usuliga qarshi qaratilgan edi. Shunday qilib, Beruniy jismlaming cheksiz
bo'linuvchanligini tan olish va bo'linmas zarrachalar to'g'risidagi atomistik ta'limotning cheklanganini ko'rsatishga intiladiyu, biroq bu muammoni to'liq hal qila olmaydi. Yangi aflotuncha tamoyillar al-Kindiy, ar-Roziy, Forobiy va Ibn Sino falsafiy qarashlarida namoyon bo'lgan. Al-Kindly tafakkurida ko'proq Arastu qarashlari ustunlik qilsa, ar-Roziyda Aflotun qarashlari kuchliroq edi.

M.V.Lomonosovning atom tuzilishi haqidagi bayonotlari: Rus olimi M. V. Lomonosov ko'pgina asarlarida (1741) atom tuzilishi haqida yozadi. Lomonosov ta'limotining mohiyatini quyidagi qoidalar bilan bayon qilish mumkin: 1. Barcha moddalar "korpuskulalardan" (Lomonosov molekulalami shunday atagan edi) tarkib topgan. 2. Molekulalar "elementlardan" (Lomonosov atomlarni shunday atagan edi) tarkib topgan. 3. Zarrachalar molekula va atomlar to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Jismlaming issiqlik miqdori ulardagi zarrachalarning harakatlanish tezligi ortishiga bog'liqdir. 4. Oddiy moddalarning molekulalari bir xil atomlardan, murakkab moddalarning molekulalar turli xil atomlardan tuzilgan.

Atomlarning mavjudligiga qaratilgan ilmiy tushuntirishlar atom nazariyasining asosidir. Bir qator olimlar atom nazariyasining rivojlanishiga hissa qo'shdilar. Biroq zamonaviy atom tushunchasi ingliz olimi Jon Dalton (1766-1844) ishidan boshlangan. Dalton Demokritning atomlar haqidagi fikridan massaning saqlanish qonuni va tarkibning doimiylik qonunini tushuntirish uchun foydalangan. U 1808-yilda atom nazariyasi haqida mantiqiy farazni taklif qildi.


Download 7.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling