Atom elektr stansiyasi nimasi bilan afzal va qanday kamchiliklarga ega?


Download 43.21 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi43.21 Kb.
#1037744
  1   2   3   4
Bog'liq
valiyev musulmonqul


Atom elektr stansiyasi nimasi bilan afzal va qanday kamchiliklarga ega? 
Energetika fakulteti 32-21 gurux talabasi Valiyev Musulmonqul
Annonatsiya: Atom Elektra stansiyalari qanday ishlaydi. Ularning avzaliklari va kamchiliklari. Atrof muhitga ta’siri. Sanoat rivojlanlanishiga ta’siri.

Kalit so`zlar: AES, ELEKTR ENERGIYA, URAN, QUVVATI, HAJMI,


GENERATORI.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasida birinchi AES qurilishi loyihasining amalga oshirilishiga start berishdi.
AES qurilish loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblok qurilishini o‘z ichiga oladi. Mazkur energobloklar 3+ avlodiga tegishli bo‘lib, zamonaviy texnologiyalarning ishonchliligini sezilarli darajada oshirgan holda, Atom energetikasi xalqaro agentligining (MAGATE) zamonaviy xavfsizlik talablariga to‘la javob beradi.
O‘zbekistondagi AESning birinchi energobloki 2028 yil oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 
Avvalroq Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasidagi To‘dako‘l atrofidagi hududlar AES qurilishi uchun salohiyatli maydon sifatida ko‘rilayotgani ma'lum qilingan edi.Keyinroq Jizzaxdagi Aydarko‘l atrofidagi hudud ham salohiyatli hudud sifatida e'tirof etildi.
Ushbu AES qurilishi 11 milliard dollarga baholangan.
Bugungi kunda dunyoda nechta AES faoliyat ko‘rsatmoqda? AES qanday ishlaydi? Uning qanday ustunlik va kamchiliklari bor? AESlar soni bo‘yicha qaysi davlat birinchi o‘rinda turadi?
Quyida shu haqda batafsil ma'lumot berishga harakat qilamiz.
Birinchi AES qachon qurilgan?
Sobiq Ittifoq olimlari o‘tgan asrning 40-yillarida ana shunday elektrostansiyalarning ishlash tamoyillari borasida izlanishlar olib borishni boshlashgan. 1948 yilda I. Kurchatov hukumatga atom energiyasini ajratib olish bo‘yicha ishlarni boshlashni taklif qiladi. 1950 yil mayda Kaluga oblastidagi Obninsk shahrida dunyodagi birinchi AES qurilishi boshlanadi. Quvvati 5 MIt bo‘lgan mazkur AES qurilishi 1954 yilda yakunlanadi va Obninsk AESi ishga tushadi.
Yadroviy reaktor yordamida elektr energiyasi esa ilk bor 1951 yilda AQShning Aydaho shtatida olinadi. U tajribaviy bo‘lib, atigi 800 Vt energiya ishlab chiqaradi. Uning ishlashini tekshirib ko‘rish uchun generatorga to‘rtta cho‘g‘lanma lampochka ulanadi va hech kim kutmagan holda bu lampochkalar yonadi. 

Download 43.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling