Atom elektr stansiyasi nimasi bilan afzal va qanday kamchiliklarga ega?


Download 43.21 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi43.21 Kb.
#1037744
1   2   3   4
Bog'liq
valiyev musulmonqul

AESning afzalliklari
Yadroviy energetikani rivojlantirish tarafdorlari atom elektr stansiyalarining ustun jihatlariga e'tibor qaratishadi. Xususan, Jahon yadro assotsiatsiyasi qiziq ma'lumotni keltirib o‘tadi. Uning hisobotida aytilishicha, AESda bir gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishda insonlarning qurbon bo‘lishi ko‘rsatkichi an'anaviy issiqlik elektr stansiyalarinikiga nisbatan 43 marta kam ekan.
Atom elektr stansiyalarining ustunliklariga quyidagilar kiradi:
- elektr energiyasi ishlab chiqarish arzonga tushadi;
- gaz bilan ishlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga yiliga 13 ming tonna va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi 165 ming tonna zararli modda chiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega IES yiliga 8 million tonna kislorod yutadi. AES kislorod iste'mol qilmaydi va yuqoridagidek zararli chiqindilar chiqarmaydi; 
- ularni yirik yonilg‘i manbasi yaqinida qurish uchun zarurat yo‘q. IESga ko‘mir va gaz keltirish katta xarajatlarni talab qiladi, AESga kerakli uran esa bitta yuk mashinasiga joylashishi mumkin;
- foydalanilgan yonilg‘ini qayta ishlab, undan yana yonilg‘i sifatida foydalaniladi;
AESning kamchiliklari
Har bir loyiha ijobiy xususiyatlar bilan birga kamchiliklarga ham ega bo‘ladi. AESlar ham bundan mustasno emas.
Atom elektr stansiyalari quyidagi kamchiliklarga ega:
- nurlangan yonilg‘i xavfli hisoblanadi, uni qayta ishlash va saqlash murakkab jarayon hamda ko‘p mablag‘ talab qiladi;
- AES qurish uchun katta mablag‘ va juda ko‘p suv kerak bo‘ladi;
- AES katta miqdordagi radioaktiv chiqindilar chiqaradi va ularni saqlash uchun katta infratuzilma talab etiladi;
- AES bilan baxtsiz hodisa yuz berish ehtimoli judayam kam, ammo biror kor-hol sodir bo‘lsa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tarixdagi halokatlari
AES bilan yuz bergan dunyodagi birinchi halokat 1979 yil 28 martda AQShning Pensilvaniya shtatidagi Tri-Mayl-Aylend stansiyasida sodir bo‘lgan.
Halokatga reaktor sovutish tizimidagi nuqsonlar va xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning xatolari sabab bo‘lgan. Natijada yadroviy yonilg‘i erib ketgan. Halokat oqibatlarini bartaraf etish uchun bir milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflangan, bartaraf etish jarayoniga 14 yil ketgan.
AESlar halokatlari 7ta daraja bilan o‘lchanuvchi INES shkalasi bo‘yicha tasniflanadi. 4 va undan yuqori darajadagi halokatlar aholi uchun nurlanish xavfini tug‘diradi.
Tarixda faqat ikkita halokat 7-daraja bilan baholangan – bular Chernobil va Fukusima AESlari halokati.
Chernobil AESi halokatiga uning ishlash tamoyili asosiy sabab bo‘lgan deb hisoblanadi. Hodisaning rasman ikkita talqini mavjud. Birinchi talqinga ko‘ra, muammo reaktor operatorlarining noto‘g‘ri harakatlari oqibatida kelib chiqqan. Ikkinchi talqinga ko‘ra esa, elektrostansiyaning muvaffaqiyatsiz konstruksiyasi sababli halokat sodir bo‘lgan. Shuningdek, amalda takrorlashning mutlaqo imkoni yo‘q tasodiflar zanjiri yuz bergan degan fikr ham mavjud. Unga ko‘ra, o‘sha hududda yer silkinishi sodir bo‘lgani, reaktor bilan tajriba o‘tkazish, konstruksiyaning mayda-chuyda muammolari va yana boshqa tasodifiy holatlar portlashga sabab bo‘lgan.
Fukusima halokatiga ham tasodiflar zanjiri sabab bo‘lgan. Stantsiya zilzila va sunamilardan ishonchli tarzda himoyalangandi. Ammo bu ikki tabiiy ofat bir vaqtning o‘zida yuz berishi mumkinligini hech kim xayoliga keltirmagan. Fukusima AESi generatori butun majmua xavfsizligi ish faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turish uchun energiyani tashqi manbalardan olardi. Bu oqilona chora bo‘lib, halokat yuz bergan taqdirda stansiyadan energiya olish imkonsiz bo‘alrdi. Zilzila va sunami oqibatida barcha tashqi manbalar ishdan chiqdi va reaktorlar erib ketib, halokat sodir bo‘ldi. Hozirda ushbu halokat oqibatlari bartaraf qilinmoqda.

Lekin hozirgi AESlarning xavfsizlik tizimi takomillashtirilgan bo‘lib, halokat ehtimolini to‘laligicha yo‘qqa chiqaradi, atom reaktorlari ishi kompyuterlashtirilgan va eng kichik nuqson aniqlanishi bilan reaktorlar o‘chiriladi.

Download 43.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling