18-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Download 49.35 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi49.35 Kb.
#1475418
  1   2   3   4   5   6   7


18-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI

    1. Tashqi iqtisodiy aloqalar to’g’risida tushuncha

Bozor iqtisodiyoti, xususan, makroiqtisodiyot ochiq iqtisodiyotdir. U mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni talab qiladi. Bunday iqtisodiy aloqalar bo’lish zaruriyatini esa xalqaro mehnat taqsimoti belgilaydi. Chunki xalqaro mehnat taqsimoti iqtisodiy naflik qoidasidan kelib chiqadi. Qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish qulay bo’lsa, shu mahsulot boshqa mamlakatlarga etkazilib beriladi. Nimani mamlakat ichida ishlab chiqarish o’rniga uni tashqaridan keltirish arzonga tushsa, shu tovar import qilinadi.
Shunga binoan ayrim mamlakatlar ma’lum turdagi tovarlarni, butlovchi qismlar va detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni boshqalarga etkazib berib, jahon bozori dan o’ziga kerakli tovar va xom ashyoni oladi. Bunday ixtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti, ishlab chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
Qaysi bir mamlakatda qaysi tovarlarni sifatli va kam xarajat bilan yaratish uchun imkon bo’lsa, shu soha rivoj topadi. Bunday rivojlanish mazkur mamlakatning resurslariga ham bog’liq. Masalan, Quvayt uchun neftni, Yaponiya uchun kompyutr va mashinalarni, AQSh uchun samolyotlarni, Hindiston va Pokiston uchun choyni, O’zbekiston uchun paxtani eksport qilish qulay ekan, ular shuni afzal ko’rishadi.
Shunday qilib, tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi.1 Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:

  • xalqaro savdo-sotiq;

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

  • kapital migratsiyasi;

  • ishchi kuchi migratsiyasi;

  • o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar.

Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi. Jahon bozori-xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir- birlariga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir.
Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va
xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda. Birgina «Nou-xau» savdosining xalqaro savdo oborotidagi salmog’i 10 foizga yaqinlashdi.
Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda.
O’zbekistonning tashqi savdo oboroti 2003 yilda 6,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2002 yilga nisbatan 17,3 %ga ko’paydi.
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.
Pul jamg’armalarining investitsiyalarga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi migratsiyasini anglatadi. Bu migratsiya quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

  • pul mablag’lari, maqsadli bank omonotlari, paylar, aktsiyalar, sug’urta guvohnomalari va boshqa qimmatli qog’ozlar;

  • harakatlanuvchi asosiy kapitallar, shu jumladan texnologiyalar;

  • mualliflik huquqlari va boshqa intellektual boyliklar.

Xalqaro miqyosda kapital ortidan ish kuchi ham harakatga keladi. Ish kuchining dunyo uzra ko’chib yurishi ish kuchining xalqaro migratsiyasi deyiladi. Migratsiya oqimi ish kuchi ortiqcha bo’lgan mamlakatlardan unga talab bor mamlakatlar tomon yo’nalgan bo’ladi. U kishilarni bir mamlakatdan boshqasiga ishlab kelish uchun yoki tamomila o’sha erda qolish uchun ko’chib borishni bildiradi. Migratsiya muntazam tus olib, jahon ish kuchi bozorini shakllantirgan.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi.

  • xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

  • xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar;

  • xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar;

  • xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

  • o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar.

far bir guruh ko’rsatkichlari mutlaq va nisbiy miqdorlarda hisoblaniladi. Bunda qiyosiy yondashish va uning shartlariga qat’iy rioya qilish o’ta zarurdir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq etakchi o’rin tutadi va bu jahon bozorida quyidagi ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi (17.1-jadval).

Download 49.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling