18-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi
Download 49.35 Kb.
|
18.1-jadval
Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Bu ko’rsatkichlar yordamida tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovarlariga bo’lgan bahoning o’zgarishi, tovarlar tarkibidagi siljishlar, tovaroborotning hududiy taqsimoti, tashqi savdo tashkilotlari faoliyatining samaradorligi, ularning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida xalqaro savdo-sotiqning ahamiyati kabi muhim jihatlar o’rganiladi. Eksport (ing. export, lot. exportare - chetga chiqarish) deganda tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Ya’ni: tovar eksporti - moddiy ne’matlarni chetga chiqarish; xizmatlar eksporti - bu xorijdagi sheriklarga ishlab chiqarish yoki iste’molga oid to’lovli xizmat ko’rsatish; kapital eksporti - bu mamlakat tashqarisida kapital qo’yish (korxona va ob’ektlar qurish va ishga tushirish) va boshqalar. Eksport kvota2 deganda muayyan tovar (xizmat, kapital)ni eksportga belgilangan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va etkazib berish tushuniladi. Bu kvota (KE) eng avvalo eksportning (E) yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbati bilan belgilanadi. Ushbu koeffitsient (KE) qancha yuqori bo’lsa, shu qadar davlat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga yuqori darajada jalb etilgan bo’ladi. Masalan, AQShning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyaniki 25-30, Yaponiyaniki 18 foizga yaqin, Belgiya, Vengriya, Singapurniki 11-13 foizga teng. O’zbekistoning YaIMda eksportning ulushi keyingi yillarda 10-12 foiz atrofida, sobiq ittifoqda u 10 foizga teng edi. Biroq bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini to’liq aks ettirmaydi. Shu sababli uni ifodalovchi yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi (KRE) bo’lib, eksportning mamlakat sof mahsulotiga nisbati bilan o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun u taxminan 40-50 foiziga teng. Bu esa ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi. Import (lot. importo - olib kelish) - deganda ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar, texnologiya, kapital kiritish va xizmatlar keltirish tushuniladi. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rniga bog’liq. Import kvota - bu har yili mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan xorijiy mahsulot hajmini miqdor jihatdan cheklab qo’yishdir. Davlat mamlakatga mahsulot keltirishga ijozat beruvchi litsenziyani cheklangan miqdorda beradi va litsenziyasiz importni taqiqlaydi. Litsenziyali import hajmi ichki bozordagi talabdan kam bo’lsa, kvota faqat import hajmini kamaytirib qolmaydi, shu bilan birga ichki bozordagi narxlarning litsenziya egalari xorijda tovar sotib olgan jahon bozoridagi narxlardan oshib ketishiga olib boradi. Shu jihatdan qaraganda import kvotalari tarif cheklashlariga o’xshashdir. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash: to’lov balanslarini muvofiqlashtirish; ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish; xalqaro muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash xalq ite’mol mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda. Import kvota mahsulotlarning ta’rif stavkasini oshirishga qaraganda jozibaliroqdir, chunki ta’rif stavkani ko’tarish faqat xalqaro savdo bitimlarini tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlatning o’zi buni bajarish uchun har doim vakoltga ega emas. Kvota malakat ichki bozoridagi muayyan tarmoq mahsulotiga bo’lgan raqobatni susaytiradi. Kvotalash faqat mahsulot oqimlarini emas, balki ishchi kuchi oqimlarini ham tartibga solishda qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. Bu jarayonni baholash import kvotaning darajasi (KI) va indeksini (Ji) hisoblash yordamida amalga oshiriladi. Tashqi savdo oboroti (TSO) eksport (E) va import (I) yig’indisidan tashkil topadi: Uning hajmi oldi-sotdi bo’ladigan tovarlar va xizmatlarning umumiy miqdori va ularning Download 49.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling