Atom fizikasi


Qurilma va uning ishlash printsipi


Download 0.6 Mb.
bet3/29
Sana12.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1261988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2 5321212257789546284

Qurilma va uning ishlash printsipi
Bu ishda to’yinish fotokining (yoki kuchlanishining) tushayotgan yorug’lik intensivligiga va to’lqin uzunligiga bog’liq ravishda qanday o’zgarishi o’rganiladi.
+urilma chizmasi 4-rasmda berilgan. Uning asosiy qismlarini UM-2 monoxramator, STSV-4 fotoelement, L-

cho’g’lanma lampa va V lampali volьtmetr tashkil etadi. L-cho’g’lanma lampadan chiqayotgan yorug’lik  linzadan o’tib, monoxramatorning T1kirish tirqishiga tushadi. Monoxramator ichida joylashgan T to’siq yordamida yorug’lik nurining P prizmalar sistemasiga boradigan yulini to’sish va ochish mumkin. P prizmalar holati B barabanli vint yordamida o’zgartiriladi. Prizmalar holati barabanda joylashgan va graduslarga bo’lingan shkala yordamida aniqlanishi mumkin. P prizmadan o’tib spektrga ajralgan monoxramatik yorug’lik nuri monoxramatorning T2 tirqishidan chiqib, havosi so’rib olingan shisha balon ichiga joylashgan - fotoelementning K fotokatodiga tushadi. Fotoelement anodi A shisha balon markaziga joylashgan.
Fotoelementda hosil bo’lgan to’yinish fototokining kuchi lampali volьtmetr yordamida o’lchanadi.
Lampali volьtmetrning ishlash printsipi quyidagichadir. Lampali volьtmetrdagi qo’sh triodlarning to’rlariga tashqi kuchlanish berilmaganda ularning anodlaridagi potentsial bir xil bo’lib, anodlari orasiga tok o’tmaydi. Agar triodlarning biror to’riga tashqi kuchlanish berilsa, anod tokining kuchi o’zgarishi tufayli, tegishli anod kuchlanishi ham o’zgaradi va milliampermetr orqali to’rga berilgan kuchlanishga proportsional bo’lgan tok oqa boshlaydi.
Triod to’riga ulangan qarshilik orqali fototokning o’tishi to’fayli to’rga berilgan kuchlanish o’zgaradi. Triod to’riga ulagan qarshilik juda katta bo’lgani uchun (107 om), kichik fototok ham to’r kuchlanishining katta o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bu esa triod anodlari orasidagi tokning ortishiga sabab bo’ladi.
SHunday qilib, lampali volьtmetr fotoelement anodida hosil bo’lgan sust tokni kuchaytirib, uni o’lchash imkonini yaratadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling