Atom fizikasi
Download 0.6 Mb.
|
2 5321212257789546284
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejimiga sozlab qo’yiladi. O’lchashlar quyidagi tartibda bajariladi
Tajriba geometriyasi.
Ushbu laboratoriya ishida, o’lchash geometriyasi Rezerford tajribasidagiga o’xshashdir. Tez elektronlar manbai sifatida 207Bi radioaktiv moddasidan foydalaniladi. Bu radioaktiv izotop konversion elektronlar chiqaradigan bo’lib, spektri yaqin joylashgan ikki chiziqdan iborat. Mazkur laboratoriya ishida elektronlar dastasini monoxromatik deb hisoblash mumkin. Kollimator chiqish tirqishi diametri 5 mm bo’lib, manba bilan kollimator orasidagi 70 mm masofada, elektronlar dastasining nuqtaviy manba uchun o’qdan kengayish 0 ga teng. Bevosita detektor kirish oynasi oldida diametri 8 mm bo’lgan ikkinchi bir kollimator joylashgan. CHiqish va kirish kollimatori orasidagi masofa 40 mm. Bu geometriyaga mos keluvchi fazoviy burchakni quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin: Ishning bajarilish tartibi. Laboratoriya ishida zarralarni qayd qilish uchun, qalinligi 5 mgsm2 oshmagan slyuda oynali MST-17 turdagi Geyger Myuller schetchiki ishlatiladi. Schetchikni ta’minoti stabillashgan kuchlanish bilan VSN-7 yuqori kuchlanishli to’g’irlagichdan amalga oshiriladi. SHuni ham eslatib o’tish kerakki schetchikka plata rejimiga mos keluvchi oldindan tanlangan ishchi kuchlanish qiymati beriladi. Schetchikka ushbu kuchlanish qiymatidan katta kuchlanish berish qatiyan man qilinadi. Schetchikda muayyan shaklga kelgan elektr signal PSO2-5 sanash asbobiga kelib tushadi. Ushbu asbobni impulьs hisoblash Rejimiga sozlab qo’yiladi. O’lchashlar quyidagi tartibda bajariladi:1.Ta’minot bloki va hisobga olish asbobini elektr manbaiga ulanadi.2. Radioaktiv nurlanish manbai qo’ymasdan 5 minut davomida tabiiy radioaktiv fon o’lchanadi. Radioaktiv fon bu kosmik nurlar va atrof muhitning tabiiy radioaktiv nurlanishlari natijasida vujudga keladi. Keyingi hamma o’lchash natijalaridan fon hisoblash tezligini ayrish zarur.3. Tez elektronlar manbaini kollimator halqasiga joylashtiriladi va qayd qilish yo’nalishi va birlamchi dasta orasidagi burchaklar uchun sanash tezligi o’lchanadi. Burchaklar o’lchash qadami 100, o’lchash vaqti esa 5 min. 4. Kollimator teshikini sochuvchi nishon(10 mkm qalinglikdagi alyuminiy folьga) bilan to’siladi va 3 qisimdagi o’lchashlar bajariladi. 5.Ish yakunida yana bir bor fon o’lchanadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling