Atom massa. Molekulyar massa. Modda massasi va miqdori


Download 77.7 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi77.7 Kb.
#1613872
1   2   3
Bog'liq
Atom massa

Mol - massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi - "mol".

  • Molni tadbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin

  • Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi - aniq 12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12 g/mol

    1980-yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma'qulladi:
    Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan.
    Molning ta'rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi - Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi.
    n(x)=N(X)/N(A)
    shuni e'tiborga olingki, N(x) - o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.
    "Modda miqdori" so‘zidagi "modda" so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta'kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan Vodorod xlorid HCl miqdori, yoki Benzol C6H6 miqdori kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta'kidlab aytish muhim (Mol ta'rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi "miqdori" so‘zining asosiy lug‘aviy ma'nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni "modda miqdori" so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, "modda konsentratsiyaning miqdori" kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli.
    Download 77.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling