Atom massasi – atom o’girligini o’lchaydigan kattalik bo’lib, si o’lchov birligida uni kilogrammda qobul qilingan. Odatda uni massa atom birligi ham deyiladi. Nisbiy atom massa


Download 100.96 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi100.96 Kb.
#1003500
Bog'liq
Atom massasi


Atom massasi – nisbiy atom massa va nisbiy molekular massa
Atom massasi – atom o’girligini o’lchaydigan kattalik bo’lib, SI o’lchov birligida uni kilogrammda qobul qilingan. Odatda uni massa atom birligi ham deyiladi.
Nisbiy atom massa
Hozirgi tekshirish usullari atomlarning nihoyatda kichik massasini katta aniqlik bilan topishga imkon beradi. Masalan, vo­dorod atomining massasi 1,674 • 10-27 kg, kislorodniki —2,667 • 10-27kg, uglerodniki — 1,993 •10-27 kg.
Kimyoda odatga ko‘ra atom massalarining absolut emas, balki nisbiy qiymatlaridan foydalaniladi. 1961- yilda atom massasining birligi qilib uglerod izotopi 12C atomi massasining 1/12 qismiga teng bo‘lgan massaning atom birligi (qisqartirilgani m.a.b.) qabul qilingan. Ko’pchilik kimyoviy elementlarda massasi turlicha bo‘lgan atomlar bo‘ladi. Shu sababli:
Nisbiy atom massa – element atomi massasini 12С (uglerod-12) atomi massasining 1/12 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.
Elementlaming nisbiy atom massalari* Ar bilan belgilanadi, bunda indeks r — inglizcha relative ,,nisbiy“ so‘zining bosh harifidir. Ar (H), Ar (О), A(C) yozuvlar vodorodning nisbiy atom massasi, kislorodning nisbiy atom massasi va uglerodning nisbiy
atom massasini bildiradi.

Uglerod (12C) atomining absolut massasini 1/12 qismi ( 19,93 •10-27 kg/ 12= 1 ,66 •10-27 kg) ga teng bo‘lib, bu miqdor massa atom birligi (m.a.b.) deb ataladi.


1 m.a.b. = l,66-10-27 kg.
Masalan, kislorod atomining absolut massasi 26,57-10-27 kg ga teng bo‘lgan uchun uning nisbiy atom massasi:

Demak, kislorod atomi uglerod atomi massasining 1/12 qismidan 16 marta og‘ir.
Nisbiy atom massa — kimyoviy elementning asosiy xarakteristikalaridan biridir. Atom m assalarning hozirgi qiymatlari D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida berilgan.
Nisbiy molekular massa
Moddaning tabiiy izotoplar tarkibidagi molekulasi o‘rtacha massasining uglerod atomi 12C massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng qiymat moddaning nisbiy molekular massasi Mdeyiladi.
Nisbiy molekular massa son jihatdan modda molekulasi tarkibiga kiradigan barcha atomlar nisbiy atom massalarining yig‘indisiga teng. Uni moddalaming formulasidan oson hisoblab topish mum­kin*. Masalan, M r (H20 ) quyidagicha topiladi:
2Ar (H ) = 2 • 1,00797 = 2,01594
Ar(O) = 1 • 15,9994 = 15,9994
Mr(H2O) = 2,01594 + 15,9994 = 18,01534
Demak, suvning molekular massasi 18,01534 ga yoki yaxlitlaganda 18 ga teng. Nisbiy molekular massa berilgan modda molekulasining mas­sasi 12C atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, suvning molekular massasi 18 ga teng. Bu degan so‘z, suv molekulasining massasi 12C atom massasi­ning 1/12 qismidan 18 marta katta demakdir. Nisbiy molekular massa — moddalaming asosiy xarakteristikalaridan biridir.
TAGGEDATOM MASSA NIMAATOM MASSASIATOM MASSASINI ANIQLASH USULLARIMOLYAR MASSANI ANIQLASHNISBIY ATOM MASSASINI TOPISH
Post menyusi
PREVIOUS POSTPrevious post:
Geliy haqida malumot
NEXT POSTNext post:
Alyuminiy haqida malumot

admin
View all posts by admin →
YOU MIGHT ALSO LIKE

Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi
Sentabr 7, 2021

Ion almashinish reaksiyasi turlari
Sentabr 7, 2021

Bog’lanish energiyasi haqida
Noyabr 24, 2022
5 thoughts on “Atom massasi – nisbiy atom massa va nisbiy molekular massa”

  1. Pingback: Alyuminiy haqida malumot - ishlatilishi cheminfo.uz

Download 100.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling