Atom massasi (nisbiy atom massasi) atom massasining atom massa birligida ifodalangan qiymati


Download 100.8 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1083236
  1   2   3
Bog'liq
Atom massasi


Atom massasi (nisbiy atom massasi) – atom massasining atom massa birligida ifodalangan qiymati.

Atom massasi, atom ogʻirligi – atom massalarining atom massasi birli-klarida ifodalangan nisbiy qiymati. Atom massasi ifodasini ingliz ki-myogari J.Dalton 19-asr boshida fanga kiritgan. 1961-yilda qabul qilingan nisbiy atom massalari birliklari shkalasiga asosan atom massasi birligi (atm.m.b.) uglerod izotopi atomi 12S massasining 1/12 qismiga teng. Xalqaro belgisi – U. Ele-mentar zarralar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar massasi birligi sifatida qoʻllaniladi. Atom massasi kimyoviy elementlarning eng muhim koʻrsatkichidir. Kimyoviy elementlar atomlarining tuzilishi va xossalarining oʻzgarish qonuniyatlari Atom massasi bilan oʻzaro bogʻliq. Bir kimyoviy element izotoplarining Atom massasi qiymati turlicha boʻladi. Izotoplar aralashma-sidan tashkil topgan elementlarning Atom massasi sifatida aralashma tarkibidagi izotoplarning protsent miqdorlarini hisobga olgan holda shu izotoplar Atom massasining oʻrtacha qiymati qabul qilinadi. Ushbu qiymatlar elementlar davriy sistemasida (massa soni keltirilgan transuran elementlar bundan mustasno) keltirilgan. Atom massasi turli fizik va kimyo-viy usullar bilan aniqlanadi; ulardan eng aniqrogʻi – mass-spektroskopiyadir. Bu usulda element ionlari nisbiy zaryadlarning qiymatlari, boshqacha aytganda, zaryad kattaligining ion massasiga nis-batan aniqlanadi. Buning uchun ionlarning elektr yoki magnit maydonida toʻgʻri chiziqli harakatdan chetga chiqishi tek-shiriladi. Fizik usullardan yana biri yadro reaksiyasiga asoslangan. Bunda yadroda boʻladigan oʻzgarishlar natija-sida bir atom yadrosining ikkinchi atom yadrosiga aylanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Kimyoviy usullardan biri – elementning bir necha kimyoviy birikmalari mo-lekulyar massasini va bu birikmalarning kimyoviy tarkibini aniqlashga asoslangan. Atom massasini taqriban aniqlash usullari ham bor. Mas, ulardan biri Dyulong va Pti qoidasiga asoslangan; bu qoidaga koʻra, element Atom massasining oʻsha elementning solishtirma issiqlik sigʻimi (S)ga koʻpaytmasi oʻzgarmas miqdor boʻlib, u taxminan 6,3 ga teng: AS~6,3.[1] Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ʻ/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasi larining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng. Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi. Uchuvchan moddalarning mol. m. mass-spektrometriya usulida, turli birikmalar aralashmasining mol. m. xromatomass-spektrometriya usulida aniqlanadi.[1]

Kimyoda odatga ko‘ra atom massalarining absolut emas, balki nisbiy qiymatlaridan foydalaniladi. 1961- yilda atom massasining birligi qilib uglerod izotopi 12C atomi massasining 1/12 qismiga teng bo‘lgan massaning atom birligi (qisqartirilgani m.a.b.) qabul qilingan. Ko’pchilik kimyoviy elementlarda massasi turlicha bo‘lgan atomlar bo‘ladi. Shu sababli:
Nisbiy atom massa – element atomi massasini 12С (uglerod-12) atomi massasining 1/12 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.
Elementlaming nisbiy atom massalari* Ar bilan belgilanadi, bunda indeks r — inglizcha relative ,,nisbiy“ so‘zining bosh harifidir. Ar (H), Ar (О), A(C) yozuvlar vodorodning nisbiy atom massasi, kislorodning nisbiy atom massasi va uglerodning nisbiy
atom massasini bildiradi.

NAZARIY
Atom massasi – nisbiy atom massa va nisbiy molekular

Download 100.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling