Tarkibning doimiylik qonunini ta‘riflang va unga tegishli misol keltiring.
Ekvivalentlar qonunini ta‘riflang, kimyoviy elementlar, kislotalar, asoslar va tuzlarning ekvivalentlarini aniqlash usullarini ko’rsating.
Qanday qonunlar gaz qonunlariga mansub, ularni ta‘riflang.
JAVOBLAR.
XVIII asrning o’rtalarida M.V.Lomonosov qadimgi yunon faylasuflari Levkip va Demokritning «hamma moddalar juda mayda zarrachalar-atomlardan tuzilgan, hamda ular doimiy va uzluksiz harakatda bo’ladi, dunyoda sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlar atomlarning birikishi yoki bir-biridan ajralishi natijasidir», - degan atomistik tasavvurini rivojlantirib, sistemaga soldi hamda kimyoga tatbiq etdi. Bu ta‘limotning asosiy qoidalari «Matematik kimyo elementlari» (1741) nomli va boshqa ko’pgina asarlarida bayon qilingan. U ham o’z ta‘limotiga barcha moddalar juda mayda zarrachalardan tuzilgan, degan fikrni asos qilib oldi va zarrachalarni ikki turga bo’ldi: atomlarni «elementlar» deb, molekulalarni esa «korpuskulalar» deb nomladi. Molekulalar hosil bo’lishida atomlar bir-biri bilan mikdoriy nisbatlarda birikadi. Molekulalarning xossalari faqat ularning tarkibiga kirgan atomlar sonigagina bog’lik bo’lmay, balki atomlarning molekulada joylashish tartibiga ham bog’likdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |