Atom tarkibiga doir masalalar
Download 110.75 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5321477240091840348
Atom tarkibiga doir masalalar 1. Quyidagi xususiyatlari keltirilgan molekulalar ichidan nechtasida neytronlarga nisbatan elektronlari soni ko’p. 1) havoda o’z-o’zidan alangalanib ketadigan gaz; 2) palaxta tuxum hidini beruvchi gaz; 3)sarimsoqpiyoz hidini beruvchi gaz; 4) “tulki dumi” deb ataladigan gaz; 5) kuldiruvchi gaz; 6) qaldiroq gaz; 7) botqoqlik gazi; 8)gollandiyalik kimyogarlar yog’i A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 2. Quyida keltirilgan molekulalar tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yig’indisi ortib borish tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang. 1) (AlOH) 3 (PO 4 ) 2; ; 2) [Al(OH) 2 ] 3 PO 4 ; 3) (AlOH) 2 P 2 O 7 ; 4) [Al(OH) 2 ] 4 P 2 O 7 A) 2, 1, 3, 4 B) 4, 2, 1, 3 C) 3, 4, 2, 1 D) 3, 2, 1, 4 3. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidan proton va neytron soni bir xil bo’lganlarini tanlang. 1) botqoqlik gazi; 2) vodorod ftorid; 3) gidroksoniy kationi; 4)deyterometan; 5) o’ta og’ir suv 6) og’ir suv; A) 2, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 4, 6 4. Element atomida neytron soni elektron va proton soni yig’indisidan 25 taga kam bo’lib, neytron element atom massasining 56,25% ini tashkil etadi. Bu element atomida neytron elektrondan nechtaga ko’p. A) 10 B) 12 C) 15 D) 16 5. Elementning oksidlanish darajasi -2 va +4 bo’lgan ionlaridagi elektronlari yig’indisi 30 ta bo’lsa, shu element atomidagi nuklonlar elektronlardan nechtaga ko’pligini toping. A) 14 B) 15 C) 16 D) 17 6. Quyidagi ifoda davomini toping. Barcha uglerod atomlarida … 1) neytronlar soni 6 ta; 2) protonlar soni 6 ta; 3) neytronlar soni 7 ta; 4) elektronlar soni 7ta; 5) nisbiy atom massa 12 ga teng; A) 1, 4 B) 2 C) 2, 5 D) 3 7. Yadroda zaryadi ma’lum bo’lgan elementning quyidagi xususiyatlaridan qaysi birini umuman bilib bo’lmaydi ? A) davr raqamini B) guruh raqamini C) elektronlar sonini D) atom massasini 8. Elektronlar soni bir xil bo’lgan zarrachalarni tanlang. 1) Cr +6 ; 2) P -3 ; 3) Fe +3 ; 4) Fe +2 ; 5) Mn +7 ; 6) S -2 ; 7) Ca +2 ; 8) Ar; 9) Se -2 ; 10) Si -4 ; 11)Br - ; 12) Cl - A) 3, 4, 5, 8 B) 5, 11, 12 C) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 10, 12 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 9, 10, 12 9. Elektronlar soni bilan farq qilmaydigan atom yoki ionlarni tanlang. 1) vodorod anioni; 2) litiy kationi; 3) geliy; 4) alfa zarracha; 5) deyteriy A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4 10. Qaysi birikmada neytronlar sonining protonlar soniga nisbati 0,7 ga teng? A) suv B) metan C) ammiak D) og’ir suv 11. Qaysi birikmada protonlar va neytronlar nisbati 5:3 ga teng. A) suv B) metan C) ammiak D) og’ir suv 12. ”Atomning eng yuqori energetik pog’onasidagi elektronlar soni guruh tartib raqamiga teng”, -degan qoida qaysi elementlar haqida aytilgan ? A) f-elementlar B) d- elementlar C) bosh guruhcha elementlari D) yonaki guruh elementlari 13. Kimyoviy element - … bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turidir. A) atom massasi B) yadro zaryadi C) ekvivalenti D) neytronlari soni 14. H 2 S 1 →PH 3 2 →SiH 4 3 →NO 4 →Li 2 O Ushbu qatorda proton, neytron va elektronlar yig’indisi qanday o’zgarishini aniqlang. a) ortadi; b) kamayadi; c) o’zgarmaydi; A) 3b 4b 1c 2b . B) 2b 3b 4c 1c C) 1b 2b 3a 4b D) 4c 2b 3a 1c 15. P 2 O 5 1 →N 2 O 5 2 →SO 2 3 →NO 2 4 →N 2 O 3 Ushbu qatorda proton, neytron va elektronlar yig’indisi qanday o’zgarishini aniqlang. a) ortadi; b) kamayadi; c) o’zgarmaydi; A) 1b , 2b, 3b, 4a B) 4a, 3a, 2a, 1b C) 3a, 4c, 1c, 2a D) 2b, 1b, 4c, 3b 16. SiH 4 1 →NO 2 →N 2 O 5 3 → O 3 4 →NO 2 Ushbu qatorda proton, neytron va elektronlar yig’indisi qanday o’zgarishini aniqlang. a) ortadi; b) kamayadi; c) o’zgarmaydi; A) 1b, 2a, 3a, 4b B) 4c, 3b, 2a, 1b C) 2a, 1b, 4b, 3b D) 3b, 4b, 1a, 2a 17. Element atomi yadrosining 47,826 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning neytronlari soni elektronlari sonidan bittaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang. A) Na B) P C) F D) B 18. Element atomi yadrosining 48,387 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning neytronlari soni elektronlari sonidan bittaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang. A) Na B) P C) F D) B 19. Element atomi yadrosining 46,428 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning neytronlari soni elektronlari sonidan to’rttaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang. A) Fe B) Mn C) Ti D) Cr 20. Element atomi yadrosining 44,615 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning neytronlari soni elektronlari sonidan yettitaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang. A) Zn B) Cu C) Fe D) Mn 21. As -3 ioni X +2 ionidan 1,5 marta ko’p elektronga ega. X elementni aniqlang. A) temir B) xrom C) titan D) bariy 22. X +2 kationidagi elektronlar soni C 2- ionidagidan 3 marta ko’p bo’lsa, X elementni aniqlang. A) Cr B) Fe C) Ca D) Mg 23. Mn +2 kationidagi elektronlar soni X + kationidagidan 11,5 marta ko’p bo’lsa, X elementni aniqlang. A) Li B) Na C) K D) Be 24. X − anionidagi elektronlar soni H 2 SO 3 birikma hosil qilgan oltingugurtdagi elektronlar sonidan 3 marta ko’p bo’lsa, X elementni aniqlang. A) F B) Cl C) Br D) J 25. 4,48 litr azotga necha gramm kislorod qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni Avagadro sonidan 7,6 marta ko’p bo’ladi? A) 6,72 B) 9,6 C) 5,6 D) 8 26. 3,2 g kislorodga necha litr karbonat angidrid qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni Avagadro sonidan 8,2 marta ko’p bo’ladi? A) 13,2 B) 6,72 C) 2,24 D) 8,8 27. 4,48 litr CO ga necha gramm CO 2 qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni Avagadro sonidan 9,4 marta ko’p bo’ladi ? A) 4,48 B) 5,6 C) 13,2 D) 6,72 28. Element atomidagi proton va elektronlar yig’indisi neytronlar sonidan 12 taga ko’p. Umumiy zarrachalar ichida neytronlar miqdori protonlar miqdoridan 2,5 % ga ko’p. Atomdagi proton va neytronlar ko’paytmasini aniqlang. A) 182 B) 240 C) 380 D) 132 29. Element atomidagi proton va elektronlar yig’indisi neytronlar sonidan 16 taga ko’p. Umumiy zarrachalar ichida neytronlar miqdori protonlar miqdoridan 10 % ga ko’p. Atomdagi proton va neytronlar ko’paytmasini aniqlang. A) 782 B) 740 C) 780 D) 768 30. Izotonlar keltirilgan qatorni toping. A) 136 Xe, 138 Ba, 139 La, 141 Ce B) 131 Xe, 137 Ba, 138 La, 201 Hg C) 40 Ar, 40 K, 40 Ca, 40 Cl D) 49 Sc, 50 Ti, 51 V, 52 Cr 31. Izooelektronli zarrachalarni toping. 1) metan; 2) ammiak; 3) vodorod ftorid; 4) ammoniy ioni; 5) ftor atomi; 6) ftor anioni A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 6 32. X 3+ , Y 2- , Z 4- ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 32 ta bo’lsa, X va Y ning neytronlari yig’indisini aniqlang. A) 85 B) 72 C) 95 D) 105 33. X 3- , Y 2+ , Z 4+ ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 22 ta bo’lsa, X va Y ning neytronlari yig’indisini aniqlang. A) 51 B) 62 C) 35 D) 36 34. X 2+ , Y - , Z 4+ ionlaridagi elektronlar soni teng. Z elementning protonlari soni 40 ta bo’lsa, X , Y va Z ning neytronlari yig’indisini aniqlang. A) 97 B) 148 C) 145 D) 146 35. Temir atomida elektronlar umumiy zarrachalarning 32,5 % ini tashkil etadi. Temir atomining massasini aniqlang. A) 54 B) 55 C) 56 D) 57 36. Marganes atomida elektronlar umumiy zarrachalarning 30,864 % ini tashkil etadi. Marganes atomining neytronlar sonini aniqlang. A) 29 B) 30 C) 31 D) 32 37. Xrom atomida neytronlar umumiy zarrachalarning 40 % ini tashkil etadi. Xrom atomining massasini aniqlang. A) 54 B) 55 C) 56 D) 57 38. Umumiy zarrachalarining 31,95 % ini elektronlar tashkil qiladigan fosfor atomiga izoton bo’lgan xlor atomining massasini aniqlang. A) 34 B) 35 C) 36 D) 37 39. Umumiy zarrachalarining 31,579 % ini protonlar tashkil qiladigan magniy atomiga izobar bo’lgan alyuminiy atomidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 12 B) 13 C) 14 D) 15 40. Umumiy zarrachalarining 36,67 % ini neytronlar tashkil qiladigan kaliy atomiga izobar bo’lgan kalsiy atomidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 20 B) 21 C) 22 D) 23 41. Umumiy zarrachalarining 32 % ini elektronlar tashkil qiladigan oltingugurt atomiga izobar bo’lgan fosfor atomidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 16 B) 17 C) 18 D) 19 42. Xrom atomida elektronlar barcha zarrachalarining 30 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 28,2 % ini tashkil etadi? A) +6 B) +2 C) +3 D) +4 43. Marganes atomida neytronlar barcha zarrachalarining 37,5 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 27,63 % ini tashkil etadi? A) +6 B) +2 C) +3 D) +4 44. Marganes atomida neytronlar barcha zarrachalarining 39 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 25 % ini tashkil etadi? A) +6 B) +2 C) +3 D) +4 45. Umumiy zarrachalarining 32,43 % ini protonlar tashkil qiladigan xrom atomining qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 29,577 % ini tashkil qiladi ? A) +2 B) +3 C) +4 D) +6 46. Tabiiy borning atom massasi 10,81 ga teng bo’lib, massalari 10 va 11 bo’lgan izotoplari aralashmasidir. Tabiiy bordagi izotoplar foiz miqdorini hisoblang. A) 26; 74 B) 33; 67 C) 19; 81 D) 22; 78 47. Tabiiy xlorning atom massasi 35,45 ga teng bo’lib, massalari 35 va 37 bo’lgan izotoplari aralashmasidir. Tabiiy xlordagi izotoplar foiz miqdorini hisoblang. A) 77,5; 22,5 B) 75; 25 C) 79; 21 D) 78,5; 21,5 48. Tabiiy kaliy 93% 39 K va 7% 40 K izotoplari aralashmasidan iborat. Tabiiy kaliyning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblang. A) 39,12 B) 39,07 C) 39,28 D) 39,00 49. Tabiiy rubidiy 76,5% 85 Rb va 23,5% 87 Rb izotoplari aralashmasidan iborat. Tabiiy rubidiyning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblang. A) 85,47 B) 86,07 C) 86,34 D) 85,13 50. Uglerodning massasi 12 va 13 bo’lgan izotoplari hamda kislorodning massalari 16, 17 va 18 bo’lgan izotoplari yordamida necha xil karbonat angidrid molekulasi hosil qilish mumkin? A) 10 B) 11 C) 12 D) 13 51. Uch xil kislorod izotopi yordamida necha xil ozon molekulasi hosil qilish mumkin ? A) 16 B) 10 C) 18 D) 19 52. Ma’lumki, vodorod va kislorodning uchtadan izotoplari bor. Shu izotoplardan foydalangan holda necha xil vodorod peroksid molekulasini hosil qilish mumkinligini hisoblang. A) 24 B) 32 C) 36 D) 40 53. Azotning massasi 14 va 15 bo’lgan izotoplari hamda vodorodning 3 xil izotopi yordamida hosil qilish mumkin bo’lgan ammiak molekulalarining nechtasining molyar massalari 19 va 21 bo’lishini toping. A) 3+3 B) 3+4 C) 2+3 D) 4+5 54. Vodorod va kislorodning uch xil izotoplari yordamida hosil qilish mumkin bo’lgan suv molekulalaridan nechtasining massasi 19 va 20 bo’lishini toping. A) 2+4 B) 3+4 C) 3+3 D) 4+3 55. Uglerodning massasi 12 va 13 bo’lgan izotoplari hamda kislorodning uch xil izotopi vositasida hosil qilish mumkin bo’lgan CO 2 molekulalarining nechtasining massasi 45 va 47 bo’lishi mumkinligini hisoblang. A) 2+2 B) 2+3 C) 3+3 D) 3+4 56. Vodorodning uchta izotopi hamda azotning ikkita (14; 15) izotoplaridan foydalangan holda hosil qilingan eng og’ir gidrazin molekulasidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 24 B) 27 C) 20 D) 26 57. Oltingugurtning uch xil (32; 33; 34) hamda vodorodning uch xil (H, D, T) izotoplaridan foydalanib necha xil Mr=36 bo’lgan vodorod sulfid molekulasini hosil qilish mumkin . A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 58. Tabiiy magniyning o’rtacha nisbiy atom massasi 24,327 bo’lib, u massasi 24, 25, 26 bo’lgan izotoplar aralashmasidan iboratdir. Bunda 24 Mg 78,6% tarqalganligini bilgan holda qolgan izotoplar tarqalish foizini toping. A) 17,4; 4,0 B) 14,3; 7,1 C) 12,4; 9,0 D) 10,1; 11,3 59. Zaryadsiz nuklonlar soni barcha zarrachalarning 35 % ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi xromning massasi 54 bo’lgan izotopiga izobar bo’lsa, noma’lum elementning neytronlar soni qancha ? A) 28 B) 32 C) 30 D) 26 60. Zaryadsiz nuklonlar soni barcha zarrachalarning 40 % ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi temirning massasi 56 bo’lgan izotopiga izobar bo’lsa, noma’lum elementning neytronlar soni qancha ? A) 28 B) 32 C) 24 D) 26 61. Musbat nuklonlar soni barcha zarrachalarning 31,25 % ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi xromning massasi 54 bo’lgan izotopiga izoton bo’lsa, noma’lum elementning massa nechaga teng ? A) 54 B) 52 C) 55 D) 56 Download 110.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling