Atom tuzilishi-1
Download 152.64 Kb.
|
davriy sis, atom tuzi naz
N1 Takrorlash
1. Bitta vertikal qatorga joylashgan o‘xshash ele-mentlar qatori-.? A) davr B) guruh C) lantonoid D) aktinoid 2. Gruppalarda yuqoridan pastga qarab elementlarni xossalari qanday o’zgaradi? 1) elektron qavati ko‘payadi; 2) tashqi qavatdagi elektronlarning yadroga tortilishi zaiflashadi; 3) elektron berish xususiyati kuchayadi; 4) metallik xossalari kuchayib boradi. A) 1,2 B) 3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 3. Davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifini ayting? A)kimyoviy elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari atom massaning kattaligiga davriy ravishda bog‘liqdir B) kimyoviy elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari atom yadrolari zaryadining kattaligiga davriy ravishda bog‘liqdir C) kimyoviy elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elektronlar yig’indisiga davriy ravishda bog‘liqdir D) kimyoviy elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari atom electron qobig’I kattaligiga davriy ravishda bog‘liqdir 4. Atomlarning tuzilishi haqidagi to‘g‘ri tasavvurlar nimalarni kashf etilishi va ularni o‘rganish jarayon larida vujudga keldi? 1) elektroliz; 2) katod nurlari; 3) rentgen nurlari; 4) radioaktivlik A) 1 B) 2,3 C) 1,2,3,4 D) 4 5. Atomning K energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi? A) 2 B) 6 C) 8 D) 10 6. Atomning N energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi? A) 32 B) 54 C) 18 D) 72 7. Atomning Q energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi(nazariy jihatdan)? A) 32 B) 54 C) 98 D) 72 8. Bosh kvant soni n = 2 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi? A) K B) L C) N D) M 9. Bosh kvant soni n = 5 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi? A) O B) P C) Q D) R 10. Bosh kvant soni n = 8 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi? A) O B) P C) Q D) R 11. Metall plastinkadan α-zarrachalarning (geliy yadrolarining) o‘tishini kuzatib, rux sulfid ZnS qatlami bilan qoplangan ekranga α-zarrachalar urilganda chaqnash sodir bo‘ladi bu esa zarrachalar sonini sanashga imkon beradi. Ma’lum bo‘lishicha, α-zarrachalarning kamroq qismi metall plastinkadan o‘tganida o‘z yo‘lidan turli burchakka og‘adi, ayrim zarrachalar esa uchish yo‘nalishini keskin o‘zgartirishi dan α-zarrachalarning tarqalishi hodisasini tushuntirgan olim? A) J.Dalton B) E. Rezerford C) N.Bor D) D.D. Ivanenko 12. Butun atomning o‘lchami necha atrofida? A) 10–8 sm B) 10-18sm C) 10-8 nm D) 10-18 nm 13. Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra, barcha elementlar atomlarining yadrolari nimalardan iborat? A) proton, neytron va elektronlar B) proton va atom massa C) nuklonlardan D) proton, neytron, electron va atom massa 14. Atomga manfiy zaryad beruvchi zarracha? A) neytron B) pozitron C) proton D) elektron 15. Quyidagilar nechtasi zaryadsiz? Proton, elektron, pozitron, neytron, foton(hν), gamma(γ) A) 2 B) 3 C) 1 D) 4 16. 1932 yilda yadro tuzilishining proton-neytron nazariyasini yaratgan olim(lar)? A) D.D. Ivanenko B) E.N. Gapon C) D.D.Ivanenko bilan E.N.Gapon D) Geyzenberg bilan Shridenger 17. Yadroning xossalari, asosan, nima bilan aniqlanadi? 1) protonlar soni; 2) neytronlar soni; 3) yadroning tarkibi A) 1 B) 2 C) 1,2,3 D) 3 18. Yadro zaryadi turlicha bo‘lib, atom og‘irliklari bir xil bo‘lgan elementlar atomlari A) izotop B) izoton C) izobar D) izoelektron 19. Aro’rtacha=Ar1•w1+Ar2•w2+Arn•wn+… Formula bilan nima aniqlanadi? A) elementlarning o’rtacha molekulyar massasi B) elementlarning o’rtacha hajmi C) elementlarning o’rtacha atom massasi D) elementlarning o’rtacha moli 20. Elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining xossa va shakllari nimaga bog‘liq? A) atom massasiga B) protonlar soniga C) elektronlar soniga D) yadro zaryadiga 21. D.I. Mendeleyev davriy sistemani yaratishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgan? 1) kimyoviy elementlarning soni kam; 2) ko‘p kimyoviy elementlar uchun nisbiy atom massalarining qiymatlari noto‘g‘riligi; 3) yadro zaryadlari noaniqligi; 4) olimlar dunyo qarashlari; A) 3 B) 3 C) 1,2 D) 1,2,3 22. D.I. Mendeleyev o‘sha vaqtda hali kashf etilmagan qaysi elementlarni aytib o’tgan? 1) ekabor; 2) ekaaluminiy; 3) ekamarganes; 4) ekasilitsiy; 5) dvimarganes; A) barchasi B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 3,5 23. 1875-yilda Lekok de Buabodran kashf etgan element? A) Sc B) Ge C) Ga D) Re 24. Davriy sistemasining birinchi varianti qanday bo’lgan? A) D.I. Mendeleyev 1870-yil, dekabr oyida uzun shakldagi varianti edi. Bu variantda davrlar qatorlarga, gruppalar esa (bosh va yonaki) gruppachalarga bo‘lingan edi B) D.I. Mendeleyev 1870-yil, dekabr oyida qisqa shakli varianti edi. Bu variantda davrlar qatorlarga, gruppalar esa (bosh va yonaki) gruppachalarga bo‘lingan edi C) D.I. Mendeleyev 1869-yil 1-martda taklif etgan uzun shakldagi varianti edi. Bu variantda har bir davr bitta qatorda joylashtirilgan D) D.I. Mendeleyev 1869-yil 1-martda taklif etgan qisqa shakldagi varianti edi. Bu variantda har bir davr bitta qatorda joylashtirilgan 25. Uzun shaklidagi variantning asosiy kamchiligi nimada? 1) cho‘ziqligi; 2) ixcham emasligi; 3) ayrim kataklari to‘lmaganligi? A) 1,2 B) 1,2,3 C) 3 D) 1,3 26. I davrda nechta element bor? A) 2 B) 8 C) 18 D) 32 27. VI va VII davrda nechtadan element bor? A) 2 B) 8 C) 18 D) 32 28. Lantanoidlar suv bilan reaksiyaga kirishsa nima hosil qiladi? A) metal oksid va vodorod B) gidroksid va vodorod C) metal gidrid va kislorod D) gidroksid va kislorod 29. Nimaga aktinoidlarni kimyoviy xossalarini o‘rganish juda murakkab ishdir? A) yarim yemirilish davri juda oz B) olish juda qiyin C) yadrolari beqaror D) nurlanish kasaliga chalgani uchun 30. Odatda, eng yuqori musbat oksidlanish darajasi gruppa raqamiga teng degan fikr qaysi elementga mos emas? 1) ftor; 2) mis; 3) kumush; 4) oltin; 5) Fe, Ni, Co; 6) O; A) 1,2,3 B) 1,2,4,5 С) barchasi D) 1,2,4,5,6 31. III gruppaga kirgan oilalar? A) p-oila; B) bor gruppachasi(oilasi) C) p-oila, lantonoid va aktinoidlar, d-oila D) p-oila va d-oila 32. 1925 yilda yaratilgan prinsip “Elektron odatdagi moddalardan farqli o‘laroq, bir vaqtning o‘zida, uning atomda turgan joyini va harakatlanish tezligini katta aniqlikda bilib bo‘lmaydi” muallifi? A) Pouli B) Gund C) Geyzenberg D) Soddi 33. Elektronlarning energiyasi bir holatdan ikkinchi holatga o‘tganida uzluksiz o‘zgarmasdan, sakrash bilan o‘zgarishi? A) noaniqlik prinsipi B) diskretlik C) elektron ko’chish(qulash) D) disperslik 34. Qiymatlari 1,2,3,4… ga ega kvant son? A) yonaki B) spin C) magnit D) bosh 35. l = 0 bo‘lsa, atom orbital qanday shakliga ega bo‘ladi? A) shar (s-orbital) B) gantel (p-orbital) C) d-orbital D) f-orbital 36. Orbital kvant sonning har bir qiymatiga magnit kvant son to‘g‘ri kelishini qanday formula bilan hisoblanadi? A) 2(2l+1) B) (2l + 1) С) n2 D) 2n2 37. Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori nina? A) reaksiyaning issiqlik miqdori B) entropiya C) Gibbs energiyasi D) kaloriya 38. Agar nisbiy atom massa birligi sifatida uglerod absolyut massasining 1/12 qismi emas, 1/x qismi olinsa, aluminiyning NAM qiymati 9 ga teng bo’ladi, “x” ni aniqlang. A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 39. Agar nisbiy atom massa birligi sifatida uglerod absolyut massasining 1/12 qismi emas, 3/4 qismi olinsa, aluminiyning NAM qiymati nechaga teng bo’ladi? A) 3 B) 143 C) 81 D) 9 40. Kimyoda ishlatiladigan moddalarning tozaligini ko‘rsatish uchun (a.u.t) maxsus belgi qo‘llansa, u qanday o’qiladi? A) amal uchun toza B) kimyoviy toza C) analiz uchun toza D) aniq u toza 41. Gaz haqida ma’lumotlarni juftlang? 1) u aniq bir hajm va shaklga ega; 2) qanday idishga solinsa, o‘sha idish hajmini egallaydi va shaklini oladi. 3) Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalardagiga nisbatan ancha katta bo‘ladi. 4) Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalardagiga nisbatan ancha kichik bo‘ladi; 5) u aniq bir hajm va shaklga ega emas; A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 5 42. Nima elementning muhim miqdoriy tavsifidir? A) valentlik B) ekvivalent C) atom massa D) modda miqdori 43. Energetik pog‘onalardagi elektronlarni maksimal soni hisoblash formulasi? A) 2n2 B) n2 C) 2l+1 D) 2(2l+1) 44. Agar ikkala holat uchun (n + l) qiymati bir-biriga teng bo‘lsa, birinchi navbatda, bosh kvant soni n kichik bo‘lgan holat elektronlar bilan to‘lib boradi. Qaysi olim qoidasida ko’rish mumkin? A) Pauli prinsipi B) Xund qoidasi C) Bor postulati D) Klechkovskiy qoidasi 45. Xund qoidasiga ko’ra 1s22s22px12py12pz1 elektron konfiguratsiya qaysi elementga taalluqli? A) С B) N C) O D) F 46. Atom yadrolarining elementar zarrachalar bilan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasidagi o‘zgarish? A) tabiiy yadro reaksiyasi B) sun’iy yadro reaksiyalari C) tabiiy va suniy yadro reaksiyalari D) yarim yemirilish davri 47. Elementlarning radioaktiv yemirilishi natijasida o‘zgarishi qaysi qonunga bo‘ysunadi? A) Bor postulate B) massa saqlanish qonuni C) Mozli qonuni D) siljish qonuniga. 48. Rezerfordni sun’iy o’tkazgan yadro reaksiyasini toping? A) 147N + 42He = 178O + 11H B) 42He = 411H+2 C) 147N + 42He = 168O + 21H D) 147N + 42He = 158O + 31H 49. Mendeleyevdan ilgari qaysi olimlar faqat o‘xshash elementlarni taqqoslaganlar? 1) 1789-yilda Lavuazye; 2) 1812-yilda Berselius; 3) 1829-yilda Debereyner; 4) 1863-yilda De-Shankurtura; 5) 1863-yilda Nulends; 6) 1864-yilda Meyer A) barchasi B) 2,3,4,5,6 C) 3,5 D) 6 50. Mendeleyev davriy qonunni to‘la namoyon qilish uchun qaysi elementlarini o’rnini almashtirib qo’ydi? 1) kobaltni nikeldan oldin; 2) tellurni yoddan oldin; 3) argonni kaliydan oldin; 4) uranni neptuniydan oldin; 5) toriyni protaktiniydan oldin; A) 1,2 B) barchasi C) 1,2,3 D) 2,3 Download 152.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling