Atom tuzilishi-1


Download 152.64 Kb.
bet16/22
Sana25.02.2023
Hajmi152.64 Kb.
#1231739
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
davriy sis, atom tuzi naz

N2 Takrorlash
1. Har qaysi ishqoriy metalldan har qaysi galogengacha bo‘lgan elementlar qatori-.?
A) davr B) guruh C) lantonoid
D) aktinoid

2. Ilgari atomning asosiy xarakteristikasi(a), hozirgi vaqtda atomning asosiy xarakteristikasi(b) hisoblanadi?


A) a-yadro zaryad; b-atom massa
B) a-atom massa; b-elektron
C) a-atom massa; b-yadro zaryad
D) a-tartib raqam; b-proton

3. Mendeleyevning davriy qonuni haqida quyidagi fikr ni bildirgan olim?


«Koinotdagi barcha atomlar o‘zaro bog'liqligining kashf etilishi».
A) Butlerov B) Zinin C) Markovnikov
D) Zelenskiy

4. Normal holatdagi vodorod elektronini yadrodan asosan qancha uzoqlikda (Aº angestrem)?


A) 0,53 B) 1,53 C) 0,84 D) 30

5. Atomning L energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi?


A) 2 B) 8 C) 18 D) 32

6. Atomning О energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi (nazariy jihatdan)?


A) 32 B) 54 C) 98 D) 72

7. Yadroga yaqin joylashgan qavat qaysi?


A) K B) L C) N D) M


8. Bosh kvant soni n = 3 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi?
A) K B) L C) N D) M


9. Bosh kvant soni n = 6 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi?
A) O B) P C) Q D) R


10. Bosh kvant soni n = 9 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi?
A) S B) T C) Q D) R

11. α- zarrachalarning kuchli sinuvchanlik xususiyatidan atomlarning tuzilishini o‘rgangan olim?


A) J.Dalton B) E. Rezerford
C) N.Bor D) D.D. Ivanenko

12. Rezerford yadro modelini qanday tushuntirdi?


1) atomning markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo‘lib, u atomdagi fazoning juda kichik qismini egallaydi;
2) musbat zaryadlarning barchasi va atom massasining deyarli hammasi yadroda g‘uj joylashadi;
3) yadro atrofida elektronlar berk orbitallar bo‘ylab (xuddi quyosh atrofida sayyoralar aylangani kabi) aylanib turadi;
A) 1 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 3

13. Yadro o‘lchami jihatdan atomdan taxminan necha marta kichik ?


A) 10000 B) 1000 C) 100000 D) 100

14. Atomdagi zaryadsiz nuklon?


A) neytron B) pozitron C) proton D) elektron

15. Qaysi zarracha massa va zaryadi nolga teng?


A) geliy B) elektron C) foton(hν) D) neytron

16. Atomdagi qaysi zarracha elektr neytraldir?


A) neytron B) pozitron C) proton D) elektron

17. Yadro kuchlari qancha masofada atrofida ta’sir qiladi?


A) 10-15 nm B) 10-15 sm C) 10–15 m D) 10-8m

18. 3618Ar, 3818Ar, 4018Ar; argon uchun qaysi hol o’rinli?


A) izotop B) izoton C) izobar D) izoelektron

19. Elementning barcha tabiiy izotoplari massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’tiborga olingan o‘rtacha qiymatiga teng. Formula bilan nima aniqlanadi?


A) elementlarning o’rtacha molekulyar massasi
B) elementlarning o’rtacha hajmi
C) elementlarning o’rtacha atom massasi
D) elementlarning o’rtacha moli

20. Kimyoviy element — …?


A) yadro zaryadlari har xil bo‘lgan atomlar yig‘indisi
B) yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar yig‘indisi
C) atom massalari bir xil bo’lgan atomlar yig’indisi
D) oddiy moddaning bir necha chaklda nomoyon bo’lishi

21. Davriy qonun kashf etilishi paytida nechta kimyoviy element ma’lum edi?


A) 68 B) 63 C) 118 D) 109

22. D.I. Mendeleyev kashf etgan qonunni „davriylik qonuni“ni ta’riflang?


A) „Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar yadro zaryadlariga davriy bog‘liqdir“
B) „Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og‘irliklarining qiymatiga davriy bog‘liqdir“
C) „Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar molekulyar og‘irliklarining qiymatiga davriy bog‘liqdir“.
D) „Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar proton qiymatiga davriy bog‘liqdir“.

23. Berilgan elementni davriy sistemada o‘rab turgan elementlar nima deyiladi?


A) gomologlar B) izomerlar C) atom analoglar
D) izotoplar

24. 1886-yilda Vinkler kashf etgan element?


A) Sc B) Ge C) Ga D) Re

25. Davriy sistemaning qisqa shakldagi variantining muhim kamchiligi nimada?


1) o‘xshash bo‘lmagan elementlarni bitta gruppaga birlashtirilganligi;
2) bosh va yonaki gruppachalardagi elementlar xossalarining bir-biridan katta farq qilishidir.
3) elementlar xossalarining davriyligini ma’lum darajada „xiralashtiradi“ va sistemadan foydalanishni qiyinlashtirishi;
A) 1 B) 3 C) 1,2,3 D) 2

26. Qayidagilar qaysi biri katta davr?


A) IV, V, VI B) IV, V, VI va VII
C) VI va VII D) IV, V

27. IV va V davrda nechtadan element bor?


A) 2 B) 8 C) 18 D) 32

28. Katta davrlarning elementlarini ikki qatorga ajratishga asos bo‘lgan muhim xususiyat?


A) atom radiusi B) yadro zaryadi
C) oksidlanish darajasi D) elektron tuzilish

29. Uranning oksidlanish darajasi nechaga teng?


A) +3, +4, +5, +6 B) +4, +6
C) +3, +4, +6 D) +6

30. Odatda, qanday oksidlanish darajasi gruppa raqamiga teng?


A) eng yuqori musbat B) eng yuqori manfiy
C) quyi musbat D) o’rta musbat

31. Nodir gazlarning birinchi kimyoviy birikmasi 1962-yilda olingan bo’lib uning formulasi?


A) KrF4 B) XeF2 C) XeF4 D) XeF6

32. Qaysi biri zarracha va to‘lqin xossalariga ega?


A) neytron B) proton C) elektron D) yadro

33. Elektronning yadro atrofida bo‘lib turish ehtimolligi yetarli darajada katta bo‘lgan fazo.


A) orbital B) gameta C) kameta D) kvant

34. Elektronning energiyasini, uning yadrodan uzoqlik darajasini, ya’ni elektron harakat qilib turgan qavatni ifodalaydigan kvant son


A) yonaki va bosh B) spin C) magnit D) bosh

35. Elektronning energiyasini, atom orbitallar shaklini ifodalaydigan kvant son?


A) yonaki va bosh B) spin C) magnit D) yonaki

36. atom orbitalining tashqi magnit yoki elektr maydon-larga nisbatan holatini ifodalaydigan kvant son


A) yonaki B) spin C) magnit D) bosh

37. Qiymatlari +1/2, -1/2 ga ega kvant son?


A) yonaki B) spin C) magnit D) bosh

38. Agar nisbiy atom massa birligi sifatida uglerod absolyut massasining 1/12 qismi emas, 2/x qismi olinsa, titanning NAM qiymati 8 ga teng bo’ladi, “x” ni aniqlang.


A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

39. Agar nisbiy atom massa birligi sifatida uglerod


absolyut massasining 1/12 qismi emas, 1/6 qismi olinsa,
magniyning NAM qiymati nechaga teng bo’ladi?
A) 12 B) 6 C) 48 D) 24


40. Qattiq holda bo’lgan quyidagi nechtasi molekulyar tuzilishda: muz, «quruq muz», yod, naftalin, titan; qizil fosfor, qora fosfor, grafit, karbin, olmos
A) 5 B) 4 C) 6 D) 10


41. Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash-?
A) sintez B) sifat analiz C) miqdor analiz
D) analiz


42. Moddaning agregat holatlari nimaga bog‘liqdir?
(gaz ↔ suyuq ↔ qattiq)
A) harorat va bosimga.
B) harorat va oraliq masofaga
C) bosim va oraliq masofaga
D) harorat, bosim va orliq masofaga

43. Atomda to‘rtala kvant sonlari bir xil qiymatga ega bo‘lgan elektronlar mavjud bo‘la olmaydi. Bu-?


A) Pauli prinsipi B) Xund qoidasi
C) enegriya minimumlik prinsipi D) Klechkovskiy qoidasi

44. Ikki holatning qaysi biri uchun (n + l) yig‘indisi kichik bo‘lsa, o‘sha holat, birinchi navbatda, elektronlar bilan to‘la boshlaydi. Qaysi olim qoidasida ko’rish mumkin?


A) Pauli prinsipi B) Xund qoidasi
C) Bor postulati D) Klechkovskiy qoidasi

45. Xund qoidasiga ko’ra 1s22s22px12py1 elektron konfiguratsiya qaysi elementga taalluqli?


A) С B) N C) O D) F

46. Neonning juda inertligiga sabab nima?


1) toq elektronlarning yo‘qligi; 2) asosiy elektronlar konfiguratsiyasining to‘liq to‘lganligi; 3) juda yuqori darajada turg‘un bo‘lishi;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3

47. Siljish qonuni – …?


1) atom yadrosidan α-zarrachalarni uchib chiqishi natijasida yadro zaryadi 2 birlikka kamayadi, natijada hosil bo‘lgan element davriy sistemada oldingi elementdan 2 qator chapga siljiydi;
2) β-zarrachaning chiqishi natijasida atom yadrosining zaryadi bir birlikka ortadi va hosil bo‘lgan element davriy sistemada dastlabki elementdan bir nomer o‘ngga siljiydi;
3) - zarrachaning chiqishi natijasida atom yadrosining zaryadi bir birlikka kamayadi va hosil bo’lgan element davriy sistemada dastlabki nomerdan bir nomer chapga siljiydi;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3

48. 1919-yilda birinchi bo’lib sun’iy ravishda yadro reaksiyasini amalga oshir olim(lar)?


A) Maria va Pulio Kyuri B) Julio Per Kyuri
C) Rezerford D) Noddaklar

49. Eterifikatsiya reaksiyasida kislorod „nishonlangan atom“ sifatida qaysi izotopi ishlatiladi?


A) 15 B) 16 C) 17 D) 18

50. «Osnovi ximii» kitobida shunday fikrlar bor: «Moddaning massasi uning shunday xossasiki, qolgan barcha xossalari shu xossaga bog‘liq bo‘lishi kerak. Shuning uchun, bir tomondan, elementlarning xossalari va o‘xshashliklari orasi­dagi, ikkinchi tomondan, atom og‘irliklari orasidagi bog‘liqlikni izlash to‘g‘riroq bo‘ladi». Kitob muallifi?


A) L.Meyer B) Nulends C) Mendeleyev D) Mozli

51. Qavatlarning elektronlari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?


A) energiya va shakli B) masofasi va xossasi
C) o’lchami va og’irligi D) og’irligi va trektoriyasi

52. Elektron birikkanda nima hosil bo’ladi?


A) musbat ionlar B) manfiy ionlar
C) gomologlar D) anologlar

53. Har bir energetik pog‘onada ko‘pi bilan bo'lishi mumkin bo‘lgan yacheykalar soni qaysi formuladan aniqlanadi?


A) 2n2 B) 2l+1 C) 2(2l+1) D) n2


54. Pog‘onachadagi energetik holatini va elektron bulut shaklini ifodalovchi kvant son?
A) bosh B) orbital C) spin D) magnit


55. Elektron bulutini magnit maydoniga nisbatan yo‘nalishini yani magnit momentini ifodalovchi kvant son?
A) bosh B) orbital C) spin D) magnit

56. Elektronni yadro atrofida magnit maydonga parallel yoki anti parallel harakatiga qarab, +1/2 va −1/2 qiymatga ega kvant son


A) bosh B) orbital C) spin D) magnit

57. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son yig’indisi ikkiga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

58. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son yig’indisi beshga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

59. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son yig’indisi sakkizga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

60. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son ayirmasi ikkiga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

61. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son ayirmasi beshga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

62. Yadro kuchi – …?


A) yadrodagi bir xil zaryadli elektronlar bilan zaryadsiz neytronlarning o‘zaro tortilish kuchi
B) yadrodagi bir xil zaryadli protonlar bilan elektronlarning o‘zaro tortilish kuchi
C) yadrodagi bir xil zaryadli neytronlar bilan zaryadsiz protonlarning o‘zaro tortilish kuchi
D) yadrodagi bir xil zaryadli protonlar bilan zaryadsiz neytronlarning o‘zaro tortilish kuchi

63. Bitta elementning yadro zaryadi bir xil, ammo massa soni har xil bo‘lgan atomlar turlari nima deyiladi?


A) Izotoplar B) Izotonlar C) Izobarlar

Download 152.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling