Atom tuzilishi-1


Download 152.64 Kb.
bet19/22
Sana25.02.2023
Hajmi152.64 Kb.
#1231739
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
davriy sis, atom tuzi naz

53 Atomda elektronlarni pog‘onachalarga joylashtirishda qanday qoidaga amal qilish lozim?
1) har qaysi elektron minimal energiyaga muvofiq keladigan holatni olishga intiladi; 2) elektronlarning joylanishi Pauli prinsipiga zid kelmasligi lozim; 3) ayni pog‘onachada turgan elektronlar mumkin qadar ko‘proq orbitallarni band qilishga intiladi (Gund qoidasi).
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,2,3,4


54. Pog‘onachadagi elektronlarni maksimal qiymati qaysi formuladan aniqlanadi?
A) 2n2 B) 2l+1 C) 2(2l+1) D) n2

55. Elektron orbitallarning fazodagi vaziyatini xarakterlash uchun qaysi kvant son kiritilgan?


A) bosh B) orbital C) spin D) magnit


56. Klechkovskiy qoidasini aniqlang?
1) atomning tartib raqami ortishi bilan elektron sathlari tobora to‘lib (n + L) boradi; 2) n + L ning qiymati teng bo‘lsa, ortiballar bosh kvant son ortib borish tartibida to‘lib boradi; 3) ayni pog‘onachada turgan elektronlar mumkin qadar ko‘proq orbitallarni band qilishga intiladi;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2

57. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son yig’indisi uchga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

58. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son yig’indisi oltiga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

59. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son ayirmasi birga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

60. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son ayirmasi uchga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

61. Keltirilgan orbitallar nechtasida bosh va orbital kvant son ayirmasi oltiga teng? 1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 4s, 3d, 4p, 5s, 4d, 5p, 6s, 4f, 5d, 6p, 7s, 5f, 6d


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

62. Nima uchun elementlarning yadrolari barqaror bo‘ladi?


A) yadro kuchlari kulon kuchlariga nisbatan ancha ortiq bo‘lmagani uchun
B) yadro kuchlari kulon kuchlariga nisbatan ancha kam bo‘lgani uchun
C) yadro kuchlari kulon kuchlariga teng bo‘lgani uchun
D) yadro kuchlari kulon kuchlariga nisbatan ancha ortiq bo‘lgani uchun

63. “Bir o‘ringa ega” degan ma’noni bildiradigan atama.


A) Izotoplar B) Izotonlar C) Izobarlar
D) Izotrof

64. Kislorod uchta izotopi va vodorod bitta izotopidan nechta vodorod peroksid hosil qilish mumkin?


A) 4 B) 6 C) 2 D) 3

65. Yadro reaksiyalarini amalga oshirishda neytron bilan bombardimon qilish alohida ahamiyatga ega, chunki….


A) neytron elektrneytral zarracha bo’lgani uchun atomlarning yadrolariga juda yaqin yetib bormaydi va bunda, ko'pincha, α-zarrachalar hosil bo’ladi,
B) neytron elektrneytral zarracha bo’lgani uchun atomlarning yadrolariga juda yaqin yetib boradi va bunda, ko'pincha, α-zarrachalar hosil bo’ladi,
C) neytron musbat zaryadli zarracha bo’lgani uchun atomlarning yadrolariga juda yaqin yetib boradi va bunda, ko'pincha, α-zarrachalar hosil bo’ladi,
D) neytron manfiy zaryadli zarracha bo’lgani uchun atomlarning yadrolariga juda yaqin yetib boradi va bunda, ko'pincha, γ-zarrachalar hosil bo’ladi,

66. Eramizdan avvalgi 460-370- yillarda kim tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar — atomlardan tashkil topganligini bayon qildi.


A) Gassendi B) Gippokrat C) Demokrit
D) Aristotel
67. Molekula bu atomlarning yig’indisi deb kim aytgan?
A) Gassendi B) Lomonosov C) Demokrit
D) Dalton

68. Qanday yemirilish oqibatida radioaktiv elementning massasi to’rt va zaryadi ikki birlikka kamayish kuzatiladi


A) alfa B) betta C) gamma D) pozitron


69. D.I.Mendeleev oldindan bashorat qilib davriy sistemadan joy ajratib ketgan kimyoviy elementlarni ko’rsating.
A) ekabor(skandiy), ekaaluminiy(galliy), ekasilitsiy (germaniy)
B) ekabor(galliy), ekaaluminiy(skandiy), ekasilitsiy (germaniy)
C) ekabor(skandiy), ekaaluminiy(germaniy), ekasilitsiy (galliy)
D) ekabor(germaniy), ekaaluminiy(galliy), ekasilitsiy (skandiy)

70. Agar element atomiga bitta electron biriktirilsa; bitta neytron urib chiqarilsa; bitta proton urib chiqarilsa, qanday zarrachalar hosil bo’ladi?


A) anion; izotop; boshqa element atomi
B) anion; boshqa element izotopi; kation
C) kation; boshqa element izotopi; anion
D) anion; kation; boshqa element izotopi

71. Agar brom elementi atomidan bitta proton urib chiqarilsa; bitta neytron biriktilsa; bitta electron biriktirilsa, qanday zarrachalar hosil bo’ladi?


A) selen anioni; brom izotopi; bromid anioni
B) selen kationi; brom izotopi; bromid anioni
C) selen atomi; brom izotopi; bromid anioni
D) bromid anioni; brom izotopi; bromid kationi


72. Quyidagi metallmaslardan nechtasi gaz?
S, C, Si, J, Br, O, Cl, H, F, P(oq), B
A) 4 B) 5 C) 6 D) 3


73. Metallarning gidridlarini agregat holati qanday?
A) gaz B) qattiq C) suyuq D) plazma


74. Metallarga ham, metallmaslarga ham xos bo‘lgan xususiyatlarni namoyon qiluvchi elementlar nima deyiladi?
A) amfoter gidroksidlar B) amfoter elementlar
C) amfoter kislotalar D) amfoter oksid

75. Mendeleev qaysi elementni ekaaluminiy deb atagan?


A) Sc B) Ga C) Ge D) Ti

76. Qaysi element pniktogenlar sinfiga kiradi?


A) Nb, Ta, V B) Ne, He, Ar
C) Cl, Br, J D) N, P, As

77. atom yadrosidan tashqi qavatdagi elektrongacha bo’lgan masofa… deyiladi.


A) atom radius B) ionlanish energiyasi
C) elektronga moyillik D) elektrmanfiylik

78. Er – xotin V. Noddak va I. Noddaklar tomonidan reniyning kashf qilinishiga D.I. Mendeleyev davriy sistemada marganes ostida nechta bo`sh katak qoldirilganligi sabab bo`ldi?


A) 2 B) 3 C) 4 D) 1


79. Metallmaslik xossasi eng kuchli bo‘lgan element qaysi?
A) ftor B) kislorod C) azot D) xlor


80. Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib qanday xulosalarga keldi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi? J: 1) atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor; 2) yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi; 3) atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng; 4) yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng.
A) 1,2 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 3,4


81. “faol nur chiqaruvchi” ma’nosini beruvchi atama?
A) fosfor B) radioaktiv C) radiopassiv
D) parafin

82. Quyida elementlar suyuqlanish temperatusi qanday o’zgaradi. Li→Cs→K


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi

83. Quyida elementlar qaynash temperatusi qanday o’zgaradi. Li→Cs→K


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi

84. Quyida elementlar zichligi qanday o’zgaradi. Li→Cs→K


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi

85. Quyida elementlar havoda oksidlanishi qanday o’zgaradi. Li→Cs→K


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi

86. Quyida elementlar gidroksidlarning eruvchanligi qanday o’zgaradi. Li→Cs→K


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi

87. Oddiy sharoitda qizg’ish-qo’ng’ir suyuqlikni aniqlang.


A) simob B) Fe(OH)3 C) brom D) HClO4

88. Quyida elementlar zichligi qanday o’zgaradi. (agregat xolatini bir xil deb oling) F→J→Br


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi

89. Quyida elementlar qaynash temperatusi qanday o’zgaradi. F→J→Br


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi

90. Quyida elementlar vodorod bilan birikish reaksiyasi issiqlik effekti qanday o’zgaradi. F→J→Cl


A) ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi


Download 152.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling