Falsafa
13-SEMINAR BOYICHA TOPSHIRIQLAR
MAVZU: "ETIKA" FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Qoyidagi savollarning javobini FSMU metodi asosida yoriting
1-topshiriq
|
Etika fanining predmeti va mohiyati
|
(F) fikringizni bayon eting
|
Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib,uni doira shaklida aks etiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob,undan kattaroq qismini – xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
|
(S) fikringiz bayoniga sabab korsating
|
Odob – inson haqida yoqimli taasurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniya hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
|
(M) korsatgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring
|
Deylik, 131-avtobusda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: “O’tiring, ota otaxon!” deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mal qilgan bo’ladi va bu a’mali bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg’otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minatdorchilik bildirib: “Baraka topgur, odobli yigitcha ekan”, deb qo’yyadilar. Aksincha bo’lsa-chi, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: “Buncha beodob ekan!” degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida avtobusdagi yo’lovchilar hayotida darhol biror-bir ijoiymi, salbiymi – muhim o’zgarish ro’y bermaydi.
|
(U)fikringizni umumlashtiring
|
Biroq bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |