Falsafa 13-seminar bo’yicha topshiriqlar mavzu: "etika" fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik


Download 296.5 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi296.5 Kb.
#199337
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-семинар топшириқ.falsafa

Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik, ezgulik etikadagi eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi - Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo’ladi. «Ezgu o’y, ezgu so’z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib, barcha muqaddas kitoblarda etakchi o’rinni egallashi ham shundan. Ezgulik - inson shaxsining komillikkka, baxtga, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi vositadir. U insonning ahloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig’iga o’rash mumkin emas. Chunonchi, «sinfiy dushmanni», ya’ni biror bir shaxsni yoki guruxni fakat boshka sinfga mansub bo’lgani uchun jisman yo’kotish, kanchalik bo’yab-bo’jalmasin, ezgulik bo’lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Shu bois totalitar tuzumlarda ezgulikni bunday talkin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.

Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o’lchanmaydi, ular xam muxabbat singari kamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning ahloqiy ideal bilan bog’likligi xam shundan. Shu tufayli u amaliyotda kaxramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o’z ichga oladi.

Shuni xam aytish kerakki, muxabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muxabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida xar ikki tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Na fakat inkor etadi, balki ular orasida xayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni xarakatga keltiruvchi kuch tarzida nomoyon bo’ladi._____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling