Falsafa 13-seminar bo’yicha topshiriqlar mavzu: "etika" fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


Download 296.5 Kb.
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi296.5 Kb.
#199337
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-семинар топшириқ.falsafa

Evdemonizm (yunoncha Eudaimonia – baxt-saodat, rohat-farog’at) – baxt-saodat, rohat-farog’atni kishilar hayotining oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yo’nalish. Evdemonizm yunon etikasining asosiy prinsiplaridan biri bo’lib, u Suqrotning shaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi to’g’risidagi g’oyasi bilan uzviy bog’liq. Evdemonizm baxt-saodatni jismoniy va ma’naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma’noda, barcha jismoniy va ma’naviy (ko’pincha fuqarolikka ham oid) qadrichtlarning majmui tarzida tushunadi. Uningcha, o’z shaxsida ana shu qadriyatlarni mujassamlashtira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog’at baxsh etadi. Demokrit, Epikur, Forobiy, Ibn Sino evdemonizmning yorqin namoyondalaridandir.

Etikaning hozirgi kunda umumjahon global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqida to’talmaslikning iloji yo’q. Bu muammolardan biri, eng muhimi, sayyoramizda “etosfera” – axloqiy muhit davrini yaratish bilan bog’liq.

Ma’lumki yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukumron qismi sifatida yashab keldi. XIXasrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u o’z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy yuksalishlar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani yaratdi. Mana, hozirgacha biz mana shu noosfera ichida yashaymiz –eymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.

Inson endilikda o’zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko’rsata boshladi. Er tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo’lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o’zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Noosfera ta’limoti asoschilaridan biri V.I.Vernadskiy ilmiy tafakkur va inson mehnati ta’siri ostida biosfera yangi holat bo’lmish noosferaga o’tayotganligini, butun geologik davr mobaynida yaratilgan, o’z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o’zgarishga kirishganini ta’kidlaydi.

Noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida namoyon bo’lmoqda. Chunki noosferada, inson fikri narsalashadi, o’z intellektimiz narsalarga aylanib, bizni o’rab oladi. Insonning chiki tabiati muhit mavqeini egallab, tashqi tabiatga ta’sir ko’rsata boshlaydi va ko’p hollarda bundan insonning o’zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga ega bo’lmaganligi uchun biologik muhitning o’rnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat ma’lum nuqtadan o’tganidan so’ng esa ijobiy xususiyatini yo’qota boshlaydi. Atom, vodorod, neytron bombalarning kashf etilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo bo’lishi atmosferani, olamiy okeanni,er osti va er usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o’simliklarning, hayvonlarning ko’pgina turlari jisman yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo’ylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go’zal orllarga ko’mib tashlanishi, kislota yomg’irlarining ko’payib borishi singari hodisalar bag’oyat xatarli. Afsuski, inson ko’ra bila turib, o’zi o’tirgan shoxga bolta urishni to’xtatmayotir.

Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig’lantirishni taqazo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko’ndalang bo’lib turibdi.

Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o’zini va o’z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa – hozirdan boshlab etosfera davriga batamom o’tishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishi mumkin. Bunda etika fanining o’rni nihoyatda beqiyos.

Shuningdek yana bir muammo, bu – biologik axloqshunoslik (bioetika). Mazkur muammo so’nggi bir necha o’n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarohlik operasiyasi yo’li bilan o’tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo’lib turibdi.

Chunki tabobat borasida so’nggi tadqiqotlar inson o’limi bir lahzada ro’y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to’xtaganda ham, miya o’lmasa insonni o’ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya qobig’i, undan keyin miya tanasi halok bo’ladi. Shundan keyingina insonni o’lgan deb hisoblash mumkin. Zero, hozirgi kunda toki miya o’lmas ekan, ko’pgina ichki a’zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini maqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko’chirib o’tkazilishi hali o’lmagan odamning minimal tiriklikka bo’lgan huquqini poymol qilishdir.

Biologik axloqshunosliknining anchadan buyon ko’pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort. Ma’lumki, to’rtinchi xaftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo’ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofizilogik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo’lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo’sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo’qmi? Yoki AQSh olimlari tomonidan “inson zotini yaxshilashga” qaratilgan tadqiqotlarni olib ko’raylik. Ularda “yaxshilangan” – sog’lom, kuchli intellekt egasi bo’lgan odamlar xujayrasini ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan “oddiy odam” xujayrasi o’rniga ko’chirib o’tkazish tajribalarini olib borish mo’ljallangan. Ular amalda tabiq etilsa, asta-sekinlik bilan insoniyat irsiyat jamg’armasining (genofondining) bir yoqlama o’zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rim papasi buni inson zotiga, insoniy tabiatga aralashuv, uni zo’rlik yo’li bilan o’zgaritirish, nafaqat katta gunoh, balki o’ta axloqsizlik deb atadi. Xsho’, bunday tajribalarni qanday baholash kerak? Bu savollarga ham etika javob topmog’i lozim.



O’lim, ma’lumki, axloqiy nuqtai nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. Shunga ko’ra, o’lim jazosining huquqiy jihatdan qo’llanilishi mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir. O’lim jazosini kimlar qanchalik oqlashga harakat qilmasin, u – jinoyatchini jazolashdan ko’ra, undan o’ch olishga qaratilgan, qadim-qadimlardan kelayotgan xun olish tamoyilining “demokratlashgan”, yangilangan shakli sifatida namoyon bo’ladi. Chunonchi Lenin, Stalin hukumronligida millinolab odamlarning qatl etilishi, xusuan, o’zbek xalqining asl farzandalri Fitrat, Cho’lpon, Akmal Ikromov, Fayzulla Xo’jaev va boshqa bir qator ziyolilarimiznig qatag’on paytida o’limga hukm qilinganlarning juda ko’pchiligi keyinchalik oqlandi, ular gunohsiz deb topildi. Lekin hukm ijro qilib bo’lingan: nohaq jazolangan – qatl etilgan insonlar adolat tantanasini ko’rolmaydilar. Yana bir misol, hatto demokratik jamiyatlarda sudlarning hamma vaqt ham yuz foiz to’g’ri va adlolatli hukm chiqarishiga kim kaolat beradi – hakamlar ham inson, hamma qatori xato qilishi mumkin. Jamiyatning keyingi pushaymonidan qatl etilgan odamga nima foyda? Bu misollarning hammasi o’lim – tor huquqiy jazo doirasidan chiqib ketadi hamda tarixda adangan, adashgan insoniyatning, jamiyatning va shaxsning axloqsizligi sifatida baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi paytdagi ko’pgina demokratik mamalakatlarda va bizning mamalaktimizda ham o’lim jazosining bekor qilinishi ijobiy hodisa deyish mumkin. ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling