Reja: Biografik metod asoschilari


Download 81.25 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi81.25 Kb.
#1552982
Bog'liq
TALQINDA BIOGRAFIK MA\'LUMOTNING O\'RNI


TALQINDA BIOGRAFIK MA'LUMOTNING O'RNI
Reja:
1. Biografik metod asoschilari
2. O‘zbek adabiyotshunosligida biografik metodning o‘rni
3.Biografik metod tayanadigan asosiy omillar

Biografik metod


Badiiy ijod namunasini biografik urganish yulidagi ilk kadamlar XIX asrning birinchi yarmi fransuz ilmiy-adabiy muxitida kuzga tashlanadi. Yevropa ijtimoiy muxitiga Uygonish davridan meros ularok shakllangan gumanizm konsepsiyasi inson shaxsiyatining ekssentrik tadkik ob’ekti makomini egallashiga olib keldi. Borlik va mavjudlik, vokelik va xarakat, makon va zamon kabi global xodisalar inson va uning shaxsiyati negizida talkin etila boshladiki, moxiyatan ularning barchasini kamrab olish kudratiga ega bulgan badiiy ijod muammosi ayni jarayondan chetda kolishi mumkin emas edi.
Jaxon adabiyotshunoslari tomonidan biografik metodning asoschisi deb e’tirof etilgan Sharl Sent-Byov (1804-1869) 1821 yili Burbon nomidagi kollejda ta’lim olar ekan, falsafa ukituvchisi Damiron uz shogirdlariga xar kanday ijod namunasi muallif shaxsiyati bilan bir butunlikda urganilishi lozim, degan fikrni uktirar edi.1 Damiron ma’ruzalariga asos bulgan «Fransuz falsafasi tarixi» talaba Sharlning eng sevimli kitobiga aylanadi. Uning dastlabki ilmiy tadkikoti xam aynan falsafiy mavzuda bulib, «Barxayot rux xakida» deb nomlanadi. Kollejda va keyingi ta’lim jarayonlarida tabiat, fiziologiya, ximiya, meditsina, mantik, til va adabiyot ilmlarini mukammal urgangan Sent-Byov uchun Damiron fikrlari tayanch konsepsiya bulib koladi.
1825 yilda Parijda nashr etila boshlagan, Pushkin, Karamzin, Stendal kabi mashxur yozuvchilar asarlari chop kilingan «Glob» gazetasi nafakat u davr fransuz ziyolilarining, balki umumevropa ziyoli katlamining ilgor karashlarini aks ettirar edi. Gazeta chop etgan kator makolalarda badiiy ijod namunasiga yangicha yondashuv masalasida baxs-munozaralar kuzatiladi. Xususan, badiiy asarni uning muallifi tabiati, iste’dodi, psixologik xolatlari bilan sintez etarok tadkik kilish, ijod jarayoniga individual yondashish, usha davr fransuz ilmiy-adabiy muxitining dolzarb muammosiga aylangan edi.
Sent-Byovning dastlabki takrizlari, adabiy-tankidiy makolalari xam aynan «Glob» gazetasida nashr etilgan. Keyinchalik uning fransuz klassiklari Rasin, Bualo, Lofantenlar ijodiy merosiga, zamondoshi V.Gyugoning «Oda va balladalar» tuplamiga doir jiddiy tadkikotlari chop kilindi. Shuningdek, Sent-Byov XVI-XIX-asrlar fransuz she’riyati va dramaturgiyasi tarixiy tarakkiyoti ustida xam tadkikotlar yozdi. Birok bu kabi sof tarixiy-badiiy muammolar talkinida xam Sent-Byovga xos individual taxlil tamoyili yetakchilik kiladi. Bu jixat olimning xar kanday tarixiy davr silsilasida muayyan ijodkorning urniga urgu berganida kurinadi.
Uning ilk adabiy portretlari Kornel, Bualo, Lofanten va, ayniksa romantizm adabiyotining kator vakillari xakida bulib, 1829 yildan boshlab «Revyu Parij» jurnalida nashr etilgan. XIX-asrning 30-yillarida Sent-Byov Por-Royal adabiy-diniy maktabi faoliyatini urgandi. Nafakat fransuzlarning, balki butun Yevropa ruxoniy adabiyoti va tafakkur tarzini ifoda etuvchi bu maktab xakidagi tadkikotlari besh jilddan iborat bulib, 1838-1859 yillar orasida nashr etilgan. Sent-Byovning «Konetityusionnel» jurnali bilan kilgan ijodiy xamkorligi natijasi ularok 15 jilddan iborat «Dushanbadagi suxbatlar», 13 jildlik «Yangi dushanbalar» nomli tadkikotlari maydonga keldi. Ushbu tadkikotlarning manbaviy kulami nixoyatda keng. Ularda muayyan adabiy-tarixiy davrlar xamda aloxida faylasuf, yozuvchi, shoirlar ijodi xususida suz yuritiladi.
Xullas, Sent-Byov tomonidan uz davri ilmiy doirasi uchun yangilik sifatida takdim etilgan biografik tadkik yunalishi uch yirik omilga tayanadi. Bularning birinchisi, ildizlari antik dunyo ijtimoiy tafakkuriga borib boglansa-da, boshlangich anik xarakatni Uygonish davridan olgan shaxs konsepsiyasi. Ikkinchisi, Sent–Byov yashab ijod etgan jamiyatdagi fikriy yangiliklar, madaniy-tarixiy, falsafiy-psixologik, ilmiy-adabiy karashlar. Uchinchisi, bevosita Sent-Byov shaxsiyati, ijodiy, ilmiy, ijtimoiy faoliyati xisoblanadi.
Sent-Byov tadkikotlarida muayyan shaklga kirgan biografik metod keyinchalik uning kator izdoshlari tomonidan davom ettirildi, rivojlantirildi. Xususan, «Adabiyot tarixiga kirish» (1848) asarining muallifi Lakomb, «Adabiyotni ilmiy tadkik etish usullari» (1900) asari muallifi Renar, utgan asrning 20-60-yillarida biografik metod muammolari bilan shugullangan Maks Verli, Viktor Jiro, Valter Mushg, D.Shtolnis va boshka kator olimlarning ishlari shu jumladandir.
Badiiy asar va ijodiy jarayonni biografik urganish tarafdori bulgan Yevropa olimlari orasida Sent-Byovdan kariyb yuz yil keyin yashagan Andre Morua (1885-1967) ijodi aloxida ajralib turadi. Sent-Byovgacha va undan keyin maydonga kelgan ilmiy karashlar, uziga xos tadkikotlar Andre Morua imkoniyatlarini nisbatan kengaytirgan edi. Bundan tashkari yosh Emil Erzog (A.Moruaning xakikiy ismi sharifi) 1901 yilning oktyabr oyida Kornel nomidagi kollejda davrining yetuk mutafakkiri Alen bilan uchrashadi. Uchrashuvning dastlabki dakikalaridan boshlab, uning shogirdiga aylanadi. Yosh Emilga Alen tomonidan uktirilgan gumanizm konsepsiyasi bulajak olim ilmiy -falsafiy karashlarining uzagiga aylanadi.
Andre Moruaning butun ilmiy-ijodiy faoliyati adabiy jarayonni biografik talkin etishga karatilgan. Tadkikotchilarning kayd etishicha, «Morua ijodiy evolyuiyasi Shellidan Balzakkacha bulgan biografik tadkikotlarda namoyon buladi».2 A.Moruaning «Labryuyerdan Prustgacha» (1964), «Prustdan Kamyugacha» (1963), «Jiddan Sartrgacha» (1965), «Aragondan Moterlangacha» (1967) sarlavxalari ostida nashr etilgan turt jildlik yirik tadkikotida biografik metodning ilmiy-nazariy prinsiplari uz ifodasini topgan.
Biografik metodning yevropacha talkindan bir kadar farkli kurinishi sobik shuro davri adabiyotshunosligida xam kuzatiladi. XX asrning 20-yillarida G.O.Vinokurning «Biografiya va madaniyat» kitobi ayni muammo talkiniga karatilgan edi. Ayniksa, 60-70-yillarda nashr etilgan «Ilmiy ijod», «Ilmiy kashfiyot va uni kabul kilish», «Zamonaviy psixologiyada ilmiy ijod», «Adabiy va ilmiy ijod» kabi ilmiy tuplamlarda biografik metod va ijodiy jarayon muammolari tadkik etiladi. Shu yillari Fanlar akademiyasi tomonidan ushbu mavzuda bir nechta yirik simpoziumlar uyushtirilgan. «Ajoyib kishilar xayoti» (JZL) ruknida kator ilmiy biogrofiyalar nashr etila boshlaganki, ushbu an’ana bugungacha davom etib kelyapti. Yirik olimlar B.M.Kedrov, M.G.Yaroshevskiy, B.S.Meylax, A.Mashkovskiylarning kator tadkikotlari aynan biografik metod masalalarini urganishga karatilgan.
XX asr uzbek adabiyotshunosligida xam yozuvchilar, olimlarining adabiy portretlariga bagishlangan risolalar, biografik urganish muammolariga karatilgan doktorlik va nomzodlik tadkikotlari ma’lum. Ammo ularda bu metodni yangi konsepsiyalari bilan boyitadigan anik xulosalar uchramaydi.
Kurinadiki, biografik metod uzining manbaviy va xronologik kulami, ta’sir doirasi jixatidan, muayyan salmokka ega. Jaxon tan olgan yirik olimlar bu metodga e’tibor bilan karaganlar. Uni jiddiy ilmiy muammolarga tatbik etganlar. Ammo, shunga karamasdan, biografik metodning markaziy konsepsiyalari, ilmiy-nazariy prinsiplari, metod sifatidagi uziga xos jixatlari, boshka tadkik metodlari, fan soxalari bilan alokadorligi masalalarini umumlashtiruvchi metodologik tadkikotlar mavjud emas. Shuning uchun bulsa kerak, ilmiy-biografik tadkikotlarda, tadkikotchilik metodologiyasiga doir nazariy asarlarda, terminologik lugatlarda bu metodning anik ilmiy ta’rifi, spesifik jixatlari uz aksini topmagan. Barcha ilmiy tadkikot metodlari kabi beografik metod xam doimiy rivojlanish, uzgarish xususiyatiga ega bulsa-da, turli davrlarda yaratilgan tadkikotlarda bir kadar tarkok xolatda mavjud bulgan konseptual fikrlarni umumlashtirish, biografik tadkik usulining metodologik prinsiplarini belgilash, maksadga muofikdir.
Biografik metod moxiyatida inson shaxsiyati turadi. Ayni jixati bilan mazkur metod universal xarakter kasb etadi. Ya’ni ijodkor va ijod maxsulini sintezda urganish yulidagi xarakat, eng avvalo, barcha fanlar, falsafalar, tadkik metodlarini istifoda etishni takazo kiladi. +olaversa, bugungacha mavjud xar kanday tafakkur shakllarining inson fenomeni doirasida markazlashuvi ushbu metodning universallik darajasini oshiradi. Beografik metod ob’ekt tanlanmaydi. Uni ijodning xar kanday turi (amaliy, nazariy) va xar kanday shakli (fan-texnika, san’at, siyosat, madaniyat)ga nisbatan kullash mumkin.
Ushbu metod ijodkor biografiyasidan fakat axborot manbai sifatida foydalanmaydi, balki bunda ijodkor biografiyasi bir butun tizim ularok ijod moxiyatini ochishga xizmat kiladi. Bu shunday tizimki, ichki strukturasi jixatidan kuplab mukammal tizimchalarni uzida mujassam etadi. Shuningdek, ijodkor xayoti va faoliyatini atroflicha kamrab olishga karatiladi.
Biografik metodning uziga xosligi ijodkor individualligi muommosini tadkikot markaziga kuyishida ekani bois, ularda genetik faktor yetakchi urinlardan birini egallaydi. Garchi shuro davri olimlari ijodkor shaxsiyatini genetik- biologik talkin etish «vulgarcha, pozitivistcha xulosalarga olib kelgan»ligini kayta-kayta ta’kidlashgan bulsa-da,3 biografik tadkik ushbu foktorni chetlab utishi mumkin emas. +olaversa, adabiyotni urganishda «irk», «muxit», «vaziyat» birligi nazariyasini ilgari surgan Ipolit Ten Sent-Byov bilan yakin dust bulgan va tabiiy ravishda, unga uz ta’sirini utkazgan.4
Genetik nuktai nazardan urganilgan individuum ijodiy jarayonga xos uta nozik xolatlarni tushunishga kul kelganiga shubxa yuk. Ijodkor maishiy, ijtimoiy muxit ta’siri ostida uzlashitirishi extimoldan uzok bulgan, bir karashda gayrioddiy tuyuluvchi ba’zi xususiyatlar ildizi uning kadim ajdodlari ongi va ruxiyatida yashagan «genetik xotira»ga borib tutashadiki, bunday xolat talkini uchun albatta genetika tajribalariga suyanish lozim buladi.
Sent-Byov J.J. Russo xakidagi ishida ijodkor nutkidagi bir oz «kupollik», «soddalik», «dangallik», «yashirin iztirob»larni uning shogirdi arisokrat Shatobrianga kiyosan izoxlar ekan, shunday yozadi: «U ajdodlari bilan faxrlana olmasdi. Shu bois unda eslash bir oz ogirrok, sirli iztiroblarga yugrilgan, kashshok ajdodlariga tortadigan nimadir yashar edi».5 Ijodkorga xos bu kabi xolatlar badiiy asarda bir yoki bir nechta kaxramon tabiatiga singgan bulishi mumkin. Ba’zan esa asarning umumgoyasi, tili, uslubi xatto kompozitsion kurilishigacha ta’sir utkazishi extimoldan xoli emas. Gyotening «uslub-bu odam», Floberning «Bovariy xonim-mening uzimman», degan obrazli fikrlarida shunga ishora bor.
Badiiy asarni urganishda muallifning intim xayotiga urgu berish Sent-Byov va uning garblik izdoshlari tadkik usulidagi yetakchi xususiyat sifatida karaladi. Kupincha biografik metodning cheklangan tomonlarini xam shu bilan izoxlashga bulgan urinishlar kuzatiladi. 6
Aslida intim xayotning muallif biografiyasi va ijodini sintez kilib urganishdagi urni kanday? xakikatan xam bu jixat biografik metod imkoniyatlarini cheklaydimi?
Agar insonning tabiiy intilishlari, uz xissiy dunyosiga munosabatini xolis baxolaydigan bulsak, bu jixat jamiyat yoki muayyan inson faoliyatida katta uringa egaligiga shubxa kilmaymiz. Adoksiz zamon va makon katlamlarini uzida mujassam etgan eposlardan tortib, insonning laxzalik kayfiyatini aks etiruvchi kichik lirik asarlargacha, ijodning kollektiv shaklidan, individual kurinishigacha intim xolatlar muxrlanmagan biror asarni uchratish mumkin emas. Barcha mashxuru nomashxur shoirlar ijodining ilk namunalari albatta intim xolatlarga boglik buladiki, bu tomonni chetlab biografik tadkikot yaratib bulmaydi. Intim xayotning ijod jarayoni bilan munosabatini urganish, tadkikotchidan suzsiz individual yondashuvni talab etadi. Chunki bu uta nozik xolat bulib, uni individuum xayoti va ijod psixologiyasiga ta’sir darajasi, funksional jixatlari boshka shaxs, xolat yoxud vaziyatda xech kachon takrorlanmaydi. Ba’zan esa intim xayot munosabatlari uzining gayritabiiy natijalari bilan bir-birini inkor etishi xam mumkin.
Yevropa dunyosini uzining ishkiy sarguzashtlari bilan xamon xayratga solib kelayotgan XVIII asr «Don Juani» J.J.Kazanova ijodining negizida tom ma’noda real jinsiy faoliyat yotadi. Tadkikotchilarning kayd etishicha, uning barcha asarlaridagi, bir karashda obrazli talkin bulib tuyuladigan, vokealar, prototiplar, detallar, epitet va tashbexlar mana shu real faoliyatning maxsuli xisoblanadi.7 Ayni masalada Kazanovaning paradoksal shakli sifatida M.Prustni kursatish mumkin. Agar Kazanova ijodi jinsiy-avantyura negizida shakllangan, garb jamiyati nazarida muayan chukkini egallagan bulsa, M.Prust talkinida birgina busa xakikiy muxabbat tuygusiga putur yetkazadi.8
Ijod dunyosi bilan boglik bu ikki xolat ijodkor intim xayotini minimumdan maksimumgacha ifoda etadi. Ya’ni intim xayotning barcha boshka shakllari shu ikki xolat urtasida mavjud buladi. Demak, xar kanday ijod u yoki bu darajada intim xayotga boglik va biograf-tadkikotchining bu nuktaga urgu berishi bexuda emas.
Biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkorning maishiy turmushi sanaladi. Ijodkorning oila turmushi, karindosh-uruglari, dust birodarlari bilan munosabati, yashash tarzi, unga doir odatlar (jestlar), buyumlar va xokazolarni kamrab oladigan bu omil bir karashda unchalik muxim tuyulmasligi mumkin. Lekin ijodkor xayotida ruy beradigan gayrioddiy xolatlar, olamshumul vokealarga nisbatan nixoyatda kup foizni tashkil etuvchi odatiy xayot tarzi bevosita maishiy turmush bilan boglikki, bu kup jixatdan ijod namunalarida uz muxrini koldiradi. Shu bois, ijod jarayonini individual aspektda taxlil etuvchi barcha tadkikotlarda ijodkor biografiyasi mumkin kadar kamrab olinadi. Chunki ijodkor biografiyasining xronologik talkini maishiy turmushga doir fakt va dalillarni muayan ketma-ketlikda ifoda etadi. Sh.Sent Byov yozadi: «Adabiy tankid soxasida va adabiyot tarixida buyuk odamlar biografiyasi kabi yurakka yakin, guzalrok, ibratlirok narsa kamdan-kam uchraydi». Uning ta’kidlashicha, biografiya muallif xayot yulining shunchaki bayoni emas. xakikiy biografik tadkikot yuzaga kelishi uchun tadkikotchi ijodkor «ruxiyatiga kirishi», «uni turli kirralarini kursata bilishi, bu insonni xarakat kilishiga, gapirishga, nafas olishiga majbur etishi», «eng muximi, uni oila davrasida, uziga xos odatlari bilan tasavvur eta olishi» lozim. Negaki, «buyuk ijodkorlar xam oddiy odamlar kabi mayda turmush tashvishlaridan xoli bulmaydilar» 9 .
Adabiyot tarixida mashxur ijodkorlarning aynan tirikchilik vajidan asar yozganlari xakida dallilar kuplab uchraydi. +ashshoklik, kundalik turmush sharoitning yomonligi ba’zi xollarda shedver asarlarning dunyoga kelishiga sabab bulsa, ba’zan teskari natija beradi. Sent-Byov buyuk fransuz mutafakkiri D.Didro xakidagi tadkikotida bulajak mutafakkirning bir kunlik yeyish-ichishiga bor-yugi olti su sarflagani, shu bilan kanoatlanib kizgin ijod bilan shugullanganini yozadi.10
Adabiyot tarixida shunday dalillar xam uchraydiki, ijodkorning maishiy xayotida ruy bergan favkulodda xodisa keyinchalik uzining individuallik doirasidan chikib, universal funksiya bajara boshlaydi. XVIII asr ingliz sentimental adabiyoti vakili Eduard Yungning (1683-1765) maishiy xayotiga doir bir vokea bunga yorkin misol bula oladi. 1742 yilda Eduard Yungning xotini va tutingan kizi vafot etishadi. Shundan sung u tamomila tushkun kayfiyatga yulikadi. Bunday kayfiyat tabiiy ravishda uning ijodida xam aks etadi. Shoir tomonidan 1742-1745 yillar orasida yozilgan «Insoniyat yoxud xayot, ulim va bokiylik xakida tungi uylar» poemasi ayni kayfiyatning maxsuli bulib, unda insonning takdir iplari bilan boglab tashlanganligi, ojizligi, umrning bevafoligi xususida suz yuritiladi. E.Yungning bu asari uz davri adabiy muxitiga katta ta’sir kursatadi va shu ta’sir negizida yangi bir she’riy yunalish-«kabriston she’riyati» maydonga keladi.
Umuman, ijodkorning maishiy xayoti va ijod jarayonni bilan boglik bunday xolatlar biografik tadkik jarayonida muxim urin tutadi.
Badiiy asarni tadkik etishda biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkor falsafasidir. Tadkikotchi–biograf muayyan ijodkor asarini, ijodiga xos muxim nuktani belgilashga urinar ekan, uning uchun bunday tadkikotlar kanday falsafiy asosga ega ekanini bilish, muxim axamiyat kasb etadi. Chunki xar kanday ijodkor xayoti davomida anglagan falsafasi asosida faoliyat yuritadi, ijod kiladi, muxim badiiy konsepsiyasini ilgari suradi. Falsafiy omil uta keng tushuncha bulib, ijodkor-shaxsning uzi bilangina boglik emas. Bunda ijodkor yashagan ijtimoiy muxit, u mulokotda bulgan ilmiy-adabiy doiralar, u ukigan kitoblar, uning ijtimoiy mavkei va xokazolarning urni katta buladi. Shu va shu kabi kismlar birlashib, ijodkor falsafasi, degan fenomenni tashkil etadi. Shuni xam unutmaslik kerakki, xar kanday biografik tadkikot falsafiy omildan xoli bula olmaydi. Ammo tabiatan falsafiy-badiiy talkinga moyil ijodkorlarni urganishda bu omil uziga xos natija beradi.
Badiiy ijodda aks etgan falsafiy konsepsiyalar asos nuktai nazari bilan ikki xil bulishi mumkin. Bularning birinchisi, an’anaviy bulib, ijodkor zamonigacha mavjud bulgan va uning zamoniga doir falsafiy fikrlardan kelib chikadi. Falsafiy badiiy talkinning bunday shakli nisbatan universalrok moxiyat kasb etadi. Ya’ni xar kanday yozuvchi, shoir yoki dramaturg inson fenomenini turli vaziyat va xolatlarda tasvirlar ekan, umuminsoniyat tomonidan kabul kilingan falsafiy karashlarni bilib yoki bilmay istifoda etadi. Birok bu urinda muallifning maksadi falsafa yurgizish emas, asar kaxramoni tabiatini yorkinrok ifoda etish, umumpoetik goyani teranrok yoritishdan iborat buladi. Falsafiy–badiiy talkinning ikkinchi shakli xam yukoridagi elementlardan tamomila xoli bula olmaydi. Shu bilan birga, bunda individual talkin yetakchiligi kuzga tashlanadi. Shu xarkterdagi asarlar mualliflari esa aynan falsafaga moyil ijodkorlar sirasiga kiradilar. Ular xar kanday umuminsoniy vokelikdan falsafiy xulosalar yasashga moyil buladilar.
Yana bir narsani ta’kidlash joizki, badiiy ijodda falsafiy omilning namoyon bulishi ijodkor xayotidagi tragik vaziyatlar bilan xam boglik buladi. Ma’lumki, kadim yunon adabiyoti nomayandasi Gesiod uzining mashxur «Mexnat va kunlar» nomli didaktik asarida umuminsoniy, umumfalsafiy muommolar ustida xam suz yuritadi. Insoniyat xayotini oltin, kumush, mis kabi turli davrlarga ajratib, uning davrlar okimi buylab tubanlashib borayotganiga urgu beradi. Uning bunday fojiaviy xulosaga kelishiga sabab esa nokobil, xudbin ukasi Persning kilmishlari bilan boglik edi. Yevropa uygonish adabiyotining asoschisi Dante Aligeri esa pok muxabbati Beatriche ulimidan sung (1290) butun vujudi bilan falsafaga shungib ketadi. Arseniy Guluga Fridrix Vilgelm Yozef Shelling (1775-1854) xakidagi biografik tadkikotida shunga yakin xolatni kayd etadi. Bunga kura, XIX asr 90-yillari sungida Shellingning guzal ma’shukasi Avgusta Beler yukumli kasallikdan vafot etadi. Bunday ayrilikdan chukur kayguga tushgan Shelling butun alamini ishdan oladi. Shu yillari uning naturofilosofiya nazariyasi va san’at falsafasiga doir mashxur tadkikotlari, «Gans Viderpostning epikurona ishonch ramzi» nomli poemasi dunyoga keladi. 11
Andre Moruaning «Adabiiy portretlar» asarida Labryuyerdan Alengacha bulgan buyuk ijodkorlarga murojaat etilgan. Birok bularning orasida fakat Antuan de Sent-Ekzyuperi ijodigina «Filosofiya» degan aloxida sarlavxa ostida tadkik etilgan. «Ba’zi odamlar,-deb yozadi Morua «Filosofiya» bulimi debochasida, Sent Ekzyuperi uchun yozuvchiligi, samo sayyoxi ekanligining uzi kifoya, deb uylaydilar va aytadilarki: «Nega u faylasuf bulmagani xolda falsafa yuritishga urinadi». Menga esa uning aynan faylasufligi yokadi».12 Sent-Ekzyuperiga xos, Andre Morua ta’kidlagan falsafa ijodkorning individual falsafasiga yorkin misol bula oladi. A.Morua talkiniga kura, yozuvchining shaxsiy karashlari badiiy vokelik katlarida muayyan obraz falsafasi ularok namoyon buladi.
Xullas, badiiy ijod jarayonida kuzatiladigan bunday jixatlar biograf-tandkikotchining xam ma’lum ma’noda faylasuf bulishini va jaxon falsafasi tarixini bilishini talab etadi.
Shuro davri tadkikotchilari biografik metodning xorijdagi namoyondalarini kupincha ijodkorning ijtimoiy muxit prizmasida urganmaslikda ayblar edilar. (Ma’lumki, Ijodkor biografiyasiga markscha yondashuvning muxim sharti sifatida «yozuvchi yoki olim ijodini ma’lum ijtimoiy–tarixiy faoliyatning inkosi ularok tadkik etish» edi.)13 Birok biografik metodning yirik vakillari Sh.Sent-Byov, A.Morua tadkikotlariga xolis yondoshsak, bunday karashlar uzini oklamasligiga amin bulamiz. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, biografik metodning kurtaklari bevosita ijtimoiy muxitdagi muayyan uzgarishlar ta’sirida maydonga kelgan. Xususan, Sent-Byov uzining matbuotdagi chikishlari bilan ijtimoiy tafakkur vakili sifatida namoyon buladi. Uning: «Asl tankidchi jamotchilikdan yukori turadi, ijtimoiy fikrni boshkaradi, agar jamiyat turgunlikka yuz bursa, tugri yuldan adashsa, bunday buron paytida baralla ovozda ularni tugri yulga chorlaydi»,14 degan suzlari rus tankidchisi V.Belinskiy fikrlarini yodga soladiki, ba’zi shuro tankidchilari bu ikki olim karashlarini ziddiyatda talkin etishga mayl kursatadilar.15 Ikkinchidan, Sent-Byov va A.Morualarning deyarli barcha tadkikotlarida ijodkor-ob’ekt kizgin ijtimoiy faoliyatda urganiladi. Misol tarikasida A. Moruaning Shatobrian xakidagi tadkikotini keltirish mumkin. Tadkikot markazida Shatobrianning uta shaxsiy va psixologik asari «+abrdan maktublar» (Zamogilnue zapiski) turadi. Agar shuro tadkikotchilarining garb biograf-tadkikotchilari xakidagi fikrlariga ishonadigan bulsak, A.Morua ushbu asar asosida Shatobrianning ruxiy dunyosiga, kalbining eng korongu nuktasigacha kirishi, tom ma’noda individual talkinga berilishi lozim edi. «+abrdan maktublar» asariga xos sentimental tasvir, tushkun kayfiyat, intellektdan kura xissiyotning ustunligi bunday talkinga yuz foiz izn berar edi. Lekin asar kuprok Shatobrian shaxsiyati, ijtimoiy faoliyati, siyosiy karashlrini yoritish maksadida urganiladi. Bunday tushkun ruxdagi asarning yuzaga kelishi xam Fransiyaning Germaniya va Angliyadagi elchisi bulib ishlagan yozuvchiga nisbatan kilingan tazyiklar, u kuzatgan xalklarning turmush tarzi, uning ijtimoiy pozitsiyasi nuktai nazaridan talkin etiladi.16 Bunday misollarni xorijda yuzaga kelgan biografik tadkikotlarning aksariyatida uchratish mumkin. Uchinchidan, biz yukorida biografik metodning tom ma’nodagi ijtimoiy tushuncha-gumanizm bilan boglikligi xakida suz yuritdik. xolbuki, badiiy ijodga gumanistik yondashuv istasak-istamasak ijodkor va badiiy obraz, real vokelik va badiiy vokelik, xayot va poetik mazmun sintezni talab etadi. Bunday talkining esa ijtimoiy komponentdan xoli bulishi mumkin emas. Bu xakida rus olimi M.Treskunov shunday yozadi «Sent-Byov uzining tankidiy etyudlarida biografik talkin orkali ijodkor shaxsiyatini tushunishga, tushuntirishga urinadi. Buni tugri anglamasdan turib, Sent-Byov tadkikotlarini tarixiy nuktai nazaridan xolis baxolash mumkin emas. Boshka burjua tadkikotchilaridan farkli ularok, u yozuvchi shaxsiyatini badiiy ijodning yagona substansiyasi deb xisoblamagan. Aksincha, uning ishlarida ijodkor shaxsiyati makon va davr ruxiyatini aks etiruvchi oyna sifatida tushunilgan».17
Demak, biografik tadkikotning ijtimoiy vokelik bilan mushtarak jixatlari talaygina. Anikrogi ijtimoiy vokelikdan yuz foiz uzilgan biografik tadkikot xech kachon uzini oklamaydi.
Ijod jarayoni ma’lum darajada muallifning psixologik xolatlari bilan boglik. Shu bois psixologik omil biografik metod uchun muxim sanaladi. Kup xollarda buning psixobiografiya deb atalishi xam shundan. Buni Sent-Byovning uzi xam e’tirof etib, shunday yozgan edi: «Mening tankidim ixtiyorsiz ravishda xar bir yozuvchi, xar bir asarni psixologik tadkik etishga karatiladi».18 Uning fikricha, psixologik talkin iktidoriga ega bulgan tadkikotchidan biror yozuvchi, ayniksa, shoir uta teran sirlarini xam yashira olmaydi.
Psixologik omil biografik tadkikot uchun ikki yoklama axamiyat kasb etadi. Buning birinchisi, bevosita ijodkorning biografik dunyosi, real borligi bilan boglik bulib, mazkur individuumga xos psixolobiologik, psixosotsiologik unsurlarni namoyon kiladi. Ikkinchisi, ayni unsurlarning badiiy asarda, vokelik va obrazlar talkinidagi urinini aniklashga xizmat kiladi. Buning ibtidoiy shakllari ilk biografik tadkikotlarda kuringan bulsa, keyinchalik ijod psixologiyasi degan maxsus ilmiy yunalishga asos buldi.
Sent-Byov uzining Viktor Gyugo xakidagi tadkikotida badiiy ijodning yosh psixologiyasi bilan mushtarak jixatlariga e’tibor karatadi. Xususan, «Byug Jargal» asarining dunyoga kelishi jarayonlari, asarning turli yillarda yozilgan variatlari xakida suz yuritadi. Uning yozishiga, mashxur «Byug Jargal» asarining ilk variantini Gyugo 16 yoshida, ikki xafta ichida yozgan. Ыsprin psixologiyasiga xos vokelikni romantik kabul kilish, tezrok xikoya kilib berishga intilish xususiyati ushbu variantning nisbatan noob’ektiv chikishiga, janr nuktai nazaridan novellaga uxshab kolishiga sabab bulgan. Ijod jarayonida kuzga tashlanadigan bu kabi psixologik xolatlarni Sent-Byov shunday tushuntiradi: «Ыspirinlik davrida dunyo kuzimizga nixoyatda betartibdek, xayot yorkin nur tartib turgan sirli minoradek, yulimizda uchragan odamlar esa juda yaxshi yo uta axmok, xaddan ziyod jirkanch yoki uta buyuk bulib kurinadi».19 Sent-Byov Gyugo ijodidagi bunday nozik jixatlarni nafakat «Byug Jargal» va uning turli variantlari, balki yozuvchining boshka romanlari bilan mukoyasada yoritadi. Psixologik xolatlarni turli rakurslarda, butun nozikliklari bilan yoritishga urinadi. Shunday yondashuvni uning «Russo «Tazarrusi» nomli tadkikotida xam kuzatamiz. Birok shunga karamasdan, Sent-Byovga xos psixologizm Andre Morua tadkikotlaridagi psixologik talkiniga nisbatan junrok, ibtidoiyrok tasavvur beradi. Anikrogi, Sent- Byov ishlarida asosiy psixologik talkin mashinasi rolini tadkikotchining utkir nazari, iste’dodi, tajribasi bajarsa, A.Morua ishlarida tizimli metodologik asos va tadkikotchi fenomeni mushtarakligi kuzatiladi. xar ikki olimning J.J. Russo xakida tadkikotlari bor. xar ikki tadkikot uning «Tazarru» asariga bagishlangan. Ularga xos psixologik talkin prinsipidagi fark xam shu tadkikotlarda yakkolrok namoyon buladi. Masalan, Sent-Byov Russo «Tazarru»sidagi chin ikrorni insoniyatga xos bulgan umumpsixologik xolatlar bilan asoslashga urinadi. xatto Russoning: «Inson ichki dunyosi uning asl xayoti fakat ungagina ma’lum. Inson uz botiniy dunyosini tasvirlar ekan, aslida uni yashirishga urinadi. Guyo xayoti xususida rost gapni aytayotib, uzini targib etadi. U xech kachon uzini bulgani kabi kursatmaydi, balki xoxlaganidek kursatadi»,20 degan muxim gaplarini e’tibordan chetda koldiradi. Andre Morua esa Russoning «Tazarru» asarini xech ikkilanmasdan «ayyorona roman» deb aytadi. Asar tadkikiga kirishar ekan, Russoning «Monten xakguy yolgonchi» degan suzlariga replika tarzida «Russonning uzi «xakguy yolgonchi» bulmaganmikan? Mutlok xakguy bulish mumkinmi? deya savol kuyadi. Xususan, Russoning seksual xayotiga doir ikrorining rostligini e’tirof etgan xolda, «bunday rostguylikning asoslari uning tabiatiga xos eksgibsioniizmdan dalolat» ekanligini kayd etadi. Moruaning fikriga kura, de Varons xonim bilan insestual alokalari xakida ochik yozgan Russo, bundan cheksiz lazzat olgan va ayni paytda ukuvchining jilovsiz kizikishlarini nazarda tutgan.21 Andre Moruaning Marsel Prust xakidagi tadkikotida xam yukoridagi kabi chukur psixologik talkin kuzga tashlanadi. Butun umr astmaning ogir shakli bilan ogrib utgan Prust bolaligida oila davrasida sungsiz mexribonchiliklar kurgan. Ammo u ulgayib uz yakinlaridan birin-ketin ajraladi. Tabiiy ravishda bolaligidagi kabi nozik muomala, mexr-shafkat xam yuklikka yuz tutadi. A.Morua ushbu xolatni M.Prust ijodining negiziga kuyib urganadi. Uningcha, Prust ijodining markazida bolalik xayotini, undagi mexr-muxabbatni kumsash turadi va bu armon Prustning barcha asarlarida ortik darajada aks etgan.
Xullas, keltirilgan dalilarga asoslanib aytish mumkinki, biografik metodning dastlabki shaklida psixologizm tarzida namoyon bulgan ushbu omil, A. Morua ijodida anchayin murakkab kurinish olgan. Bu esa A.Moruaning Z.Freyd psixoanalizidan ta’sirlanganini, psixoanalitik konsepsiyalaridan uz tadkikotlarida foydalanganini kursatadi.
Nazariy-estetik talkinda biografik talkinning bevosita adabiy ijod bilan mushtarak jixatlari bosh masala xisoblanadi. Bundan kelib chikadiki, yukorida suz yuritilgan omillar biografik metod spesifikasi uchun nakadar katta rol uynamasin, adabiy-estetik nuktai nazardan yetakchi omil bula olmaydi. Bu urinda gegemonlik vazifasini filologik omil bajaradi. Badiiy ijod jarayonini filologik omilga tayanmasdan turib tadkik etish, biograf-tadkikotchini asl moxiyatdan uzoklashtiradi. Buning sababi uta oddiy bulib, badiiy ijodning filologik komponetlar tizimidan iboratligi bilan izoxlanadi.
Badiiy asarda xar kanday poetik fikr, xar kanday noyob xissiyot ifodalanishidan kat’i nazar, bu jarayon suz vositasida amalga oshadi. Biografik metod tayanadigan asosiy fenomen-ijodkor xam fakat suz bilan ishlaydi. Badiiy ijod urganilar ekan, istisnosiz tarzda, ijodkor ruxiyatida, miyasida kechadigan jarayonlar, uning leksikonida mavjud suzlar zaxirasi emas, badiiy matn shakliga tushgan suzlar tizimi e’tiborga olinadi. Bir suz bilan aytganda, badiiy asar matni, uning ifoda usuli, unda mavjud tovushlar suz komponetlari, gaplar, fabula, kompozitsion kurilish va xokazolar ijodkor shaxsiyati bilan sentez kilinadi xamda ma’lum natijalarga erishiladi. Ijodiy individualik, maxorat, u bunyod etgan poetik kashfiyotlar, uning muayyan tarixiy davr yoki muxitida tutgan urni masalalari shu yul bilan belgilanadi.
Yukorida umumiy tarzda suz yuritilgan jarayonlar biografik metod vakillari asarlarida tarkok xolda bulsa xam, kup urinlarda kuzatiladi. Jumladan, A.Morua XIX asr mashxur fransuz yozuvchisi Jon Kokto uslubi xakida shunday yozadi: «Men uning tasvirlash maxoratini kup bor kuzatganman. U mudom shiddatkor va gayratli, suzni uta iktisod kiladi. Suz topishdan oldin uzok uylanadi, kay yul bilan bulmasin nishonga anik uradi».23 Morua J. Koktoning suz kullash maxoratini M.Prust, P.Valerilar bilan kiyoslar ekan, uning kuyidagi suzlariga urgu beradi: «Tush uykuda tugilgani singari, poetik kashfiyot iborada tugiladi». Yoki Sent-Byovning J.J Russo xakidagi tadkikotida yozuvchi tabiatiga xos nozik bir xususiyat aynan uslub, suz kullash jarayoni orkali ochib beriladi. «Russo ijodida ayollar tasviri boshlangan joyda uslub uta noziklashadi. Bir yaxshi tankidchi tugri ta’kidlaganidek, uning ijodida ayollar katta rol uynagan. Demakki, Russo uslubidagi bu xususiyat uning tabiatidagi ayolga uchligi, tugrirogi ishratparastligi bilan izoxlanadi».24
Xullas, shu va shunga uxshash kuplab dalillarga tayanib aytish mumkinki, filologik omil bir butun tizim sifatida biografik metodining yetakchi komponenti xisoblanadi.
Nazarda tutish joizki, biografik talkin metodologik nuktai nazaridan bir necha shakllarga ega. Yukorida suz yuritilgan nisbiy sanokdagi tayanch omillar bu shakllarning barchasida u yoki bu darajada namoyon buladi. Biografik talkinning samarali va keng tatbik etilgan shakllari, bizningcha, uchta. Bularning birinchisi ijodkor shaxsiyatini markaziy uringa kuyib urganishga asoslanuvchi, akademik yunalishga yakin, biografik tadkikotlar xisoblanadi. Tom ma’noda ilmiy-nazariy salmok va metodologik prinsiplar shunday tadkikotlarda namoyon buladi va, ayni jixati bilan bu shakl yetakchi urinda turadi. Bunga misol tarikasida Sh.Sent-Byov, A.Morualar nomi ostida nashr etilgan «Adabiiy portretlar» kitoblarini va shuro davrida chop kilingan «Ajoyib kishilar xayoti» (JZL) seriyasidagi asarlarni kursatish mumkin. Ikkinchi shakl adabiy portret janri sifatida takdim etiladi. Ammo bunday asarlarda dallilarga tayanish, xujjatlilik xos bulsa xam, asosan, bayonchilik, publitsistik talkin gegemonligi kuzatiladi. A.Moruaning «Uch Dyuma», «Prometey yoxud Balzak xayoti» yoki Yan. Parandovskiy, S.Sveyg kabilarning ma’lum asarlarini shu siraga kiritish mumkin. Uchinchi shaklga biografiya chegarasida fikr yuritish kuzda tutilsa xam, asosiy urgu badiiy talkinga karatiladigan, muayyan ijodkor-shaxs xayoti asos kilib olingan biografik romanlar, biografik kissalar kiradi.
Xulosa kilib aytganda, biografik metodning shaklanishi va tarakkiyot jarayonlari jaxon estetik tafakkuri tizimidagi konuniy xodisa xisoblanadi. Shu sababli bu metod xozirgacha ma’lum ma’noda uz vazifasini utab kelyapti. Unda, garchi sistemali bulmasa xam, mavjud fanlar, okimlar va karashlarga doir elementlar mujassamlashgan. Shuningdek, biografik metod adabiyotshunoslik, tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, tarix, geografiya kabi fanlar negizida yuzaga kelgan konuniyatlarni istifoda etishga asoslanadi. Ammo ushbu metod tom ma’noda samarali va universal bulishi uchun sanalgan omillar moxiyatiga chukurrok kirishi maksadga muvofikdir.

Biografik metod mohiyatida inson shaxsiyati turadi. Ayni jihati bilan mazkur metod universal xarakter kasb etadi. Ya’ni ijodkor va ijod mahsulini sintezda o‘rganish yo‘lidagi harakat, eng avvalo, barcha fanlar, falsafalar, tadqiq metodlarini istifoda etishni taqazo qiladi. Qolaversa, bugungacha mavjud har qanday tafakkur shakllarining inson fenomeni doirasida markazlashuvi ushbu metodning universallik darajasini oshiradi. Beografik metod ob’ekt tanlanmaydi. Uni ijodning har qanday turi (amaliy, nazariy) va har qanday shakli (fan-texnika, san’at, siyosat, madaniyat)ga nisbatan qo‘llash mumkin. Ushbu metod ijodkor biografiyasidan faqat axborot manbai sifatida foydalanmaydi, balki bunda ijodkor biografiyasi bir butun tizim o‘laroq ijod mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Bu shunday tizimki, ichki strukturasi jihatidan ko‘plab mukammal tizimchalarni o‘zida mujassam etadi. Shuningdek, ijodkor hayoti va faoliyatini atroflicha qamrab olishga qaratiladi. Badiiy ijod namunasini biografik o‘rganish yo‘lidagi ilk qadamlar XIX asrning birinchi yarmi fransuz ilmiy-adabiy muhitida ko‘zga tashlanadi. Evropa ijtimoiy muhitiga Uyg’onish davridan meros o‘laroq shakllangan gumanizm kontseptsiyasi inson shaxsiyatining ekstsentrik tadqiq ob’ekti maqomini egallashiga olib keldi. Borliq va mavjudlik, voqelik va harakat, makon va zamon kabi global hodisalar inson va uning shaxsiyati negizida talqin etila boshladiki, mohiyatan ularning barchasini qamrab olish qudratiga ega bo‘lgan badiiy ijod muammosi ayni jarayondan chetda qolishi mumkin emas edi. Jahon adabiyotshunoslari tomonidan biografik metodning asoschisi deb e’tirof etilgan Sharl Sent-Byov (1804-1869) 1821 yili Burbon nomidagi kollejda ta’lim olar ekan, falsafa o‘qituvchisi Damiron o‘z shogirdlariga har qanday ijod namunasi muallif shaxsiyati bilan bir butunlikda o‘rganilishi lozim, degan fikrni uqtirar edi. Damiron ma’ruzalariga asos bo‘lgan «Fransuz falsafasi tarixi» talaba Sharlning eng sevimli kitobiga aylanadi. Uning dastlabki ilmiy tadqiqoti ham aynan falsafiy mavzuda bo‘lib, «Barhayot ruh haqida» deb nomlanadi. Kollejda va keyingi ta’lim jarayonlarida tabiat, fiziologiya, ximiya, meditsina, mantiq, til va adabiyot ilmlarini mukammal o‘rgangan Sent-Byov uchun Damiron fikrlari tayanch kontseptsiya bo‘lib qoladi. 1825 yilda Parijda nashr etila boshlagan, Pushkin, Karamzin, Stendal kabi mashhur yozuvchilar asarlari chop qilingan «Glob» gazetasi nafaqat u davr fransuz ziyolilarining, balki umumevropa ziyoli qatlamining ilg’or qarashlarini aks ettirar edi. Gazeta chop etgan qator maqolalarda badiiy ijod namunasiga yangicha yondashuv masalasida bahs-munozaralar kuzatiladi. Xususan, badiiy asarni uning muallifi tabiati, iste’dodi, psixologik holatlari bilan sintez etaroq tadqiq qilish, ijod jarayoniga individual yondashish, o‘sha davr fransuz ilmiy-adabiy muhitining dolzarb muammosiga aylangan edi. Sent-Byovning dastlabki taqrizlari, adabiy-tanqidiy maqolalari ham aynan «Glob» gazetasida nashr etilgan. Keyinchalik uning fransuz klassiklari Rasin, Bualo, Lofantenlar ijodiy merosiga, zamondoshi V.Gyugoning «Oda va balladalar» to‘plamiga doir jiddiy tadqiqotlari chop qilindi. Shuningdek, Sent-Byov XVI-XIX-asrlar fransuz she’riyati va dramaturgiyasi tarixiy taraqqiyoti ustida ham tadqiqotlar yozdi. Biroq bu kabi sof tarixiy-badiiy muammolar talqinida ham Sent-Byovga xos individual tahlil tamoyili yetakchilik qiladi. Bu jihat olimning har qanday tarixiy davr silsilasida muayyan ijodkorning o‘rniga urg’u berganida ko‘rinadi. Uning ilk adabiy portretlari Kornel, Bualo, Lofanten va, ayniqsa romantizm adabiyotining qator vakillari haqida bo‘lib, 1829-yildan boshlab «Revyu Parij» jurnalida nashr etilgan. XIX asrning 30-yillarida Sent-Byov Por-Royal adabiy-diniy maktabi faoliyatini o‘rgandi. Nafaqat fransuzlarning, balki butun Evropa ruhoniy adabiyoti va tafakkur tarzini ifoda etuvchi bu maktab haqidagi tadqiqotlari besh jilddan iborat bo‘lib, 1838-1859- yillar orasida nashr etilgan. Sent-Byovning «Konetityusionnel» jurnali bilan qilgan ijodiy hamkorligi natijasi o‘laroq 15 jilddan iborat «Dushanbadagi suhbatlar», 13 jildlik «Yangi dushanbalar» nomli tadqiqotlari maydonga keldi. Ushbu tadqiqotlarning manbaviy ko‘lami nihoyatda keng. Ularda muayyan adabiy-tarixiy davrlar hamda alohida faylasuf, yozuvchi, shoirlar ijodi xususida so‘z yuritiladi. Xullas, Sent-Byov tomonidan o‘z davri ilmiy doirasi uchun yangilik sifatida taqdim etilgan biografik tadqiq yo‘nalishi uch yirik omilga tayanadi. Bularning birinchisi, ildizlari antik dunyo ijtimoiy tafakkuriga borib bog’lansa-da, boshlang’ich aniq harakatni Uyg’onish davridan olgan shaxs kontseptsiyasi. Ikkinchisi, Sent–Byov yashab ijod etgan jamiyatdagi fikriy yangiliklar, madaniy-tarixiy, falsafiy-psixologik, ilmiy-adabiy qarashlar. Uchinchisi, bevosita Sent-Byov shaxsiyati, ijodiy, ilmiy, ijtimoiy faoliyati hisoblanadi. Sent-Byov tadqiqotlarida muayyan shaklga kirgan biografik metod keyinchalik uning qator izdoshlari tomonidan davom ettirildi, rivojlantirildi. Xususan, «Adabiyot tarixiga kirish» (1848) asarining muallifi Lakomb, «Adabiyotni ilmiy tadqiq etish usullari» (1900) asari muallifi Renar, o‘tgan asrning 20-60-yillarida biografik metod muammolari bilan shug’ullangan Maks Verli, Viktor Jiro, Valter Mushg, D.Shtolnits va boshqa qator olimlarning ishlari shu jumladandir. Badiiy asar va ijodiy jarayonni biografik o‘rganish tarafdori bo‘lgan Evropa olimlari orasida Sent-Byovdan qariyb yuz yil keyin yashagan Andre Morua (1885-1967) ijodi alohida ajralib turadi. Sent-Byovgacha va undan keyin maydonga kelgan ilmiy qarashlar, o‘ziga xos tadqiqotlar Andre Morua imkoniyatlarini nisbatan kengaytirgan edi. Andre Moruaning butun ilmiy-ijodiy faoliyati adabiy jarayonni biografik talqin etishga qaratilgan. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, «Morua ijodiy evolyutsiyasi Shellidan Balzakkacha bo‘lgan biografik tadqiqotlarda namoyon bo‘ladi». A.Moruaning «Labryuyerdan Prustgacha» (1964), «Prustdan Kamyugacha» (1963), «Jiddan Sartrgacha» (1965), «Aragondan Moterlangacha» (1967) sarlavhalari ostida nashr etilgan to‘rt jildlik yirik tadqiqotida biografik metodning ilmiy-nazariy printsiplari o‘z ifodasini topgan. XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida ham yozuvchilar, olimlarining adabiy portretlariga bag’ishlangan risolalar, biografik o‘rganish muammolariga qaratilgan doktorlik va nomzodlik tadqiqotlari ma’lum. Ammo ularda bu metodni yangi kontseptsiyalari bilan boyitadigan aniq xulosalar uchramaydi. Keyingi davr o‘zbek adabiyotshunosligida biografik metod asosida yaratilgan tadqiqotlar, romanlar talaygina. Jumladan, N.Karimovning “Cho‘lpon’ nomli kitobi katta ahamiyatga ega. “Kitobning muhim yutuqlaridan biri Cho‘lpon asarlarining yaratilish tarixi bilan bog’liq mulohazalardir. Bu jihatdan uning shaxsiy intim hayoti tadqiqi, “Uyg’onish” to‘plamidagi “Yurt qayg’usi” rukni ostida berilgan she’rlar sharhi, shoir ruhiyatini ochishga urinish, Cho‘lpon va turk adabiyoti masalasining qo‘yilishi hamda yoritilishi, tarjimalarga ko‘rilgan tayyorgarlik kabi ko‘pdan ko‘p ijodiy masalalar borasidagi fakt va materiallar yangiligi bilangina emas, talqin va yondoshuvi, hatto pafosi bilan ham maroqlidir. Shuningdek, mashhur adibning zamondosh ijodkorlar bilan o‘zaro muloqotlari, hali ilmiy jamoatchilikka noma’lum kelayotgan qanchadan qancha asrlarning (shu jumladan boshqalar nomidan bosilgan asarlarning (“Rustam” , “Avaz” kabi) aniqlashtirilib muomalaga olib kirilishi, ko‘pchlikka ma’lum asarlarning (masalan, “Yorqinoy” kabi) tug’ilishidan taqdirigacha kuzatishlar kitobni ma’lum ma’noda Cho‘lppon ijodyoti borasidagi eng keyingi va eng jiddiy adabiyotshunoslik tadqiqoti darajasiga ko‘taradi”(Begali Qosimov). Adabiyot tarixida shunday dalillar ham uchraydiki, ijodkorning maishiy hayotida ro‘y bergan favqulodda hodisa keyinchalik o‘zining individuallik doirasidan chiqib, universal funktsiya bajara boshlaydi. XX asr o‘zbek lirikasining yirik nomoyondalaridan biri Zulfiya ijodini kuzatar ekanmiz uning hayotida yuz bergan voqea ijodida ham yaqqol aks etganining guvohi bo‘lamiz. Bu xususiyat shoiranig “Kechir qoldim g’aflatda”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Ne baloga etding mubtalo”, “Sen qaydasan, yuragim” , ”Yulduz”, “Hijron kunlarida” kabi she’rlara ochiq ko‘rinadi. Zulfiyaning turmush o‘rtog’i Hamid Olimjonning fojiali halok bo‘lishi (1944) munosabati bilan yozgan bu she’rlarida hayot va o‘lim, muhabbat va hijron, sevgiga sodiqliq va bevaqt ayriliq haqida teran poetik fikrlar yuritilgan. “To‘qima aslida yo‘q narsa. Biz nimaiki yozsak, ularning hammasini boshimizdan kechirgan voqealardan olamiz yoxud ularni boshalar boshida kechirganda kuzatgan bo‘lamiz” (Xeminguey) Darhaqiqat, har bir ijodkor hayotdagi xarakterli voqea hodisalar ta’sirida qalb-u shuuriga o‘rnashib qolgan ruhiy holat, lirik kechinma ta’sirida kutilmagan badiiy kashfiyotlar, obrazli fikrlar yaratadi. Ko‘rinadiki, biografik metod o‘zining manbaviy va xronologik ko‘lami, ta’sir doirasi jihatidan, muayyan salmoqqa ega. Jahon tan olgan yirik olimlar bu metodga e’tibor bilan qaraganlar. Uni jiddiy ilmiy muammolarga tatbiq etganlar. Ammo, shunga qaramasdan, biografik metodning markaziy kontseptsiyalari, ilmiy-nazariy printsiplari, metod sifatidagi o‘ziga xos jihatlari, boshqa tadqiq metodlari, fan sohalari bilan aloqadorligi masalalarini umumlashtiruvchi metodologik tadqiqotlar mavjud emas. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ilmiy-biografik tadqiqotlarda, tadqiqotchilik metodologiyasiga doir nazariy asarlarda, terminologik lug’atlarda bu metodning aniq ilmiy ta’rifi, spetsifik jihatlari o‘z aksini topmagan. Barcha ilmiy tadqiqot metodlari kabi beografik metod ham doimiy rivojlanish, o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lsa-da, turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda bir qadar tarqoq holatda mavjud bo‘lgan kontseptual fikrlarni umumlashtirish, biografik tadqiq usulining metodologik printsiplarini belgilash, maqsadga muofiqdir. Biografik metodning o‘ziga xosligi ijodkor individualligi muommosini tadqiqot markaziga qo‘yishida ekani bois, ularda genetik faktor yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Garchi sho‘ro davri olimlari ijodkor shaxsiyatini genetik-biologik talqin etish «vulgarcha, pozitivistcha xulosalarga olib kelgan»ligini qayta-qayta ta’kidlashgan bo‘lsa-da, biografik tadqiq ushbu foktorni chetlab o‘tishi mumkin emas. Qolaversa, adabiyotni o‘rganishda «irq», «muhit», «vaziyat» birligi nazariyasini ilgari surgan Ipolit Ten Sent-Byov bilan yaqin do‘st bo‘lgan va tabiiy ravishda, unga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Genetik nuqtai nazardan o‘rganilgan individuum ijodiy jarayonga xos o‘ta nozik holatlarni tushunishga qo‘l kelganiga shubha yo‘q. Ijodkor maishiy, ijtimoiy muhit ta’siri ostida o‘zlashitirishi ehtimoldan uzoq bo‘lgan, bir qarashda g’ayrioddiy tuyuluvchi ba’zi xususiyatlar ildizi uning qadim ajdodlari ongi va ruhiyatida yashagan «genetik xotira»ga borib tutashadiki, bunday holat talqini uchun albatta genetika tajribalariga suyanish lozim bo‘ladi. Sent-Byov J.J. Russo haqidagi ishida ijodkor nutqidagi bir oz «qo‘pollik», «soddalik», «dangallik», «yashirin iztirob»larni uning shogirdi arisokrat Shatobrianga qiyosan izohlar ekan, shunday yozadi: «U ajdodlari bilan faxrlana olmasdi. Shu bois unda eslash bir oz og’irroq, sirli iztiroblarga yo‘g’rilgan, qashshoq ajdodlariga tortadigan nimadir yashar edi». Ijodkorga xos bu kabi holatlar badiiy asarda bir yoki bir nechta qahramon tabiatiga singgan bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa asarning umumg’oyasi, tili, uslubi hatto kompozitsion qurilishigacha ta’sir o‘tkazishi ehtimoldan holi emas. Gyotening «uslub-bu odam», Floberning «Bovariy xonim-mening o‘zimman», degan obrazli fikrlarida shunga ishora bor. Badiiy asarni o‘rganishda muallifning intim hayotiga urg’u berish Sent-Byov va uning g’arblik izdoshlari tadqiq usulidagi yetakchi xususiyat sifatida qaraladi. Ko‘pincha biografik metodning cheklangan tomonlarini ham shu bilan izohlashga bo‘lgan urinishlar kuzatiladi. Aslida intim hayotning muallif biografiyasi va ijodini sintez qilib o‘rganishdagi o‘rni qanday? haqiqatan ham bu jihat biografik metod imkoniyatlarini cheklaydimi? Agar insonning tabiiy intilishlari, o‘z hissiy dunyosiga munosabatini xolis baholaydigan bo‘lsak, bu jihat jamiyat yoki muayyan inson faoliyatida katta o‘ringa egaligiga shubha qilmaymiz. Adoqsiz zamon va makon qatlamlarini o‘zida mujassam etgan eposlardan tortib, insonning lahzalik kayfiyatini aks etiruvchi kichik lirik asarlargacha, ijodning kollektiv shaklidan, individual ko‘rinishigacha intim holatlar muhrlanmagan biror asarni uchratish mumkin emas. Barcha mashhur-u nomashhur shoirlar ijodining ilk namunalari albatta intim holatlarga bog’liq bo‘ladiki, bu tomonni chetlab biografik tadqiqot yaratib bo‘lmaydi. Intim hayotning ijod jarayoni bilan munosabatini o‘rganish, tadqiqotchidan so‘zsiz individual yondashuvni talab etadi. Chunki bu o‘ta nozik holat bo‘lib, uni individuum hayoti va ijod psixologiyasiga ta’sir darajasi, funktsional jihatlari boshqa shaxs, holat yoxud vaziyatda hech qachon takrorlanmaydi. Ba’zan esa intim hayot munosabatlari o‘zining g’ayritabiiy natijalari bilan bir-birini inkor etishi ham mumkin. Demak, har qanday ijod u yoki bu darajada intim hayotga bog’lik va biograf-tadqiqotchining bu nuqtaga urg’u berishi behuda emas. Biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkorning maishiy turmushi sanaladi. Ijodkorning oila turmushi, qarindosh-urug’lari, do‘st birodarlari bilan munosabati, yashash tarzi, unga doir odatlar (jestlar), buyumlar va hokazolarni qamrab oladigan bu omil bir qarashda unchalik muhim tuyulmasligi mumkin. Lekin ijodkor hayotida ro‘y beradigan g’ayrioddiy holatlar, olamshumul voqealarga nisbatan nihoyatda ko‘p foizni tashkil etuvchi odatiy hayot tarzi bevosita maishiy turmush bilan bog’liqki, bu ko‘p jihatdan ijod namunalarida o‘z muhrini qoldiradi. Shu bois, ijod jarayonini individual aspektda tahlil etuvchi barcha tadqiqotlarda ijodkor biografiyasi mumkin qadar qamrab olinadi. Chunki ijodkor biografiyasining xronologik talqini maishiy turmushga doir fakt va dalillarni muayan ketma-ketlikda ifoda etadi. Sh.Sent Byov yozadi: «Adabiy tanqid sohasida va adabiyot tarixida buyuk odamlar biografiyasi kabi yurakka yaqin, go‘zalroq, ibratliroq narsa kamdan-kam uchraydi». Uning ta’kidlashicha, biografiya muallif hayot yo‘lining shunchaki bayoni emas. haqiqiy biografik tadqiqot yuzaga kelishi uchun tadqiqotchi ijodkor «ruhiyatiga kirishi», «uni turli qirralarini ko‘rsata bilishi, bu insonni xarakat qilishiga, gapirishga, nafas olishiga majbur etishi», «eng muhimi, uni oila davrasida, o‘ziga xos odatlari bilan tasavvur eta olishi» lozim. Negaki, «buyuk ijodkorlar ham oddiy odamlar kabi mayda turmush tashvishlaridan holi bo‘lmaydilar» . Adabiyot tarixida mashhur ijodkorlarning aynan tirikchilik vajidan asar yozganlari haqida dallilar ko‘plab uchraydi. Badiiy asarni tadqiq etishda biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkor falsafasidir. Tadqiqotchi–biograf muayyan ijodkor asarini, ijodiga xos muhim nuqtani belgilashga urinar ekan, uning uchun bunday tadqiqotlar qanday falsafiy asosga ega ekanini bilish, muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har qanday ijodkor hayoti davomida anglagan falsafasi asosida faoliyat yuritadi, ijod qiladi, muhim badiiy kontseptsiyasini ilgari suradi. Falsafiy omil o‘ta keng tushuncha bo‘lib, ijodkor-shaxsning o‘zi bilangina bog’lik emas. Bunda ijodkor yashagan ijtimoiy muhit, u muloqotda bo‘lgan ilmiy-adabiy doiralar, u o‘qigan kitoblar, uning ijtimoiy mavqei va hokazolarning o‘rni katta bo‘ladi. Shu va shu kabi qismlar birlashib, ijodkor falsafasi, degan fenomenni tashkil etadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday biografik tadqiqot falsafiy omildan holi bo‘la olmaydi. Ammo tabiatan falsafiy-badiiy talqinga moyil ijodkorlarni o‘rganishda bu omil o‘ziga xos natija beradi. Badiiy ijodda aks etgan falsafiy kontseptsiyalar asos nuqtai nazari bilan ikki xil bo‘lishi mumkin. Bularning birinchisi, an’anaviy bo‘lib, ijodkor zamonigacha mavjud bo‘lgan va uning zamoniga doir falsafiy fikrlardan kelib chiqadi. Falsafiy badiiy talqinning bunday shakli nisbatan universalroq mohiyat kasb etadi. Ya’ni har qanday yozuvchi, shoir yoki dramaturg inson fenomenini turli vaziyat va holatlarda tasvirlar ekan, umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan falsafiy qarashlarni bilib yoki bilmay istifoda etadi. Biroq bu o‘rinda muallifning maqsadi falsafa yurgizish emas, asar qahramoni tabiatini yorqinroq ifoda etish, umumpoetik g’oyani teranroq yoritishdan iborat bo‘ladi. Falsafiy–badiiy talqinning ikkinchi shakli xam yukoridagi elementlardan tamomila xoli bo‘la olmaydi. Shu bilan birga, bunda individual talqin yetakchiligi ko‘zga tashlanadi. Shu xarkterdagi asarlar mualliflari esa aynan falsafaga moyil ijodkorlar sirasiga kiradilar. Ular har qanday umuminsoniy voqelikdan falsafiy xulosalar yasashga moyil bo‘ladilar. Yana bir narsani ta’kidlash joizki, badiiy ijodda falsafiy omilning namoyon bo‘lishi ijodkor hayotidagi tragik vaziyatlar bilan ham bog’liq bo‘ladi. Ma’lumki, qadim yunon adabiyoti nomayandasi Gesiod o‘zining mashhur «Mehnat va kunlar» nomli didaktik asarida umuminsoniy, umumfalsafiy muommolar ustida ham so‘z yuritadi. Insoniyat hayotini oltin, kumush, mis kabi turli davrlarga ajratib, uning davrlar oqimi bo‘ylab tubanlashib borayotganiga urg’u beradi. Uning bunday fojiaviy xulosaga kelishiga sabab esa noqobil, xudbin ukasi Persning qilmishlari bilan bog’liq edi. Evropa uyg’onish adabiyotining asoschisi Dante Aligeri esa pok muhabbati Beatriche o‘limidan so‘ng (1290) butun vujudi bilan falsafaga sho‘ng’ib ketadi. Xullas, badiiy ijod jarayonida kuzatiladigan bunday jihatlar biograf-tadqiqotchining ham ma’lum ma’noda faylasuf bo‘lishini va jahon falsafasi tarixini bilishini talab etadi. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, biografik metodning kurtaklari bevosita ijtimoiy muhitdagi muayyan o‘zgarishlar ta’sirida maydonga kelgan. Xususan, Sent-Byov o‘zining matbuotdagi chiqishlari bilan ijtimoiy tafakkur vakili sifatida namoyon bo‘ladi. Uning: «Asl tanqidchi jamotchilikdan yuqori turadi, ijtimoiy fikrni boshqaradi, agar jamiyat turg’unlikka yuz bursa, to‘g’ri yo‘ldan adashsa, bunday bo‘ron paytida baralla ovozda ularni to‘g’ri yo‘lga chorlaydi», degan so‘zlari rus tanqidchisi V.Belinskiy fikrlarini yodga solidi. Demak, biografik tadqiqotning ijtimoiy voqelik bilan mushtarak jihatlari talaygina. Aniqrog’i ijtimoiy voqelikdan yuz foiz uzilgan biografik tadqiqot hech qachon o‘zini oqlamaydi. Ijod jarayoni ma’lum darajada muallifning psixologik holatlari bilan bog’liq. Shu bois psixologik omil biografik metod uchun muhim sanaladi. Ko‘p hollarda buning psixobiografiya deb atalishi ham shundan. Buni Sent-Byovning o‘zi ham e’tirof etib, shunday yozgan edi: «Mening tanqidim ixtiyorsiz ravishda har bir yozuvchi, har bir asarni psixologik tadqiq etishga qaratiladi». Uning fikricha, psixologik talqin iqtidoriga ega bo‘lgan tadqiqotchidan biror yozuvchi, ayniqsa, shoir o‘ta teran sirlarini ham yashira olmaydi. Psixologik omil biografik tadqiqot uchun ikki yoqlama ahamiyat kasb etadi. Buning birinchisi, bevosita ijodkorning biografik dunyosi, real borlig’i bilan bog’liq bo‘lib, mazkur individuumga xos psixolobiologik, psixosotsiologik unsurlarni namoyon qiladi. Ikkinchisi, ayni unsurlarning badiiy asarda, voqelik va obrazlar talqinidagi o‘rinini aniqlashga xizmat qiladi. Buning ibtidoiy shakllari ilk biografik tadqiqotlarda ko‘ringan bo‘lsa, keyinchalik ijod psixologiyasi degan maxsus ilmiy yo‘nalishga asos bo‘ldi. Sent-Byov o‘zining Viktor Gyugo haqidagi tadqiqotida badiiy ijodning yosh psixologiyasi bilan mushtarak jihatlariga e’tibor qaratadi. Xususan, «Byug Jargal» asarining dunyoga kelishi jarayonlari, asarning turli yillarda yozilgan variantlari haqida so‘z yuritadi. Uning yozishiga, mashhur «Byug Jargal» asarining ilk variantini Gyugo 16 yoshida, ikki hafta ichida yozgan. O‘sprin psixologiyasiga xos voqelikni romantik qabul qilish, tezroq hikoya qilib berishga intilish xususiyati ushbu variantning nisbatan noob’ektiv chiqishiga, janr nuqtai nazaridan novellaga o‘xshab qolishiga sabab bo‘lgan. Ijod jarayonida ko‘zga tashlanadigan bu kabi psixologik holatlarni Sent-Byov shunday tushuntiradi: «O‘spirinlik davrida dunyo ko‘zimizga nihoyatda betartibdek, hayot yorqin nur taratib turgan sirli minoradek, yo‘limizda uchragan odamlar esa juda yaxshi yo o‘ta ahmoq, haddan ziyod jirkanch yoki o‘ta buyuk bo‘lib ko‘rinadi». Sent-Byov Gyugo ijodidagi bunday nozik jihatlarni nafaqat «Byug Jargal» va uning turli variantlari, balki yozuvchining boshqa romanlari bilan muqoyasada yoritadi. Psixologik holatlarni turli rakurslarda, butun nozikliklari bilan yoritishga urinadi. Shunday yondashuvni uning «Russo «Tazarrusi» nomli tadqiqotida ham kuzatamiz. Biroq shunga qaramasdan, Sent-Byovga xos psixologizm Andre Morua tadqiqotlaridagi psixologik talqiniga nisbatan jo‘nroq, ibtidoiyroq tasavvur beradi. Aniqrog’i, Sent- Byov ishlarida asosiy psixologik talqin mashinasi rolini tadqiqotchining o‘tkir nazari, iste’dodi, tajribasi bajarsa, A.Morua ishlarida tizimli metodologik asos va tadqiqotchi fenomeni mushtarakligi kuzatiladi. har ikki olimning J.J. Russo haqida tadqiqotlari bor. Har ikki tadqiqot uning «Tazarru» asariga bag’ishlangan. Ularga xos psixologik talqin printsipidagi farq ham shu tadqiqotlarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, Sent-Byov Russo «Tazarru»sidagi chin iqrorni insoniyatga xos bo‘lgan umumpsixologik holatlar bilan asoslashga urinadi, hatto Russoning: «Inson ichki dunyosi uning asl hayoti faqat ungagina ma’lum. Inson o‘z botiniy dunyosini tasvirlar ekan, aslida uni yashirishga urinadi. Go‘yo hayoti xususida rost gapni aytayotib, o‘zini targ’ib etadi. U hech qachon o‘zini bo‘lgani kabi ko‘rsatmaydi, balki xohlaganidek ko‘rsatadi», degan muhim gaplarini e’tibordan chetda qoldiradi. Andre Moruaning Marsel Prust haqidagi tadqiqotida ham yuqoridagi kabi chuqur psixologik talqin ko‘zga tashlanadi. Butun umr astmaning og’ir shakli bilan og’rib o‘tgan Prust bolaligida oila davrasida so‘ngsiz mehribonchiliklar ko‘rgan. Ammo u ulg’ayib o‘z yaqinlaridan birin-ketin ajraladi. Tabiiy ravishda bolaligidagi kabi nozik muomala, mehr-shafqat ham yo‘qlikka yuz tutadi. A.Morua ushbu holatni M.Prust ijodining negiziga qo‘yib o‘rganadi. Uningcha, Prust ijodining markazida bolalik hayotini, undagi mehr-muhabbatni qumsash turadi va bu armon Prustning barcha asarlarida ortiq darajada aks etgan. Xullas, keltirilgan dalilarga asoslanib aytish mumkinki, biografik metodning dastlabki shaklida psixologizm tarzida namoyon bo‘lgan ushbu omil, A. Morua ijodida anchayin murakkab ko‘rinish olgan. Bu esa A.Moruaning Z.Freyd psixoanalizidan ta’sirlanganini, psixoanalitik kontseptsiyalaridan o‘z tadqiqotlarida foydalanganini ko‘rsatadi. Nazariy-estetik talqinda biografik talqinning bevosita adabiy ijod bilan mushtarak jihatlari bosh masala hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida so‘z yuritilgan omillar biografik metod spetsifikasi uchun naqadar katta rol o‘ynamasin, adabiy-estetik nuqtai nazardan yetakchi omil bo‘la olmaydi. Bu o‘rinda gegemonlik vazifasini filologik omil bajaradi. Badiiy ijod jarayonini filologik omilga tayanmasdan turib tadqiq etish, biograf-tadqiqotchini asl mohiyatdan uzoqlashtiradi. Buning sababi o‘ta oddiy bo‘lib, badiiy ijodning filologik komponetlar tizimidan iboratligi bilan izohlanadi. Badiiy asarda har qanday poetik fikr, har qanday noyob hissiyot ifodalanishidan qat’i nazar, bu jarayon so‘z vositasida amalga oshadi. Biografik metod tayanadigan asosiy fenomen-ijodkor ham faqat so‘z bilan ishlaydi. Badiiy ijod o‘rganilar ekan, istisnosiz tarzda, ijodkor ruhiyatida, miyasida kechadigan jarayonlar, uning leksikonida mavjud so‘zlar zaxirasi emas, badiiy matn shakliga tushgan so‘zlar tizimi e’tiborga olinadi. Bir so‘z bilan aytganda, badiiy asar matni, uning ifoda usuli, unda mavjud tovushlar so‘z komponetlari, gaplar, fabula, kompozitsion qurilish va hokazolar ijodkor shaxsiyati bilan sentez qilinadi hamda ma’lum natijalarga erishiladi. Ijodiy individualik, mahorat, u bunyod etgan poetik kashfiyotlar, uning muayyan tarixiy davr yoki muhitida tutgan o‘rni masalalari shu yo‘l bilan belgilanadi. Yuqorida umumiy tarzda so‘z yuritilgan jarayonlar biografik metod vakillari asarlarida tarqoq holda bo‘lsa ham, ko‘p o‘rinlarda kuzatiladi. Jumladan, A.Morua XIX asr mashhur fransuz yozuvchisi Jon Kokto uslubi haqida shunday yozadi: «Men uning tasvirlash mahoratini ko‘p bor kuzatganman. U mudom shiddatkor va g’ayratli, so‘zni o‘ta iqtisod qiladi. So‘z topishdan oldin uzoq o‘ylanadi, qay yo‘l bilan bo‘lmasin nishonga aniq uradi». Morua J. Koktoning so‘z qo‘llash mahoratini M.Prust, P.Valerilar bilan qiyoslar ekan, uning quyidagi so‘zlariga urg’u beradi: «Tush uyquda tug’ilgani singari, poetik kashfiyot iborada tug’iladi». Yoki Sent-Byovning J.J Russo haqidagi tadqiqotida yozuvchi tabiatiga xos nozik bir xususiyat aynan uslub, so‘z qo‘llash jarayoni orqali ochib beriladi. «Russo ijodida ayollar tasviri boshlangan joyda uslub o‘ta noziklashadi. Bir yaxshi tanqidchi to‘g’ri ta’kidlaganidek, uning ijodida ayollar katta rol o‘ynagan. Demakki, Russo uslubidagi bu xususiyat uning tabiatidagi ayolga o‘chligi, to‘g’rirog’i ishratparastligi bilan izohlanadi». Xullas, shu va shunga o‘xshash ko‘plab dalillarga tayanib aytish mumkinki, filologik omil bir butun tizim sifatida biografik metodining yetakchi komponenti hisoblanadi. Nazarda tutish joizki, biografik talqin metodologik nuqtai nazaridan bir necha shakllarga ega. Yuqorida so‘z yuritilgan nisbiy sanoqdagi tayanch omillar bu shakllarning barchasida u yoki bu darajada namoyon bo‘ladi. Biografik talqinning samarali va keng tatbiq etilgan shakllari, bizningcha, uchta. Bularning birinchisi ijodkor shaxsiyatini markaziy o‘ringa qo‘yib o‘rganishga asoslanuvchi, akademik yo‘nalishga yaqin, biografik tadqiqotlar hisoblanadi. Tom ma’noda ilmiy-nazariy salmoq va metodologik printsiplar shunday tadqiqotlarda namoyon bo‘ladi va, ayni jihati bilan bu shakl yetakchi o‘rinda turadi. Bunga misol tariqasida Sh.Sent-Byov, A.Morualar nomi ostida nashr etilgan «Adabiiy portretlar» kitoblarini va sho‘ro davrida chop qilingan «Ajoyib kishilar hayoti» (JZL) seriyasidagi asarlarni ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi shakl adabiy portret janri sifatida taqdim etiladi. Ammo bunday asarlarda dallilarga tayanish, xujjatlilik xos bo‘lsa ham, asosan, bayonchilik, publitsistik talqin gegemonligi kuzatiladi. A.Moruaning «Uch Dyuma», «Prometey yoxud Balzak hayoti» yoki Yan. Parandovskiy, S.Tsveyg kabilarning ma’lum asarlarini shu siraga kiritish mumkin. Uchinchi shaklga biografiya chegarasida fikr yuritish ko‘zda tutilsa ham, asosiy urg’u badiiy talqinga qaratiladigan, muayyan ijodkor-shaxs hayoti asos qilib olingan biografik romanlar, biografik qissalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, biografik metodning shaklanishi va taraqqiyot jarayonlari jahon estetik tafakkuri tizimidagi qonuniy hodisa hisoblanadi. Shu sababli bu metod hozirgacha ma’lum ma’noda o‘z vazifasini o‘tab kelyapti. Unda, garchi sistemali bo‘lmasa ham, mavjud fanlar, oqimlar va qarashlarga doir elementlar mujassamlashgan. Shuningdek, biografik metod adabiyotshunoslik, tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, tarix, geografiya kabi fanlar negizida yuzaga kelgan qonuniyatlarni istifoda etishga asoslanadi. Ammo ushbu metod tom ma’noda samarali va universal bo‘lishi uchun sanalgan omillar mohiyatiga chuqurroq kirishi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Jahon adiblari adabiyo haqida.-T .: Ma’naviyat, 2010

  2. Karimov N. Cho‘lpon (ma’rifiy roman).-T. :Sharq, 2003

  3. Qosimov B.Uyg’ongan millat ma’rifati.-T .: Ma’naviyat, 2011

  4. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari T,:Ma’naviyat, 2004

  5. Matyoqub Qo'shjonov. Saylanma. 2 jildlik. 1-jild. Adabiy portretlar. -T .: Adabiyot va san’at, 1982

  6. Ziyo.uz




11+аранг: Сет-Бёв Ш.Литератунные портреты.-М.:Художественная литература, 1970, С.6.

22 Наркирьер Ф. Моруа-литературный критик / В кн .: Андре Моруа.Литературные портреты:-М.: Прогресс, 1971, С.8.

33+аранг: Мейлах Б.С Биография как методологическая проблема /В кн.:Человек науки.-М.:Наука, 1974, с.12.

44 +аранг: Сет-Бёв Ш.Литератунные портреты.-М.:Художественная литература, 1970, С.35.

55Сент-Бёв Ш. Литературные портреты.-М. : Художественная литература, 1970,С. 331.

66 +аранг: Человек науки (Сб. статей, под редакцией М.Г.Ярошевского) .-М.: Наука, 1974, С.9.

77 +аранг: Цвейг С.Казанова, Фридрих Ницше, Зигмунд Фрейд.- М.: Интерпрокс, 1990, С.44-60.

88 Моруа А. Литературные портреты.- М. : Прогресс, 1971, С.224-225.

99 Сент-Бёв Ш.Пьер Корнель/ В кн..: Литературные портреты.-М.: 1970, С.47.

1010 Сент-Бёв Ш.Дидро/В кн.: Литературные портреты.-М.: 1970, С.117.



1111 +аранг: Гулыга А.Шеллинг.- М.:Молодая гвардия, 1984, С.95-132.

1212 Моруа А. Кырсатилган асар-С.426.

1313 Мейлах Б.С. Биография как методологическая проблема /Вкн.: Человек науки-М.:Наука, 1974, С.12.

1414 Сент-Бёв Ш.кырсатилган асар-С.42.

1515 +аранг:Словарь литературоведческих терминов.-М.:Просвещение, 1974, С.32-33.

1616 +аранг:Моруа А. Шатобриан/ В кн.: Литературные портреты.-М.: 1971, С.89-105.

1717 Трескунов М. Сент-Бёв/ В кн.: Литературные портреты.-М.: 1970, С.33.

1818 Кырсатилган манба-С. 40.

1919 Кырсатилган асар-С.135

2020 Моруа А. Литературные портреты.-М.:1971, С.57.

2121 Кырсатилган манба-С.58. Эксгибционизм-та=и=ланган нарсани амалга оширишдан лаззатланишни билдирадиган психоаналитик термин-(У.Ж.).

2323 Моруа А.-кырсатилган асар-С.250.

2424 Сент-Бёв Ш. «Исповед»Руссо- кырсатилган асар-С.326-343.

Download 81.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling