Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati


Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari atomlarning


Download 241.63 Kb.
bet10/12
Sana10.11.2023
Hajmi241.63 Kb.
#1761111
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elekt

Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari atomlarning;
-yadro zaryadi ortadi;
-elektron qobiqlar soni ortadi;
-tashqi elektron pogʻona (qobiq) dagi elektronlar soni oʻzgarmaydi;
-atom radiusi ortadi;
-tashqi elektron pogʻonadagi elektronlarning yadro bilan bogʻlanish energiyasi kamayadi;
-ionlanish energiyasi kamayadi;
-elektronga moyilligi kamayadi;
-elektromanfiyligi kamayadi;
-metallik xossasi ortadi;
-metallmaslik xossasi kamayadi.
Atom va ion radiuslari. Kvant mexanikasi nuqtai nazaridan atom aniq oʻlchamga ega emas, shuning uchun uning haqiqiy (absolyut) oʻlchamini aniqlab boʻlmaydi. Kimyoda eksperimental ma’lumotlar asosida kristallarda va molekulalarda atomlarning yadrolararo masofalari hisoblanadi. Bu masofalar effektiv radiuslar deyiladi. Effektiv radiuslarning oʻlchamiga turli xil omillar (moddaning tuzilishi, bogʻ xarakteri, elementlar oksidlanish darajasi va h.z) ta’sir qiladi.
Shuning uchun birikmalarda atomlarning kovalent, metall va ion radiuslarini farqlay bilish lozim. Kovalent va metall radiuslari mantiqan “atom radius” tushunchasiga mos keladi.
Kovalent radius - molekulalardagi yadrolararo masofaning yarmiga teng boʻlgan kattalik.

Metall radius - metall kristall panjaradagi ikki qoʻshni atomlar yadrolari orasidagi masofaning yarmiga teng:

Ion bogʻlanishli kristallar uchun hisoblangan effektiv radiuslari ularning ion radiuslaridir:

Ba’zi atomlarning ion radiuslari, A0

N-3
1,54




Li+
0,68

Be+2
0,3




O-2
1,45

F-
1,33

Na+
0,98

Mg+2
0,65

Al+3
0,45

S-2
1,9

Cl-
1,81

K+
1,33

Ca+2
0,94

Sc+3
0,68

Se-2
2,02

Br-
1,96

Rb+
1,48

Sr+2
1,1

Y+3
0,9

Te-2
2,22

I-
2,19

Cs+
1,67

Ba+2
1,29

La+3
1,04


Download 241.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling