Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati


Download 241.63 Kb.
bet5/12
Sana10.11.2023
Hajmi241.63 Kb.
#1761111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elekt

Mavzuga oid masala va mashqlar
1. Massasi soni 48 ga teng boʻlgan titan atomidagi neytronlar sonini toping. Yechish: A=Z+N dan N=A–Z=48–22=26 ta n.
2. Quyidagi izotoplarning yadro tarkibini aniqlang.
a) 12C va 13C; 14N va 15N; b) 16O va 17O; 3He va 4He.
J: a) 12C : 6p+6n; 13C: 6p+7n: 14N: 7p+7n; 15N: 7p+8n.
b) 16O: 8p+8n; 17O: 8p+9n; 3He: 2p+1n; 4He: 2p+2n
3. Quyidagi zarrachalarda nechtadan elektron va proton boʻladi?
a) NO ; b) PH3 ? J: a) 24 e-, 23p; b) 18e-; 18p.
4. Quyidagi zarrachalar tarkibidagi protonlar, neytronlar va elektronlar sonini toping :

5. Element ikki izotopdan tashkil topgan. Izotoplar nisbati 2:3 ga teng. Birinchi izotop yadrosida 10 ta proton va 10 ta neytron bor.Agar elementning oʻrtacha nisbiy atom massasi 21,2 ga teng boʻlsa, ikkinchi izotopning atom massasini toping.
Yechish: Aoʻr∙5=A1∙2 +A2∙3 yoki 21,2∙ 5=20∙2+A2∙3; A2=22.
6. Element ikki izotopdan tashkil topgan. Izotoplar nisbati 3:2. Birinchi yadro tarkibida 12 ta neytron va 10 ta proton bor. Ikkinchi yadrodagi neytronlar soni birinchisinikidan 5 ta kam. Elementning oʻrtacha nisbiy atom massasini toping. J: 20
7. Kimyoviy element ikkita izotopdan tashkil topgan boʻlib, ularning nisbati 9:1. Birinchi izotop yadrosida 10 ta neytron va 10 ta proton bor. Ikkinchi izotop yadrosidagi neytronlar soni birinchi izotop yadrosidagi neytronlar sonidan 2 taga koʻp boʻlsa, elementning oʻrtacha atom massasini toping. J: 20,2
8. Agar 47,77% va 52,23% boʻlsa, yevropiyning nisbiy atom massasini toping. J: 152,0446.
9. Kaliy elementi ikkita tabiiy 93% 39K va 7% 40K izotoplarining aralashmasidan iborat. Kaliyning oʻrtacha nisbiy atom massasini aniqlang. J: 39,07
10. Argon uchta tabiiy izotoplar 99% 40Ar, 0,7% 38Ar va 0,3 % 36Ar aralashmasidan iborat. Argonning oʻrtacha nisbiy atom massasini aniqlang. J: 39,974.
11. Kremniy uchta tabiiy izotoplar 92,3% 28Si, 4,7% 29Si, va 3% 30Si aralashmasidan iborat boʻlsa, uning oʻrtacha nisbiy atom massasini aniqlang. J: 28,107.
12. Element 34; 30 va 28 izotoplari aralashmasidan iborat. Izotoplarning massa ulushlari mos ravishda 40%, 30% va 30% ga teng boʻlsa, uning oʻrtacha atom massasini toping. J: 31.
13. Lantanning 2 ta tabiiy izotopi bor. izotopining massa ulushi 8% ga teng boʻlsa, ikkinchi izotopning massasini aniqlang. Lantanning oʻrtacha atom massasi 138,92 ga teng. J: .
Yechish: Ar(E)= tenglamadan 138,92 dan 13892=1104+m2∙92; m2=139
14. Bromning 2 ta tabiiy izotopi boʻlib, 79Br izotopining molyar ulushi 55% ga teng boʻlsa, ikkinchi izotopning massasini aniqlang. Bromning nisbiy atom massasi 79,9 ga teng. J: 81 Br
15. Neon ikkita 20Ne va 22Ne izotoplaridan iborat boʻlib, uning nisbiy atom massasi 20,2 ga teng boʻlsa, har bir izotopning massa ulushini aniqlang.
Yechish: 1-usul: 20Ne izotopining foiz miqdorini , 22Ne izotopining foiz miqdorini esa (100- ) bilan belgilab olamiz. 20 ni ga va (100- ) ni 22 ga koʻpaytirib, koʻpaytmalarni qoʻshamiz va yigʻindisini 100 ga boʻlamiz, natija 20,2 ga teng boʻlishi kerak:
; = 90% 20Ne va 10% 22Ne
2-usul : Masalani diagonal usuli boʻyicha yechamiz. Buning uchun oʻrtacha massani diagonalning oʻrtasiga qoʻyamiz:


16. Tabiiy borning massasi 10,81 ga teng boʻlib, B va B izotoplarining aralashmasidir. Tabiiy bordagi izotoplarning foiz miqdorlarini toping. J: 19 % B ; 81 % B.
17. Uglerodning 12C va 13C izotoplari ma’lum, agar uglerodning nisbiy atom massasi 12,011 boʻlsa, izotoplarning molyar ulushlarini aniqlang. J: 12C -98,9 % va 13C-1,1 %
18. Bromning 79Br va 81Br izotoplari ma’lum, uning nisbiy atom massasi 79,9 boʻlsa, izotoplarning molyar ulushlarini hisoblang. J: 55% -79Br, 45%- 81Br.
19. 39,4 g metall karbonati parchalanganda 4,48 l gaz ajralib chiqqan. Metallning oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlsa, uning yadrosidagi neytronlar sonini toping. J: 81
20. Oksidlanish darajasi birikmalarda +2 ga teng boʻlgan 0,7 g metall kislota bilan reaksiyaga kirishib, 280 ml vodorod ajratib chiqaradi. Metall tarkibidagi neytronlar sonini toping. J: 30.
21. 4,9 g ammoniy galogenid parchalanganda 1,12 l ammiak ajralib chiqqan. Galogen tarkibidagi protonlar sonini toping. J: 35.
22. 1,4 g noma’lum metall kislota bilan reaksiyaga kirishib 560 ml vodorod ajratib chiqargan. Metallning oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlsa, metall atomidagi elektronlar sonini toping. J: 26.
23. Metall oksidi tarkibida 92,6 % metall boʻlsa, oksidning formulasini toping. Metallning oksidlanish darajasi +2 ga teng. Metallning atomi tarkibida nechta elektron boʻladi? J: 80.
24. 2,24 l CO namunasining massasi 2,85 g ga teng. Oksid tarkibida uglerod bitta izotop 12C, kislorod esa 16O va 18O izotop koʻrinishida boʻladi. Namuna tarkibidagi C18O ning molyar ulushini aniqlang. J: 25%
25. 3,4 g CH4 namunasi n.sh.da 4,48 l hajmni egallaydi. Metan tarkibida 12C va 14C izotoplari va vodorodning bitta 1H izotopi bor. Namuna tarkibidagi 14CH4 ning massa ulushini aniqlang. J: 50%
26. 2H35Cl va 1H35Cl aralashmasida deyteriyning massa ulushi 4% ga teng. Aralashmadagi protiyning massa ulushini aniqlang. J: 0,72%
27. 12CH4 va 14CH4 aralashmasida vodorodning massa ulushi 23% ga teng. Aralashmadagi 12C ning massa ulushini aniqlang. J: 21%
28. Ca16O va Ca18O aralashmasida kalsiyning massa ulushi 70% ga teng. Aralashmadagi 16O ning massa ulushini aniqlang. J: 12%
29. Vodorodning 1H, 2H, 3H va kislorodning 16O, 17O, 18O izotoplari ishtirokida nechta H2O2 tarkibli birikmalar hosil boʻladi?
Yechish: Bunday tipdagi Mavzuga oid masala va mashqlarni echish uchun D.Toʻxtayev tomonidan tuzilgan quyidagi jadvaldan foydalanish anchagina qulaylik tugʻdiradi:

Izotoplar
soni
Indekslar
Soni

1

2

3

4

5

6

1

1

2

3

4

5

6

2

1

3

6

10

15

21

3

1

4

10

20

35

56

4

1

5

15

35

70

126

5

1

6

21

56

126

252

6

1

7

28

84

230

482

7

1

8

36

120

350

832

H2O2 da vodorod atomidagi indekslar soni 2 ga teng, masala sharti boʻyicha vodorodning 3 ta izotopi ishtirok etadi. Jadvaldan indekslar soni qatoridan 2 soni bilan izotoplar soni qatoridagi 3 sonlarining kesishmasini topsak 6 soni turibdi. Xuddi shunday kislorod atomi uchun ham ushbu sonlar kesishmasi 6 ga tengligini topamiz va ularni oʻzaro koʻpaytirsak 36 ga ega boʻlamiz. Demak, 3 ta vodorod va 3 ta kislorod izotoplaridan iborat 36 xil H2O2 molekulasi bor ekan.
30. 16O, 17O, 18O izotoplaridan iborat nechta O3 molekulasini hosil qilish mumkin? J: 10 ta.
31. 12C, 13C, 14C va 1H, 2H, 3H izotoplari ishtirokida nechta CH4 molekulalari hosil boʻlishi mumkin? J: 45 ta.
32. Vodorodning 1H, 2H, 3H va kislorodning 16O, 17O, 18O izotoplaridan nechta H2O molekulasini hosil qilish mumkin? J: 18 ta.
33. Vodorodning 1H, 2H, 3H va uglerodning 12C, 13C izotoplaridan nechta C2H6 molekulasini hosil qilish mumkin? J: 84 ta.
34. Atomning massasi 5,845 · 10-26 kg ga teng. Uning yadrosidagi protonlar soni 17 ta ekanligi ma’lum boʻlsa, undagi neytronlar sonini toping. J: 18.
35. Atomning massasi 6,179 · 10-26 kg ga teng. Uning yadrosidagi protonlar soni 17 ta ekanligi ma’lum boʻlsa, undagi neytronlar sonini toping. J: 20.
36. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yigʻindisi ortib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang. 1) N-3; 2) H2O; 3)F-; 4)D2O; 5) OH-; J: 1,5,2,3,4.
37. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yigʻindisi kamayib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang. 1) H3O+; 2) CH4; 3) HF; 4) NH 5) H2O. J: 3,1,5,4,2.
38. NH va SO ionlaridagi proton, neytron va elektronlar yigʻindisini toping. J: NH da 28 ta; SO da 122 ta.
39. 4,48 l kisloroddagi protonlarning massasini aniqlang. J: 3,2.
40. Mis 63- nuklididagi elektronlarning massa ulushini aniqlang.
J: 0,025%
41. 2,24 l CO dagi neytronlar sonini toping. J: 8,4 ∙ 1023.
42. Gazsimon oddiy modda X ning 2,24 litri tarkibida 1,8 mol proton bor. Agar molekula ikki atomli boʻlsa, oddiy moddaning formulasini aniqlang. J: F2.
43. 0,2 mol uch atomli molekula tarkibida 4,8 mol elektron boʻlsa, oddiy moddaning formulasini aniqlang.J: O3.
44. 0,2 mol metallda 2,4 mol elektron boʻladi. Metallni aniqlang. J:Mg.

Download 241.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling