Atom tuzilishi. Bor nazariyasi. Atomdagi elektron holatlar. Kvant sonlar s-, p-, d-,f-elektronlar
Download 448.5 Kb.
|
Atom tuzilishi. Bor nazariyasi. Atomdagi elektron holatlar. Kvant sonlar. s-, p-, d-,f-elektronlar.
Yuqori kuchlanishli (1000V) elektr tokini havosi surib olingan shisha nayda kavsharlangan elektroddan (katoddan) o’tkazilganda ko’zga ko’rinmaydigan nurlar vujudga kelishi aniqlandi. Bunday nurlar katod nurlari deyiladi, chunki ular manfiy zaryadlangan elektrod katodda vujudga keladi. Bu nurlar kuzga ko’rinmas bo’lib, ularning yo’liga qattiq moddalar qoyilsa nurlanish vujudga keladi. Masalan: oddiy shisha plastinkasi yashil nurlanadi, siyrak-er elementlarning oksidlari, siyrak-er element tabiatiga qarab turli rangdagi nurlanishni vujudga keltiradi. (Bu hodisa hozir rangli televizorlarda foydalaniladi). Ayrim kimyoviy birikmalar katod nurlari ta‘sirida parchalanadi. Masalan: katod nurlari ta‘sirida fotoplastinka yoki fotoqog’ozdagi Ag uning parchalanishi natijasida uning qorayishi kuzatiladi. Demak, ko’zga ko’rinmas katod nulari qattiq tusiqqa urilganda uning nurlanishini yuzaga keltiradi. Kuzatiladigan nurlanishlar manfiy zaryadlangan zarrachalar oqimidan iborat bo’lib, ularga «elektronlar» deb ataldi. Katod nurlari magnit va elektr maydonlari bo’lmaganda to’g’ri chiziqli yo’naladi. Manfiy zaryadlangan zarrachalar magnit va elektr maydonlarida og’ishi kabi katod nurlari ham og’adilar. Shunday qilib katod nurlari elektronlar oqimidan iborat ekanligi isbotlandi. 1897 yilda ingliz fizigi Dj.Tomson elektron elektr zaryadini uning massasiga nisbatini (e/m)ni o’lchashga muvaffaq bo’ldi va bu nisbat 1,76 . 108 kl/g. teng ekanligini aniqlandi. Faqat 1909 y. Chikago universitetidan R.Milliken juda ko’p tajriba natijalariga asoslanib elektron zaryadini o’lchashga muvaffaq bo’ldi va bu qiymat 1,60 . 10-19 Kl. teng ekanigini topdi. Bu qiymatni Tomson aniqlagan nisbat qiymatiga bo’lib, elektron massasini hisoblash mumkin:
Download 448.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling