Atom va yadro fizikasiga oid umumiy muloxazalar. Yadro kuchlari va modellari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Atom va yadro fizikasi MM
27-MA’RUZA Yakuniy dars. Olamning yagona fizik manzarasi Olam (koinot). Olamning paydo bulishi xakidagi xozirgi zamon tasavvurlari Olamning kengayish nazariyasi. Olamning paydo bulishi va kelajagi Reja: 1. Fizikaning tadkikot metodlari. 2. Fizika konunlari va ularning dunyo sivilizpatsiyasidagi urni. 3. Nuktadan taralgan olam. 4. Olamning kelajagi. Kuyoshning yoshi 5 milliard yildan kuprok, koinotdagi eng keksa yuduzlarning yoshi 10 milliard yildan kattarok. Yulduzlar turli masa va ulchamlarga ega bulib, xar-xil juftlar, guruxlar kompleks va assotsiatsiyalar yulduzlarning tuplamlari va galaktikalarni tashkil kiladi. Galaktikalar yana yigilishib olamda yana katta tuplamlar xosil kiladi. Kosmik tizimlarning tarixi 12-15 milliard yillarni tashkil kilib, olamning umumiy yoshi 15-18 milliard yilni tashkil kiladi. Xozirgi planetalar, yulduzlar va galaktikalarni xosil bulishidan avval olam kizigan vodorod-geliyli plazmadan iborat bulgan. Olamni juda katta masshtablarda urtacha bir jinsli deb karash mumkin. Bu bizni urab turgan dunyoning asosiy xossalaridan biri xisoblanadi. Kosmologik kengayish. Olamning asosiy xossalaridan biri uning kengayishidir. Kuzatishlarning kursatishicha galaktikalar bir-birlaridan katta tezlik bilan uzoklashayotgan ekanlar. Agar tuplamlar orasidagi masofa L bulsa ularning bir-birlaridan uzoklashish tezliklari v = HL buladi. Bu munosabat Xabll konuni deyiladi. H — Xabll doimiysi bulib uning son kiymati H = 55-75 km (sMps) Xozirgi zamon kosmologiyasining asoschisi A. A. Fridman umumiy nisbiylik nazariyasiga tayangan xolda olamning bir jinsli modelini ishlab chikdi. Bu modelga asosan olam tinch xolatda bula olmas va nostatsionar bular ekan. Shuning uchun xam galaktikalar bir biridan uzoklashar ekanlar. Bunda olamning umumiy bir jinsliligi saklanib kolaveradi. Kosmologik uzoklashishning tezligi juda katta buladi. Masalan galaktikalar tuplami bizdan 1000 megaparsek uzoklikda joylashgan bulsa ularning uzoklashish tezligi 55 ming km/s ni tashkil kiladi. Eng uzok kvazarlar yoruglik tezligiga yakin tezlik bilan bizdan uzoklashadilar. Butun olam tortishish kuchlari kosmik sistemalarni sekinlashishga va kengayishni orkaga kaytarishga va uni kisilish bilan almashtirishga xarakat kiladi. Tortishish kengayishdan ustun kelishi uchun zichlik ma’lum kritik kiymatdan katta bulishi kerak. Koinotning kengayishi kelgusida cheksiz davom etadimi? Buning uchun tortishish yetarlicha katta bulishi kerak. Kelgusida kengayish sikilish bilan almashinadigan zichlikning kritik kiymati 10-29 g/sm3 ga teng. Kuzatishlardan aniklangan moddalarning urtacha zichligi uncha 442 ishonchli emas. U, extimol kritik zichlikdan un marta kichikdir. Shuning uchun Koinot xar doim kengaya boradi. Lekin bu savolga uzil-kesil javobni kelgusi kuzatishlar beradi. Masalan, keyingi vaktlarda shu narsa ma’lum buldiki, extimol, koinotda kurinmaydigan moddalar juda kup bulsa kerak. Bular, masalan, ogir neytronlar yoki biror boshka zarralar bulishi mumkin. Bu xolda koinotdagi materiyaning asosiy kismi kurinmas va moddalarning tulik zichligi kritik zichlikka yakin buladi. Eynshteyn nazariyasiga kura, moddalarning taksimlanishi va xarakati fazoning geometrik xossalariga ta’sir kiladi. Agar koinot moddasining zichligi kritik zichlikdan katta bulsa koinot bushligining xajmi chekli, aks xolda cheksiz buladi. Kuzatishlarning kursatishicha, galaktikalar bir-biridan uzoklashadi, demak ular ilgari zichrok joylashgan, undan xam ilgarirok esa aloxida galaktikalar va umuman aloxida osmon jismlari bulmagan. Modda deyarli bir tekis taksimlangan bulib, uning zichligi katta bulgan. Koinot taxminan 15-20 mlrd. yil ilgari kengaya boshlagan. Bunda xech kanday kengayish markazi bulmagan. Koinotdagi barcha nuktalar bir xil mavkeda bulgan. Koinot kengaya boshlaguniga kadar nima bulganligi uzil kesil aniklangani yuk, chunki materiyaning zichligi katta bulganda tabiatning bizga ma’lum bulmagan konunlari kuchga kiradi. Kuzatishlardan kengayish boshida moddalarning xarorati juda yukori bulgan. Buning isboti sifatida 2,7 K xaroratga mos kelgan issiklik nurlanishining mavjudligidir. Bu nurlanish koinot zich kaynok plazmadan iborat bulgan davrning koldigi xisoblanadi. Shuning uchun xam bu nurlanish relikt nurlanish deb ataladi. Koinot kengayishi bilan modda va nurlanish sovigan. Kengayish boshida plazmaning eng kaynok (unlarcha milliard gradusdan yukori xaroratli) nuktasida elementar zarralar orasida jadal reaksiyalar yuz bergan. Usha vaktlarda xaroratlar shunchalik yukori bulganki, xech kanday murakkab atom yadrolari mavjud bula olmagan: ularni jadal zarralar bir onda parchalab yuborgan bulardi. Kengayish boshlanishidan 3 minut utgandan sung koinotdagi xarorat taxminan milliard gradusgacha pasaygan xamda protonlar va neytronlarning geliy atomi yadrolariga kushilishi yadro reaksiyalari yuz bergan. Natijada kengayishdan 5 minut utgandan sung koinot plazma 70% vodorod atomi yadrolaridan iborat bulgan. Bu vaktda yadro reaksiyalari sungan va plazmaning ximiyaviy tarkibi bizning davrimizgacha uzgarishsiz kolgan. Million yil utgandan sung uning xarorati taxminan 4000 K gacha pasaygan. Usha davrda plazmaning neytral gazga aylanishi yuz bergan — atom yadrolari elektronlarni tutib olgan. Bu jarayon rekombinatsiya deb ataladi. Bu davrgacha relikt nurlanish uchun plazma noshaffof bulgan. Rekombinatsiyadan sung plazma shaffoflashgan. Bu fakt koinotning keyingi evolyusiyasi uchun katta axamiyatga ega. Rekombinatsiyaga kadar noshaffof plazmadagi relikt nurlanish bosimi tortishish kuchlarining moddalarni aloxida kuyuklanmalarga tuplanishga xamda osmon jismlari va ularning sistemalarini xosil kilishga xalakit bergan. Rekombinatsiyadan sung neytral gaz nurlanish uchun shaffoflashadi, uning bosimi tortishish kuchlariga tusiklik kilmaydi va bu kuchlar dastlab kichik bulgan kuyuklanmalarni usishga majbur kiladi. Buning natijasida bizning davrimizga yakin davrda bu kuyuklanmalardan galaktika tuplamlari, galaktikalar, yulduzlar va boshka osmon jismlari paydo buladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling