Davr-ishqoriy metalldan boshlanib inert gaz bilan tugaydigan gorizontal qator.
Gruppa- bitta qatorga joylashgan xossalari o’xshash elementlarning vertikal qatoridir.
Atom radiusi davriy sistemada o’ngdan chapga yuqoridan pastga tomon oshadi.
Ionlanish energiyasi-atomning elektronlarini tortib olish uchun kerak bo’ladigan minimal energiya. Davriy siatemada ionlanish energiyasi chapdan o’nga pastdan yuqoriga tomon oshadi.
Elementlarning elektrmanfiyligi-elektronni o’ziga tortish xususiyati. Davriy sistemada elektrmanfiylik chapdan o’nga pastdan yuqoriga tomon oshadi.
Oksidlovchilik- chapdan o’nga pastdan yuqoriga tomon oshadi.
Qaytaruvchilik- o’ngdan chapga yuqoridan pastga tomon oshadi.
Metallmaslik xossasi - chapdan o’nga pastdan yuqoriga tomon oshadi.
Metallik xossasi- o’ngdan chapga yuqoridan pastga tomon oshadi.
Elementlarning eng yuqori valentligi gruppa nomeriga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |