Atom yadrosi tarkibi


Download 123.6 Kb.
bet1/6
Sana02.06.2024
Hajmi123.6 Kb.
#1840028
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-ma\'ruza


3-MА’RUZA. ATOM TUZILISHI.ATOM MOLEKULYAR TA’LIMOT.ATOM MASSASINI ANIQLASH
Reja

  1. Atom tuzilishi. N.Bor postulotlari

  2. Atom yadrosi tarkibi. Izotoplar.

  3. Radioktivlik. Tabiiy va suniy radiaktivlik.

  4. Kvant sonlar



Tayanch so’zlar: atom, molekula, ion, proton, neytron, elektron, izotop, izobar, izoton, radioktivlik, orbital, magnit.
O‟quv mashg`ulotining maqsadi: Atom tuzilishining planetar modelini, uning tarkibini, Bor postulotlarini, kvant sonlarni talabalarga tushuntirish,

Ilgarigi vaqtlarda atom bo’linmas zarracha, materiyaning bo’linishidagi eng oxirgi chegara degan metafizikaviy fikrlar hukm surib kelgan edi. Ana shu fikrlarga ko’ra, barcha kimyoviy o’zgarishlarda molekulalar atomlargacha parchalanadi, ulardan yangi molekulalar hosil bo’ladi, atomlar esa o’zgarmay qoladi. Kimyoda bunday qarashlar XIX asrning 80- yillarigacha davom etib keldi. Rus olimi A. M. Butlerov «atomlar» deb ataladigan zarrachalar o’z tabiati jihatidan bo’linmaydigan zarrachalar bo’lmay, balki hozirda bizga ma‘lum bo’lgan vositalar bilangina ajratib bo’lmaydigan zarrachalardir va keyin borib kashf etiladigan jarayonlarda ularni bo’lish mumkin bo’lar, degan fikrni bayon etdi. XIX asrning oxirida katodiy nurlar, anodiy nurlar, rentgen nurlari, nurlanishning kvant nazariyasi, radioaktivlik hodisasi kabi bir necha kashfiyotlar qilinib, bu kashfiyotlar atomning murakkab tuzilganligini ko’rsatadi.





3.1-rasm. Atom modellari: a) Tomson; b) Rezerford; d) Nils Bor.


Atom tuzilishiga oid hodisalar. Katod nurlari. Ichidagi havosi so’rib olingan nayning bir uchiga katod, ikkinchi uchiga esa anod kavsharlanib, ular orqali katta kuchlanishli tok o’tkazilsa, (havo bosimi 0,01 mm simob ustuni bosimidan kam bo’lganda) katoddan anodga tomon ko’zga ko’rinmas nurlar o’ta boshlaydi. Bu nurlar katodiy nurlar deb, bunday nay esa katodiy nay deyiladi. Katodiy nurlar yo’liga oson
harakatlanuvchi jismlar qo’yilsa, ular harakatga keladi, bu nurlar magnitaviy va elektrik maydonlarda yo’nalishidan og’adi.
Katodiy nurlar manfiy zaryadli va katta tezlik bilan harakatlanuvchi juda mayda zarrachalar — elektronlar oqimi ekanligi aniqlandi. Elektronning massasi 0,0055 kislorod birligiga tengligi ma‘lum bo’ldi, bu esa vodorod atomi massasining 1/1840 qismiga teng.
Elektronning zaryadi eng kichik elektr zaryadi bo’lib, elektr- ning bundan kichik zaryadi mavjud emas, elektronlar katoddan elektr zaryadi ta‘sirida otilib chiqadi.
Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yo`nalishdan musbat qutbga og`di. Bu esa ularning manfiy zaryadlanganini ko`rsatadi. Katod nurlar katta tezlikda harakatlanayotgan manfiy zarrachalar oqimidir. Bu zarrachalar keyinchalik elektronlar deb ataldi.
Elektronlar barcha moddalardan ajralib chiqa oladi, binobarin, elektronlar barcha atomlar tarkibiga kiradi. Bundan, atomlar juda mayda zarrachalardan tuzilgan murakkab zarrachadir, degan xulosa kelib chiqadi.
Anodiy nurlar. Katodiy naydagi siyraklangan gazning atomlari yoki molekulalaridan katodiy nurlar holida elektronlar ajralib chiqib, atom yoki molekulalarning o’zi musbat zaryadli ionlarga aylanadi; natijada ko’zga ko’rinmas boshqa tur nurlar hosil bo’ladi. Bu nurlar bitta yoki bir necha elektronini yo’qotgan zarrachalar oqimi bo’lib, ular musbat zaryadlidir. Ular katod nurlarga qarama-qarshi harakat qiladi, ya‘ni anod-dan katodga tomon boradi va anodiy nurlar deb ataladi.

Download 123.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling