Atom yadrosi va elementlar zarrasi
– 2015 yillarda fizika sohasidagieng yangi kashfiyotlar bilan tarnishing
Download 1,3 Mb.
|
Tursunova Husnida
2001 – 2015 yillarda fizika sohasidagieng yangi kashfiyotlar bilan tarnishing.
XXI asr fizikasining o’ziga xos xususiyati shundaki, texnik jihatdan yuqori darajada ko’rsatkichlarga ega bo’lgan tadqiqot jihozlari: elektron «tunnel»mikroskoplar, koinotda joylashtirilgan kuchli teleskoplar va Er yuzida joylashgan radioastronomik majmualar yaratilishi mikroolam va astrofizika sohasida avvalda tasavvur etish qiyin bo’lgan ilmiy yangilik-lar va kashfiyotlarga olib keldi. 2001 y. – kanadalik olimlar Quyoshdan chiqqan neytrino Er planetasiga etib kelguncha ostsillyatsiya xodisasi ta`sirida tau- va myuon-neytrino ga aylanishini taklif etishdi. 2002 y. – Frantsuz olimlari geliy atomlarini superkondensat ( Boze-Eynshteyn kondensati) holatiga o’tkazishdi.2003 y. - Quyoshdan 68,05 astronomik birlik uzoqda joylashgan erida planetasi surati olindi. Uning diametri 2700-3300 km bo’lib, Quyosh atro-fida to’liq aylanish davri 561 yilni tashkil etadi. Uni o’rganish Quyosh sistemasi va Pluton planetasi haqidai tasavvurlarni aniqlashtirdi. 2004 y. – rus fiziklari Andrey Geym va Konstantin Novoselovlar tomonidan uglerodning yangi allotropik holati – grafen olindi va fizik xossalari o’rganildi ( ushbu kashfiyot uchun ular 2010 yilda Nobel muko foti bilan taqdirlandilar). Grafen avval uchratilmagan elektrofizik xossalarga ega bo’lgan eng mustahkam materiallardan biri , o’ta yupqa –nozik tranzistorlar olishda va superkomp’yuterlarda qo’llaniladi.2005 y. - Evropa kosmik agentligining astronomik zondi «Mars eks-press» Mars planetasi sirtida katta miqdorda muzlagan suv borligini ko’rsatdi va «Marsda Hayot bormi? » degan munozarani kuchaytirdi. 2006-2010 yy. – kvant teleportatsiya hodisasi kuzatildi va undan amaliy maqsadlarda (kvant komp’yuterlari yaratishda va katta hajmdagi axborotni saqlash va uzatishlarda) qo’llash imkoniyatlarini o’rganish boshlandi. 2001-2008 yy. – o’ta og’ir zarrachalar (protonlar va qo’rg’oshin ionlarini) uzunligi 26, 7 km tonnelda qarama-qarshi yo’nalishlarda yorug’lik tezligi darajasida to’qnashishini ta`minlash va to’qnashish natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarni o’rganishga mo’ljallangan eng yirik eksperimental qurilma yaratildi. Uni yaratishda 100 dan oshiq mamlakatdan kelgan 10 mingdan oshiq olimlar va injenerlar qatnashdilar. 2012 y. – Katta adron kollayderida shotlandiyalik fizik Piter Xiggs 1960-yillarda borligini bashorat qilgan zarracha - bozon hosil bo’lishi kuzatildi ( ushbu ilmiy natija uchun 2013 yilda P. Xiggs va F. engler, Nobel mukofotiga sazovor bo’ldilar). 2012 y. – AKSH ning Brukxeyven milliy laboratoriyasida fizik olimlar xarorati 4 trillion °S ( quyosh markazidagi haroratda 250 ming marta yuqori ) bo’lgan kvark-glyuon plazmasini hosil qildilar. Download 1,3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling