Atom yadrosini tuzulishi


ATOM TUZILISHINING YADRO NAZARIYASI


Download 56.45 Kb.
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi56.45 Kb.
#1058799
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ATOM YADROSINI TUZULISHI 22

2. ATOM TUZILISHINING YADRO NAZARIYASI.
Atom tarkibining musbat zaryadli qismini ingliz olimi E. Rezerford x – zarrachalarning tarqalishini o’rganish natijasida kashf etdi. Rezerford x – zarrachalar oqimi yupqa metall plastinkaga yo’naltirilsa, ularning ko’p qismi metall plastinka orqali o’tib, o’zining to’g’ri chiziqli harakatini o’zgartirmasligini aniqladi; x – zarrachalarning faqat bir qismigina harakatini dastlabki yo’nalishidan turli burchaklarga og’adi (2 – rasmga qarang). Ba‘zi juda kamdan kam hollarda yo’nalishini bunday keskin o’zgartirishini shu bilan izohlash mumkinki ular atom ichida uning musbat zaryadli va x – zarrachaga qaraganda katta massali tarkibiy qismi bilan to’qnashadi. x – zarrachalar juda ko’p atomlar o’tishiga qaramay, ulardan faqat ozginasi o’zining to’g’ri chiziqli harakatidan og’adi. Bundan atom tarkibining musbat zaryadli qismi atom hajmiga nisbatan juda kichik bir hajmini ishg’ol qiladi degan xulosa chikadi.
Rezerford 1911 yilda atom tuzilishining yadro nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, uning atrofida eletronlar aylanib yuradi. Butun atom elektroneytraldir, chunki elektronlar zaryadining yigindisi yadroning musbat zaryadlari soniga teng. Elektronlar massasi juda kichik, demak hakikatda atomning barcha massasi uning yadrosida to’plangan. Musbat yadro bilan elektronlar orasida tortilish kuchi elektronlarning markazdan qochish kuchi bilan muvozanatda bo’ladi:

bu yerda m-elektron massasi;
v-elektron tezligi;
e-zaryadi;
r – yadro bilan elektron orasidagi masofa.
ATOM YADROSINI SUN‘IY YO’L BILAN
PARCHALASH.
1919 yilda Rezerford atom yadrosi sun‘iy yo’l bilan parchalashda radioaktiv nurlanishda chikadigan x-zarrachalarning juda katta kinetik energiyasidan birinchi bo’lib foydalandi. U x-zarrachalar bilan azot atomlarini bombardimon qildi, natijada atom yadrosi o’zgardi. Bir xil atomlar yadrolarining boshqa xil atom yadrolariga aylanish jarayoni yadro reaktsiyalari deyiladi. Ular tenglamalar bilan ifodalanadi. Masalan , azot atomlarini x-zarrachalar bilan bombardimon qilishda sodir bo’ladigan jarayon quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
 
7Na14+2He4=О17+1H1
Zarrachalar zaryadi yig’indisi va massalar yig’indisi yadro reaktsiyasida o’zgarmaydi. Shuning uchun zarrachalar belgilarining tepasi va pastiga yozilgan indekslar tenglamaning o’ng va chap tomonida bir xil bo’lishi kerak.
Yadro reaktsiyasining yuqorida keltirilgan tenglamasidan ko’rinib turibdiki, azot atomi yadrosi 7N х – zarracha (geliy atomi yadrosi 2Ne4) bilan to’qnashganda uni yutadi. Hosil bo’lgan beqaror atom yadrosi musbat zaryadlangan zarracha ya‘ni proton 1Н(yoki Р) chiqaradi, bunda kislorod izotopi 8О17 hosil bo’ladi. boshqacha aytganda, azot va geliy atomlari yadrolaridan kislorod hamda vodorod atom yadrolari hosil bo’ladi.
Keyinga vaqtda turli element atom yadrolaridan protonlar urib chiqarilishi va natijada bir kimyoviy elementni sun‘iy yo’l bilan boshqasiga aylantirish mumkinligi aniqlandi. Masalan, natriy atomi 11Na23 х – zarrachalar bilan bombardimon qilinganda magniyning izotopi 12Mg26 va proton hosil bo’ladi:
11Na23 + 2He4 = 12Mg26 +1H1
193O Ve x – zarrachalar bilan bombardimon qilinganda, u singish hususiyati kuchli bo’lgan o’ziga xos nurlar chiqarishi aniqlandi. 1932 yilda ingliz olimi Chedvik bu nurlar elektroneytral zarrachalar oqimidan iborat ekanligini aniqladi. Ular keyinchalik neytronlar deb ataldi.
Atom yadrolarining masalan, beriliy atomi yadrosining neytronlar (n1) chiqarish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
4Be9 + 2He4 = 6C12 +O n1

Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling