Atomda elektronning energetik holati va ularning orbitallarda taqsimlanishi


Download 31.7 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi31.7 Kb.
#206485
1   2
Bog'liq
Atomda elektronning energetik holati va ularning orbitallarda ta

nl404 ga teng. Demak birinchi 3d-orbital emas, balki, 4s- orbital elektronlar bilan to'lib boradi.

Klechkovskiyning 1 - qoidasi. Ikki xolatdan qaysi biri uchun (nl)ning yig'indisi kichiq bo'lsa, shu xolatda to’rgan elektronning energiyasi minimal qiymatga ega bo'ladi.

Klechkovskiyning 2 - qoidasi. Agar berilgan ikki holat uchun (nl) yig'indisi teng qiymatga ega bo'lsa, bosh kvant soni kichiq bo'lgan xolat minimal energiya qiymatiga ega bo'ladi.

Elektronlarning energetik pog'onasi va orbitalari buylab joylashishi elementning elektron konfigurasiyasi deb ataladi. Atomda elektronlarning pog'onachalarga taqsimlashda quyidagi uch qoida nazarda tutiladi.

1.Har qaysi elektron minimal energiyaga muvofiq keladigan holatni olishga intiladi.

2.Bunda minimal energiyali orbital 1s bo'lgani uchun dastlab 1s so'ngra 2s va hokazo holatda pog'onachalar elektronlar bilan to'lib boradi.

Elektronlarning joylashishi Pauli prinsipiga zid kelmasligi lozim.

Pauli prinsipi quyidagicha ta'riflanadi: "Bir atomda to'rttala kvant sonining qiymati bir xil bo'lgan ikkita elektron bo'lishi mumkin emas". Agar bir atomda n, m, l kvant sonlarining qiymati bir xil ikkita elektron bo'lsa, ular to'rtinchi spin kvant son ms spinlari qarama qarshi yo'nalishga ega bo'lishi bilan farq qiladi.

3.Ayni pog'onachada to’rgan elektronlar mumkin qadar ko'proq orbitallarni band qilishga intiladi (Gund qoidasi).

Elementlar atomlaridagi energetik pog'onalar soni davriy sistemadagi davrlar raqamiga, elektronlar soni esa tartib raqamiga teng bo'ladi. Masalan:

Natriy atomining elektron tuzilishi (elektron konfigurasiyasi) quyidagicha: 11Na 1s 2 2s 2 2p 6 3s 1

Atomlar elektron qavatlarining tuzilishi ko'pincha, energetik yacheykalar (katakchalar) shaklida ifodalanadi.
Nazorat savollari


  1. Kvant sonlarini tavsiflang.

  2. Elektronlar energetic pog’onachalar bo’yich qanday taqsimlanadi?

  3. Klechkovskiy qoidasi nima deydi?

  4. Pauli prinsipi, Gund qoidasini tushuntiring.

Tayanch so'z va iboralar.

Kvant sonlar, bosh kvant soni, orbital kvant soni, magnit kvant son, spin kvant son, Pauli prinsipi, Klechkovskiy qoidasi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.

2. YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.

3. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.



Aim.uz



Download 31.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling