Atrof-muhit gva inson salomatligi
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kasalligi va uning oldini olish
Download 35.49 Kb.
|
Atrof-muhit gva inson salomatligi
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kasalligi va uning oldini olish
OITS – hozirgi tibbiyot ilmida davosi topilmagan va oxiri o’lim bilan tugaydigan kasallik. OITSning rasmiy jihatdan e’tirof etilish vaqti 1981 yildir. Balki bu dard azaldan mavjud bo’lib kelgan bo’lishi mumkin, lekin aynan shu yili kaliforniyalik (AQSh) shifokorlar o’zlari tekshirgan gomoseksualislarda ushbu dardning belgilarini topganlar. Uning aniq belgilariga pnevmaniyaning bir turi, oyoq va terining shishi kiradi. Agar ushbu ahvol uzoq vaqt davom etaversa, bemor tez kunda ozadi va ohiri xazo qiladi. Olimlar kasallikni qo’zg’atuvchi va tarqatuvchi virus organizmni bakteriyalardan saqlaydigan immun tizimi to’qimalarining zararlashi ekanligini aniqladilar. Vaqtning o’tishi bilan OITS bilan faqat gomoseksualislargina emas, narkomanlar ham kasallanganligi ma’lum bo’ldi. OITS bilan kasallangan ayoldan kasal bolalar dunyoga keladi. OITSni qo’zg’atuvchi virus 1983 yilda aniqlangan. O’sha yili bir-birlarining tajribasidan xabardor bo’lmagan frantsuz olimi Lyuk Montane bilan amerikalik tadqiqotchi Robert Gallo OITS bilan kasallanadigan odamlarda immunitet etishmasligining virusi «VICh», ya’ni, OITS deb nomlangan virusni aniqladilar. Virus immun tizimi kletkalarda limfotsitda ko’payib, ularni zararlaydi. Virus uch xil yo’l bilan tarqaladi: Qon orqali, teri, lab va ko’zning yupqa qatlamidagi va yara, infektsiya, jarrohlik operatsiyalar mobaynida gigienik talablariga jiddiy e’tibor bermaslik yoki qon quyishdagi mas’uliyatsizlik orqali; jinsiy aloqa orqali; OITSning onadan bolaga o’tishi. OITSning kundalik aloqada qo’l berib so’rashganda, idish-tovoq almashtirganda, ovqatdan, suvdan, havodan yuqmasligi aytilgan bo’lsa extiyot choralarini yoddan chiqarmaslik kerak. «Tozalik – sog’liq garovi» degan o’gitning aytilishi bejiz emas, albatta. Virus 56 S issiqlik, 30 daqiqa ichida o’zining «mavjudligi»ni yo’qotadi, qaynayotgan hamda suvda esa sanoqli daqiqalarda o’ladi. Har bir kishi o’rni, tish yuvg’ichi, sovun, sochig’i, tirnoq hamda soch oladigan asboblarini yakka tartibda ushlashi lozim. «XX asr vabosi» sanalgan OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) yuqumli va uning quzg’atuvchisi inson qoniga tushgan virus (mikrob)lar ekanligini yuqorida aytib o’tgan edik. Xo’sh, ushbu kasallikka chalingan odamlarda qanday belgilar namoyon bo’ladi? Viruslar qonda ham, tanada ham bilinmay asta sekin tarqalib, ko’payaveradi. Odamning labi bilan burnining, qulog’i bilan qo’ltig’ining atrofi shilinib, bo’rtib chiqqan yara kattalasha boshlaydi, qon to’gmachalari irib, davosi yo’q «shish» o’choqlari paydo bo’ladi. Kasalning qoshi, sochi tushib, tanasi irib ketishi mumkin. Download 35.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling