Atrof-muhit gva inson salomatligi


Zararli odatlar va ularning inson organizmiga ta’siri


Download 35.49 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi35.49 Kb.
#1489991
1   2   3   4
Bog'liq
Atrof-muhit gva inson salomatligi

2.2. Zararli odatlar va ularning inson organizmiga ta’siri

Inson organizmi doimo oziq-ovqatni talab qiladi va ushbu ovqat hisobidan o’zida energiya jamlaydi. Lekin, turmushda shunday narsalar borki, o’smirlik davrida organizm talab qilmasa ham, uning har narsaga qiziquvchanligidan spirtli ichimliklar ichish, tamaki va nos chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilish singari zararli odatlarga o’rganadi. Avvalo bu odatlarni uni o’zlashtirgan shaxs boshqarsa, vaqt o’tishi bilan zararli odatlar shartli ravishda uni boshqaradi. Ya’ni inson o’zi-o’zini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo’ladi.


O’zlashtirgan kishi faoliyatini taniqli X.Kolumb tomonidan Ovro’paga olib kelingan va inson salomatligiga katta zarar etkazadigan tamaki mahsulotlarini chekishga bo’lgan qiziqish, yoshlar o’rtasida keng tarqalmoqda.
Tamaki tarkibidagi zaharli modda nikotin hisoblanib, u inson o’pkasi uchun nihoyatda zararlidir. Bundan tashqari tamaki tutunida oz miqdorda bo’lsa ham sinil kislotasi, uglerod gazi, uglekislota hamda oltingugurt gazi, ammiak, azot, efir moylari bo’ladi. Bu moddalar ham kishi organizmiga yomon ta’sir etadi.
Ma’lumotlarga qaraganda o’pka raki bilan og’rigan bemorlarning 99 foizini chekuvchilar tashkil etadi. Chekuvchilarning yo’talishi ularning o’pkasida tamaki tutuni bilan kirgan-zaharli moddalarning borligini ko’rsatuvchi holatdir.
Tamaki chekish:

  • ichki a’zolar faoliyatiga yomon ta’sir ko’rsatadi;

  • mehnat qobiliyatini pasaytiradi;

  • aqliy faoliyatni susaytiradi.

Nikotin moddasiga ayniqsa, markaziy asab tizimi sezuvchang bo’ladi. Shu bois chekuvchi kishining tez-tez boshi aylanadi
Yu.A.Afanasev va Yu.A.Kulikovlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida har kuni chekilgan sigaretaning soniga qarab, turli yoshdagi kashandalar hayotining qisqarish muddatlari ko’rsatiladi. Masalan, 25 yoshdagi kishi kuniga 1-9 taga sigareta cheksa 4,6, 10-19 ta cheksa 5,5; 20-39 cheksa 6,2 hamda 40-dan ortiq cheksa umr 8,3 ga qisqarar ekan.
AQSh tibbiyot komissiyasi buni har tomonlama o’rganib chiqqandan so’ng, shunday xulosaga kelgan: kuniga 1 pachkadan chekadiganlarning umrlari 8 yil, 2 pachkadan chekadiganlar 15 yilga qisqarar ekan.
So’nggi vaqtlarda chekishning boshqa turi giyohvand moddalarni iste’mol qilish yoki tamakiga qo’shib chekish, suyuqlikni hidlab kayf qilish holatlari orasida keng tarqalmoqda.
Zararli odatlardan yana biri – spirtli ichkiliklarni iste’mol qilish bo’lib, yoshlar o’zlarida bu boradagi bilimlarining etarli emasligi tufayli ularni iste’mol qilishga ruju qo’yadi. Shu bois 5-9 sinf o’quvchilarining shubu odatni inson organizmiga salbiy ta’sir etishi borasidagi tushunchalar bilan qurollanishi muhim ahamiyatga ega. Manbalarda ko’rsatilishicha, 14-16 yoshli ug’il yoki qiz bolaga bir qadaq vino katta yoshli odamning bir shisha aroq ichganidek yomon ta’sir etadi.
L.N.Tolstoy «vino insonlarning salomatligini, fikrlash qobiliyatini, oilasining tinchiligini buzadi va ayniqsa eng yomoni ongini va naslini zaharlaydi» desa, Gippokrat «Idiotizm, epilepsiya singari kasalliklar – xomila paydo bo’lgan kuni vino ichishining oqibati» degan fikrni bildiradi.
Gretsiya filosofi Diogen aqli zaif bolani ko’rib turib, «Onasi homilador bo’lganda otasi mast edi» degan ekanlar.
Frantsuz olimlari ichkilikka berilgan kishilardan tug’ilgan 819 -nafar bolani tekshirishganda, ularning 16-nafari o’lik, 37-nafari chala to’g’ilgani, shuningdek, 55-nafari sil bilan kasallanganligi, 145-nafari ruhiy kasallikka uchragani, 121-nafari tutqanoqdan vafot etganini aniqlaganlar. Faqat 407-nafar bola sog’lom bo’lgan. Respublika olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, barcha ruhiy kasal bolalarning 37 foizdan 66 foizining ota-onasi ichkilikboz bo’lgan. Ko’zatishlar shuni ko’rsatadiki, aqliy jihatdan qoloq bolalarning 50 foizi xodisada otasi ichkilikboz, 70 foizining onasi ichkilikboz bo’lsa, 70 foizida ham otasi ham onasi ichkilikboz bo’lgan. Epidemiyaga mubtalo bo’lgan 60 foiz bolalarda ularning ota-onasi ichkilikni juda ko’p iste’mol qilgan.
Xitoy imperatori Vu Venga esa xukmronlik qilgan davr (miloddan avvalgi XIII asr)da kishini sarhush qiluvchi ichimliklarni ichgan kishilar o’lim jazosiga hukm qilingan.
Qadimgi Yunonstonda qohinlar va butxona qo’riqchilarining spirtli ichimliklar sotiladigan joylarga borishlari ta’qiqlangan, aks holda ular gulxanga tashlanganlar.
Qadimgi Hindistonda ichkilikbozlikda ayblangan dindorni qizib turgan temirli qaynoq suyuqlikni ichishga majbur etishgan.
XIX – XX asrlarga kelib butun dunyoda ichkilikbozlik, spirtli iste’mol qilishga qarshi tadbirlar ishlab chiqilib, ular amalga oshirila boshlagan.
Spirtli ichimlikni iste’mol qilish – salomatlik ofati. Buning eng yomon jihati – uzluksiz ichish natijasida organizm unga o’rganadi, kishi ichmasdan tura olmaydigan bo’lib qoladi. Muntazam ravishda ichishga o’rganish oqibatida esa, organizm qattiq zaharlanadi va kishi ichkilikbozlik kasalligiga duchor bo’ladi
Zararli odatlardan yana biri – giyohvandlik XX asr vabosi sifatida tez va keng miqyosda tarqaldmoqda. O’smir va o’spirinlarga bu hususida tushunchalar berish ularning ushbu odatlar bilan shug’ullanishning oldini oladi. Giyohvandlikning jismoniy va ma’naviy zararlari to’g’risida dunyo ommaviy axborot vositalari orqali ko’p ma’lumotlar tarqalmoqda. O’zbekistonda ham bu borada bir qator xalqaro anjumanlar o’tkazilmoqda, giyohvandlikka qarshi profilaktik ishlarni yo’lga qo’yish maqsadida mahalliy bir qancha tashkilotlar ta’sis etildi, xalqaro tashkilotlar faoliyat olib borilayotgan bo’lsa ham, afsuski, bu ofat doirasi hanuzgacha keng yoyilmoqda.
Giyohvandlikning e’tiqodi yuksak insonlar tomonidan iste’mol qilinishi, ayrimlarning moddiy daromad orttirish maqsadida giyohvand moddalari bilan savdo qilishi hamda ko’plab yoshlarning uning qurboni bulayotganligi achinarli holdir.
Narkomaniya xatarli ruhiy kasallik hisoblanadi U odamni halokatga etaklaydi. Markaziy asab tizimi kimyo aralashmalar (marixuna, geroin, ko’knori va hokazolar) yordamida qo’zqatish o’yg’otib, sarxushlikni hosil qiladi. Biroq buning oqibatida asab tizimining faoliyati buziladi.
Taksikomaniya – o’zini-o’zi psixikaga ta’sir qiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlash orqali xushdan ketish xoxishini keltiruvchi kasallik. Taksikomaniya yuzaga keltiruvchi moddalar dastlab atir, odekalon, loson kabilar bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda xlorofoss, benzol singari o’tkir, juda xavfli moddalar xizmat qilmoqda.
Kishi birinchi marotaba giyohvandlik moddalarni iste’mol qilganda kayfiyati ko’tariladi, beo’rin kuladi, o’zini sergak tutadi, o’zini kuchlidek his qilib, qo’lidan hamma ish keladigandek tuyuladi. Bunday holat «eyforiya» deb nomlanadi. Shunday kayfiyatda yurish uchun ba’zilar giyohvand moddalardan qayta-qayta foydalanishga harakat qiladilar.
Narkomanlar ovqat emaydilar, ichmaydilar, uyqusi buziladi, tez-tez cho’chib uyg’onadi. Tez kunda ozib ketadi, yuzlariga katta-katta ajimlar tushadi, terisi sarg’ich rang tortadi. Tishlari chiriydi, sarg’ayadi, tishning tubi bo’shaydi, og’zidan yoqimsiz hid keladi. Butun tanasi qaltiraydi va «birov meni o’ldirishga kelayotir» deb qo’liga tushgan narsa bilan o’zini qo’riqlash maqsadida yaqinlashgan odamga qarshi hamla qiladi.
Narkomanning organizmi vaqti – vaqti bilan narkotik moddani qabul qilib turmasa, biroz soatdan so’ng yonib, qattiq qiynalish kasalligi «abstinentsiya»ga chalinadi. Bunday dardga chalinganlarning jahli tez chiqadi, o’jar, o’zini - o’zi ushlab tura olmaydigan, chidamsiz bo’lib qoladilar. Ba’zida biror narsa to’g’risida uzoq vaqt qayg’urib yuradi. Shunday vaziyatda giyohvand moddasini qabul qilmasa, bosh og’rig’i boshlanib, qusadi, muskullari bo’shashib, suyaklari qaqshaydi, ayirish sistemasining funktsiyasi buziladi. Ko’ziga har xil narsalar ko’rinib, qo’rqinchli so’zlarni eshitganday bo’lib, o’zidan o’zi baqira boshlaydi.
Bunday holatlardan qutilish uchun giyohvandlik moddasini yana qabul qilish kerak bo’ladi. Buning iloji bo’lmasa, o’zini o’ldirish yoki og’ir jinoyatga qo’l urishi mumkin. Narkomaniya kasalligining ohirgi bosqichida, a’zolar darddan qutilish kuchidan ajraladi. Kundan-kunga holsizlanib, sog’lik yo’qoladi. Mehnat qilish qobiliyatidan butunlay mahrum bo’ladi, inson tirik murdaga aylanadi.

Download 35.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling