Atrof-muhit muammolari yuzaga


Download 184.3 Kb.
bet4/6
Sana22.06.2023
Hajmi184.3 Kb.
#1648690
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti umumiy nuqtai-nazar. Mustaqil ish

Ifloslantiruvchi taksonomiya. Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi.

Atmosferada havo doimo aralashib turganligi tufayli uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida, asosan, bir xildir. Atmosfera o‘zining hajmi bo‘yicha Yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uning massasi Yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos.
Atmosferaning yuqori chegarasi deb, shartli ravishda Yerning tortish kuchi bilan sayyoraning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathda atmosfera bilan yerning o‘zaro bog‘lanishi yo‘qoladi.
-kitoblarga ko‘ra, bu sath ellipsoid yuzaga ega bo‘lib, ekvatorda 42, qutblarda 48 ming km uzoqlikda joylashgan. Shunga qaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 %dan ortig‘i) uning quyi qatlamiga – troposfera va stratosferaga to‘g‘ri keladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi, zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o‘zgarib boradi.
Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 0,8 dan ortiq qismini o‘z ichiga oladi va asosan, suv bug‘laridan tashkil topadi. Bu qatlamda balandlikning har bir km ga ortishi bilan harorat o‘rtacha 6 0C ga pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‘lib, ekvatorda 16-18 km ni tashkil qiladi. Zichligi esa yerdan baland ko‘tarilgan sari kamayib boradi.
Troposferaning yuqori – stratosferaga o‘tish qismida harorat aksincha sovib, -50 dan -80 0C gacha yetadi. Stratosferada yerdan 25 km balandlikkacha harorat o‘zgarmay qoladi. Stratosferada suv bug‘lari oz. Shuning uchun bulut hosil bo‘lish jarayoni kuzatilmaydi va yog‘ingarchilik sodir bo‘lmaydi.
Stratosfera bo‘ylab Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida ozon (O3) hosil bo‘ladi. Uning ko‘p konsentratsiyasi Yerdan 22-25 km balandlikda kuzatiladi. Ozon yuqori qalinliklarda ko‘p, o‘rta va quyi kengliklarda kam uchraydi. Uning miqdori faslga qarab ham o‘zgarib turadi: bahorda ko‘payadi, kuzda esa kamayadi.
Undan yuqori ko‘tarilgan sari Yerdan 55 km gacha harorat ortib, 3 – 0 oC ga ko‘tariladi. Stratosferaning yuqori qatlamida ionosferaga o‘tguncha mezosfera qatlami joylashgan bo‘lib, uning Yerdan balandligi 85-95 km gacha boradi. Bu qavatda harorat asta-sekin pasayib, 5-9 oC/km va 85-95 km balandlikda o‘zining minimumiga – 100-130 OC ga yetadi. Bu qavatdan yuqorida ionosfera yoki termosfera qavati joylashgan bo‘lib, uning qalinligi Yerdan 200-300 km gacha yetib boradi. Bu yerda harorat yana ortib, 1000 oC atrofida bo‘ladi.
Ionosfera qavatidan keyin eng yuqori qavat egzosfera qavati keladi. Uning eng yuqori chegarasi 2000 km gacha yetib boradi. Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi neytral vodoroddan, proton va elektronlardan tashkil topgan.
Begona qo‘shimchalari bo‘lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: azot – 78,1 %, kislorod – 20,9 %, argon
– 0,8 %, karbonat angidridi – 0,03 %, qolgan gazlar inert gazlar bo‘lib, ularning miqdori nisbatan kam. Atmosferada neon, geliy, kripton, ksenon, ozon, rodon, vodorod nihoyatda kam miqdorda uchraydi.
Atmosferadagi vodorod 5,0·10ª, ozon esa 1,0·10ª miqdordadir. Bulardan tashqari atmosferaning tarkibida suv bug‘lari va har xil chang aralashmalari bor. Atmosferada neon, geliy, kripton, ksenon, ozon, rodon, vodorod nihoyatda kam miqdorda uchraydi. Atmosferadagi vodorod 5,0·10ª, ozon esa 1,0·10ª miqdordadir. Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug‘lari, chang zarralari bo‘ladi. Atmosferadagi har bir gaz o‘ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.
Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo‘lib, so‘nggi yillarda inson faoliyati ta’sirlarining kuchayishi natijasida gaz balansining o‘zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o‘zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi ma’lum. Oxirgi yillarda atmosferaga 10 mlrd. tonnalab CO2 chiqarilishi natijasida sayyoramizning o‘rtacha harorati 0,2 oC ga oshganligi aniqlangan. “Parnik effekti” natijasida yer yuzi o‘rtacha haroratining o‘zgarishi og‘ir ijtimoiy-ekologik oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi.
Atmosferaga chiqarib yuborilayotgan is gazlari evaziga CO2 ning asta-sekin yig‘ilib, havodagi namlik bilan ta’sirlanishi karbon kislotalari bug‘ini hosil qiladi. Bu holat xuddi issiqxona oynasi to‘siqlari kabi Quyosh radiatsiyasini o‘zidan yaxshi o‘tkazib, infraqizil nurlarni orqaga qaytarmaydi.
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo‘shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang-to‘zonlar, o‘rmon va dashtlardagi yong‘inlar, o‘simlik changlari,
mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va hokazo kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi tez oshib bormoqda. Atmosferaning mahalliy, mintaqaviy va umumsayyora- viy ifloslanishi kuzatiladi.
Agregat holatiga ko‘ra, atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4 guruhga bo‘lish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar. Havoning ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga: aerozollar, qattiq zarrachalar, qurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari (CO,CO2), oltingugurt oksidlari, xlorftor uglevodorodlar, metall oksidlari va hokazo kiradi. Atmosferaga 10 minglab turli modda va birikmalar chiqarilgan bo‘lib, ularning o‘zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to‘la o‘rganilmagan. Bunday noma’lum birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan, inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri aniq baholangan emas.
Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog‘lig‘iga, barcha jonzotlarga, albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlar va sanoatlashgan hududlarda kishilar o‘rtasida surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklari ko‘payishi kuzatiladi. Ko‘z kasalliklarining va bolalar o‘rtasida umumiy kasalliklarning ortishi qayd qilingan. Atmosferadagi turli zararli gazlar o‘simlik va hayvonlarga ham zarar yetkazadi. Oltingugurt gazi, ftorli vodorod, ozon, xlor, qo‘rg‘oshin va boshqalar o‘simliklarga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning nobud bo‘lishi, hosilining kamayishi, fotosintezning o‘zgarishi kuzatiladi. Havoning kuchli ifloslanishi ba’zi uy hayvonlarining nobud bo‘lishiga olib keladi.
Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdor (REChM) deb yuritiladi. Bunda zararli birikmalarning insonning mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur yetkazmasligi nazarda tutilgan.
Havo ifloslanishining muntazam REChMdan yuqori bo‘lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi
yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va ta’siri REChM ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanadi. Masalan, (mg/m3) is gazi – 0,01, oltingugurt gazi – 0,05, xlor – 0,03, fenol – 0,01, formaldegid – 0,03, qurum – 0,05 va hokazo. REChM ko‘rsatkichlari turli davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REChMlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, 38 ta moddalarning birlashib ta’sir qilishi o‘rganilgan bo‘lib, ular uchun me’yorlar belgilangan.
Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomg‘irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot oksidlari ko‘p bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi.
So‘nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg‘ir hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni yemiradi, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kislotali yomg‘irlarni uzoq masofalarga ko‘chishi natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy, xalqaro miqyosda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kislotali yomg‘irlar O‘zbekiston hududida ham qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta’sirida reaksiyaga kirishib, xavfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning yemirilishi, o‘simlik va hayvonlarning yemirilishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Faqatgina AQShda havoning ifloslanishi inson sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonni hisobga olmaganda, yiliga 30 mlrd. AQSh dollaridan ortiq moddiy zarar yetkazadi. Atmosfera havosi o‘z-o‘zini tozalash xususiyatga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifadir.
Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o‘rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarishi, ayniqsa, chiqindisiz texnologiyaga o‘tishi ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo‘li hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportlarning hissasi ortib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 8 mln. dan ortiq avtomobil har kuni havoga 100 minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar mavjud.
Havoni muhofaza qilish (chang-gazni tozalash uskunalarini amalga joriy qilish, avtomobillarni gazli yonilg‘iga o‘tkazish, foydalanilayotgan dizel avtomobillari ulushini ko‘paytirish, harakat tarkibini yangilash, Farg‘ona NQIZ tomonidan etilsiz benzin turlari chiqarilishini o‘zlashtirishning tugallanishi, alohida temiryo‘l uchastkalarini elektr energiyasiga o‘tkazish, OBMni qo‘llashni tugatish milliy dasturini, bug‘xona gazlari tashlamalarini qisqartirish milliy dasturini amalga oshirish) tadbirlarini bajarish natijasida, umuman, respublika bo‘yicha havo havzasini muhofaza qilish sohasidagi ekologik holat barqarorlashishi tamoyili kuzatilmoqda.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini texnik qayta jihozlash, shuningdek, ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarishni barqarorlashtirish va kamaytirishga yo‘naltirilgan qator qarorlari qabul qilindi. Masalan:

  • bug‘xona gazlarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida “Kioto protokoli Toza taraqqiyot mexanizmi doirasida investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2006-yil 6-dekabrdagi PF- 525-sonli);

  • 2007 yil 1-martdan avtomobil transporti uchun 2 yevrodan past bo‘lmagan, 2010-yil 1-yanvardan esa 3 yevrodan past bo‘lmagan ekologik standartlarni joriy etishga yo‘naltirilgan “Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransporti saroyini yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2006-yil 14-dekabrdagi PF-531-sonli);

  • temiryo‘l transportida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirishni belgilab beruvchi “Germaniya taraqqiyot banki va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyoti fondi ishtirokida “Toshkent (To‘qimachi) – Angren temiryo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2007-yil 19-fevraldagi PF-582-sonli);

  • atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, havo havzasining ifloslanishini pasaytirishni nazarda tutadigan 2007-2011-yillar davriga qurilish materiallari, kimyo, avtomobil sanoatlari, “Olmaliq AKMK”, “O‘zmetkombinat” OICHB va boshqalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish.





  1. Download 184.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling