Atrof-muhit muammolari yuzaga


Download 184.3 Kb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi184.3 Kb.
#1648690
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti umumiy nuqtai-nazar. Mustaqil ish

Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat. Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan tozalash usullari.

O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Shaharlarning, asosan, tog‘oldi va tog‘ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo‘lishiga olib keladi. O‘zbekistonda atmosfera havosi, ayniqsa, aholi, sanoat va transport yuqori darajada to‘plangan Toshkent va Farg‘ona iqtisodiy hududlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo‘lgan Olmaliq, Toshkent, Farg‘ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo‘yicha ko‘rsatkichlari RECHMdan yuqori bo‘lgan bu shaharlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi va so‘nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990-yil atmosferaga harakatlanadigan va turg‘un manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1995-yilda 2 mln. tonnagacha kamaygan.
Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli birikmalarning 50 %dan ortig‘i uglerod oksidi, 15 % uglevodorodlar, 15 % oltingugurt angidridi, 9 % azot oksidlari, 7 % qattiq birikmalar va 4 % o‘ta zaharli birikmalarga to‘g‘ri keladi.
Vatanimiz hududi Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa qo‘shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10-12 % kamayganligini ko‘rsatadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish – monitoring yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslangani hollarida to‘lov va jarimalar belgilangan. O‘zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilingan.

Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlanishdan biologik hayotni himoya qiluvchi ekran vazifasini o‘tovchi ozon qatlamining buzilishi atmosfera tarkibining antropogen o‘zgarishlari bilan bog‘liq.


10 km dan 40 km gacha balandlikda stratosfera ozoni koinotdan qattiq ultrabinafsha nurlanishning kirib kelishi uchun ishonchli to‘siqni tashkil qiladi. Biologik ta’sir xususiyatlari hisobga olinib, ultrabinafsha nurlanish (UB) uchta spektral diapazonga ajratiladi: nurlanish to‘lqini uzunligi 100-280 nm bo‘lgan UB-S, UB-V (280- 315 nm) va UB-A (315-400 nm).
Bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan (mikrob hujayralari va viruslarni o‘ldiradi) eng xavflisi UB-S nurlanish hisoblanadi. U atmosferaning yuqori qatlamlarida stratosfera kislorodi va ozon qatlami bilan to‘liq yutiladi va Yergacha yetib kelmaydi.
UB-V nurlanish ham atmosferaning ozon qatlami tomonidan yutiladi va Yergacha atigi 6 % yetib keladi, lekin aynan u atrof- muhitga va aholi sog‘lig‘ining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy xatarli oqibatlarga olib keladi.
Nihoyat, UB-A nurlanish atmosferada kam to‘xtatiladi, lekin uning biologik ta’siri UB-V nurlanishga qaraganda qariyb 1000 baravar zaifdir.
Ozon qatlamining buzilishi stratosferaning ozonni buzuvchi moddalar bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishi natijasida amalga oshadi, bu moddalar orasida eng keng tarqalgani galoidli uglevodorodlardir (XFU, GXFU, galonlar, tetraxlormetan, metil bromid va h.k.).
O‘zgidromet 1994-yildan boshlab Toshkent shahridagi meteostansiyada ozonning umumiy tarkibini (OUT) doimiy o‘lchab bormoqda. O‘lchovlar sutkaning yorug‘ vaqtida Gushin konstruksiyasidagi M-124 ozonometri yordamida 7 marta olib boriladi. Ishlov berilgan natijalar har oyda Atmosferani masofadan zondlashtirish ilmiy tadqiqot markaziga (Bosh geofizik observatoriyasiga (BGO)) jo‘natiladi.
Sanoat, energetika va transport bo‘yicha 1989-yilga nisbatan atmosferaga umumiy tashlanmalar hajmi 2 mln. t gacha yoki 2,1 baravar qisqardi. Umuman, respublika bo‘yicha atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalarining qisqarishi tamoyili muayyan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarishning qisqarishi, sanoat korxonalarini islohotlash va qayta ta’mirlash, “2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar dasturi”ga muvofiq tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
O‘zbekiston bo‘yicha umumiy yalpi tashlanmalar tuzilmasida so‘nggi yigirma yilda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Shunday qilib, uglerod oksidi va uglevodorodlar tashlanmalari tarkibi 2 foizga (50 foizdan 52 foizgacha) ko‘paydi. Bunda oltingugurt dioksidi (2
foizga – 14 foizdan 12 foizgacha) va qattiq zarralar (3 foizga – 8 foizdan 5 foizgacha) tashlanmalari tarkibi kamaydi. Mazkur davrda tuzilmada azot oksidi tarkibi o‘zgarmadi va 9 foizni tashkil qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sanoatning past darajada rivojlanganligi xosdir. Ularda tabiiy manbalar: Orol dengizining qurigan qismi cho‘l va yarimcho‘l zonalari hisobiga atmosferaning yuqori changli ifloslanishi kuzatiladi.
Hozirgi kunda havoni zararli gaz va zarrachalardan tozalashda turli usullar qo‘llanilmoqda. Bular, asosan, ikki guruhga bo‘linadi:


  1. Download 184.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling