Atrof-muhitni ekologik muammolari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Cho’llanish va sho’rlanish ekologik muammolari


Download 19.98 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi19.98 Kb.
#1006187
1   2
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishi

Cho’llanish va sho’rlanish ekologik muammolari
Cho'llanish keng tarqalgan degradatsiya muammosi. Bu unumdor yerlarning namlik va o'simliklardan mahrum bo'lgan cho'llarga aylanishidan iborat. Natijada, bunday hududlar inson hayoti uchun yaroqsiz holga keladi va bunday sharoitda faqat ba'zi flora va fauna turlari hayotga moslasha oladi.
Cho'llanish sabablari
Tuproq cho'llanishining paydo bo'lishining ko'plab sabablari bor. Ba'zilari tabiatan tabiiy, chunki ular tabiiy hodisalardan kelib chiqadi, ammo sabablarning aksariyati antropogen harakatlar tufayli yuzaga keladi.Tuproqning cho'llanishiga olib keladigan eng muhim sabablarni ko'rib chiqing:
Suv resurslarining yetishmasligi... Qurg'oqchilik havo haroratining ko'tarilishi paytida yog'ingarchilikning g'ayritabiiy etishmasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Suv resurslarining etishmasligi suv havzalarining uzoqligi bilan bog'liq, shuning uchun yerga namlik yetarli emas.
Tuproqni ifloslanishini kuzatish
Tuproq inson va uning zarur barcha omillarining onasi hisoblanadi, shuning uchun uni toza saqlashimiz lozim. Tuproq toza bo'lar ekan unda o'suvchi o'simlikdar toza mahsulot byeradi, chunki o'simliklar byeradigan maxsulotni biz to'g'ridan to'g'ri yoki hayvonlar orqali iste'mol qilamiz. O'simlik o'zi bilan tuproqdan ko'pgina mahsulotlarni olib chiqadi, shu tariqa bizning organizmimizga og'ir metallar va kimyoviy zaharlar kelib tushishi mumkin.
Tuproqdagi ko'pgina modda suv orqali o'simliklarga. hayvonlarga va bizning organizmimizga o'tishi mumkin. Shuningdek, ayrim zaharli moddalar tuproqdan parlanib atmosferaga chiqadi va yana qaytib tuproqqa tushadi. Tuproqqa inson tomonidan juda ko'p turdagi kimyoviy zaharli moddalar o'simliklardan yuqori hosil olish uchun, kasalliklarga, hasharotlarga qarshi kurash, ularni o'stirish maqsadlarida byeriladi. Aslida tuproqni sanoat chiqindilari, oqovalar, atmosferadan tushgan turli xii kimyoviy moddalar ham etarli miqdorda ifloslantiradi. Biz shu tariqa ifloslanishni davom ettirsak oxir oqibat bu narsa insonni qiyin ahvolga solib qo'yadi. Tuproqni eng ko'p ifloslantiruvchi bir qator kimyoviy moddalar guruhiga pestitsidlar kirib ular bir necha guruhga bo'linadi:
Insektitsidlar - bular zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladi.
Gerbitsidlar - bular dalada o'sgan begona o't1arni yo'q qilishda foydalaniladi.
Fungitsidlar - bular kasallik chiqaruvchi zamburug'larni yo'q qilishga yordam byeradi.
Fumigant va repellentlar - bular qishloq xo'jalik o'simliklarining hosildorligini oshirishda foydalaniladi.
Albatta yuqorida sanab o'tilgan pestitsidlardan foydalanish qishloq xo'jalik o'simliklarining hosildorligini 50-60% gacha oshiradi, kimyoviy moddalarga qilingan harajatjuda kam bo'lib, umumiy harajatning 45% ini tashkil qiladi. Bugungi rivojlanish jarayonida ularsiz qishloq xo'jalik o'simliklaridan yuqori hosil olib bo'imaydi.
Pestitsidlaming hamma turli biologik aktiv moddalar bo'lib ular atrof muhit himoyasiga albatta zararli ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda tuproqda pestitsidlaming miqdorini nazorat qiJib borish usullari mavjud, rivojlangan har bir mamlakatda tuproq tarkibini unda kimyoviy moddaning ruxsat etilgan me'yorda bo'lishini tekshirib boriladi. Tabiatni himoya qiJish qo'mitasi 2006 yil ma'iumotlariga ko'ra qishloq xo'jaligida kimyoviy moddalardan foydalanish hajmi ancha kamaytirilishiga qaramay (oxirgi 10-12 yil davomida pestitsidlar va minyeral o'g'itlardan foydalanish 3-4 barobarga kamaydi), zaharli moddalar qoldiq miqdori bilan tuproqni ifloslanishi keskinligicha qolmoqda.
«Uzgidromet» tomonidan har yili respublika asosiy qishloq xo'jaligi hududlarida xlororganik pestitsidlar (DDT) va uning metaboliti DOE, izomyerlar (GXSG), fosfoorganik pestitsidlar (fozalon, fosfomid, tiodan), gyerbitsidlar (treflan, dalalon) va defoliantlar (magniy xlorat) qoldiqlari miqdori bilan tuproqni ifloslanishini kuzatish (monitoringi) ishlari olib borilmoqda. «Uzgidromet» ma'iumotiari bo'yicha 1999 yildan 2004 yillar davomida DDT yig'indisi qoldiq miqdori (QM) bilan ifloslanish o'rtacha darajasi pasayishi kuzatilmoqda. Olingan lOa'lumotiarda STCHK> 1 oshiqligi soni 39,2% dan 21,1 % gacha kamaydi, ifloslanish o'rtacha darajasi esa STCHK (yo'l qo'yilishi mumkin bo'igan chegaraviy kontsentratsiya) dan kam bo'ldi va 0,85 STCHK ni tashkil etadi. Tuproqni QM yig'ndisi DDT ifloslanish darajasi (lokal uchastkalarda) eng yuqori ko'rsatkichi Farg'ona viloyatida kuzatilishi davom etib kelmoqda va 2,6 - 6,1 STCHK ni tashkil etadi.
Qashqadaryo viloyatida DDT yig'indisi QM o'rtacha darajasi 2,3 STCHK. Andijon viloyatida -2 STCHK, Surxondaryo viloyati -1,8 STCHK, Toshkent viloyati -1,6 STCHK, Buxoro viloyati 11 STCHK, qolgan viloyatlarda DDT yig'indisi va QM darajasi STChK dan yuqori emas. Treflan, tiodan, fosfomid, fozalan va QM tuproq ifloslanishi barcha viloyatlarda STCHKdan yuqori bo'lmagan. Toshkent, Chirchiq, Qo'qon, Samarqand, Bekobod, Namangan va Andijon shaharlari atrofida sanoatdan kelib chiqadigan toksikantiarning tu pro qdagi miqdori tekshirilganda belgilangan me'yordan ortmadi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi 1999 yildan boshlab ifloslantirish manbalari monitoringi (lMM) Dasturi bo'yicha tuproqni ifloslantirish manbalarini kuzatib boradi.
Sobiq qishloq xo'jalik aviatsiyasi ayerodromlari, zaharii moddalar ko'milgan joylar, minyeraI o'g'itlar va zaharli kimyoviy vositalar omborIari, neft mahsulotlari bazalari, sanoat korxonalari hamda ob'yektlarga yaqin bo'igan hududlar, xalq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar IMM ob'yektlari hisoblanadi.
Respublika hududida 13 ta zaharli kimyoviy moddalar qabristonlari mavjud, u yerIarda foydalanish taqiqlangan zaharIi kimyoviy vositalar va minyeral o'g'itlar hamda muddati tugagan zaharli kimyoviy vositalar - DDT, GXSG, butifos, xlorofos, magniy xlorad, propinat natriy, gyerbitsidlar hamda zaharIi kimyoviy vositalar idishlari ko'milgan. ular hajmi tahminan 9 ming tonnani tashkil etadi. ZaharIi kimyoviy moddalar qabristonlarida ulami ko'mish deyarli barcha joylarda zaharli kimyoviy vositalami saqlash sharoitlari beigilangan talablarga javob byermaydi. Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatiardagi zaharli kimyoviy moddalar qabristonlari holati alohida tashvishlantiradi, bu yerIarda qo'riqlash. to'siqlar va ogohlantiruvchi belgilar yo'q hamda zaharli kimyoviy moddalar ko'milganjoylarga begona insonlar kirish hollari mavjud.
Ayrim hollarda zaharii kimyoviy moddalar qabristonlarida va ularga yaqin yerIarda aholi tomonidan uy hayvonlarini boqish, zaharIi kimyoviy vositalarni qazib olish hollari mavjud. Barqaror organik ifloslantiruvchilar (BOI) guruhiga kiruvchi pestitsidlar ko'milgan yerIar katta tashvish uyg' otmoqda. Kimyoviy moddalar bu guruhi parchalanishi qiyin va bioakkamulyatsiya xususiyati bilan namoyon bo'Iadigan zaharlash xususiyatiga ega moddalardir. Ayrim tur kimyoviy moddalar to'Iiq parchalanib ketishi uchun 50 yil ham yetmaydi. Shuning uchun bu narsalarga juda ehtiyot bo'lib barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ish olib borish zarur. (MiIliy ma'ruza. 2006 yil.)
Turli muhitda to'plangan pestitsidlar qushlarga, baliqlar va boshqa hayvonlarga har xii salbiy tasir ko'rsatadi.
Qushchalar o'ladi Qarqunoq-julan 2,4-0 Qushlar o'limi kuzatiladi Oddiy qo'ng'ir DDT, DOE Qushchalar 0' ladi Quyon-tolay XOS O'lik tug'ilgan quyonchalar soni ko'payadi, embrion buziladi. Balog' atdagi quyonlar 0' ladi Uy quyoni 2,4-0 Ko'payish jarayonining buzilishi kuzatiladi
Xlororganik va fosforoorganik pestitsidlar tasirida tirik organizm tanasidagi hamma fiziologik, bioximik jarayonlar buzilgan. Tanadagi hujayralar, ulardagi moddalar emiriladi, ulardan to'qimalarga va butun tanaga zahm etadi, tana zaharlanadi. Kasallik kelib chiqadi va organizm nobud bo'ladi.
Xulosa:
Atrof muhit va iqlim inson hayotida juda katta rol o’ynaydi. Kichkinagina o’zgarish ham ba’zi hollarda katta muammolarga olib kelishi mumkin. Masalan, magnit bo’roni boshlangandan ko’p odamlarning qon bosimi oshib ketadi. Lekin u deyarli sezilmaydi va ko’rinmaydi. Bunday muammolarga doimo birgalashib qarshi chiqish mumkin. Nafaqat insonlar, balki davlatlarga ham tegishli deb o’ylayman.
Doimo o’zimizni asrab avaylab yuraylik!
Download 19.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling