Aтrof-muhiтni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish


Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari


Download 130.5 Kb.
bet4/17
Sana17.02.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1205877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Aтrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish

Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari — moddiy nuqtai nazardan butun dunyo hamjamiyati a’zolarining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishdagi xohish va irodalari aks etgan xalqaro huquqiy hujjatlar.
Rasman esa atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbai deb xalqaro ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar yig‘indisiga aytiladi.
Xalqaro huquqiy hujjatlarga shartnoma, kelishuv, konvensiya, re­zolyutsiya, xartiya, deklaratsiya, qaror (protokol)lar kiradi. Ayrim hollarda xalqaro-huquqiy hujjatlarga davlatlarning ichki qonunlarini ham kiritadilar, qachonki milliy qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga nisbatan atrof-muhit muhofazasini ko‘proq ta’minlab bera oladigan bo‘lsa. Nima bo‘lganda ham milliy qonunchilik, bizning fikrimizcha, to‘lig‘icha xalqaro-huquqiy manba bo‘la olmaydi. Faqatgina ma’lum bir xalqaro huquq sub’yekti bo‘lmish davlatlar hududida ekologik talablarga ko‘proq javob beradigan normalar qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri deb topilgandir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda markaziy o‘rinni rezolyutsiyalar egallaydi. Chunki BMТ Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida davlatlarning xalqaro hamkorlikdagi ekologiyaga oid asosiy normalari va harakat qoidalari aks etgan. «Rezolyutsiya» lotin tilida «hal qilish», ya’ni ma’lum bir yig‘in (s’yezd, komitet, konferensiya, simpozium...)larning xulosalovchi yoki hal qiluvchi qarorlari.
Xalqaro-ekologik munosabatlarda ko‘pincha «xartiya» so‘zi ishlatiladi. Xartiya grekchada «qog‘oz», ya’ni qog‘ozga bitilgan ommaviy va siyosiy hujjat ma’nosida ishlatiladi. 1982-yil 28-oktabrda BMТ Bosh As­sambleyasi 37-sessiyasida qabul qilingan «Umumjahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi»da xalqaro ekologik huquqning 24 prinsipi qabul qilingan va unga binoan BMТga a’zo mamlakatlar o‘zining milliy ekologik qonunlarini ularga moslashtirishlari talab etiladi.
Xalqaro huquqda amaldagi milliy qonunchilikni xalqaro huquq talablariga moslashtirish «implementatsiya» deyiladi. BMТning mustaqil sub’yekti bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatga dadil qadamlar bilan kirib borar ekan, huquq sohasida uning oldida 3 katta vazifa turadi: 1) mamlakatda demokratik boshqaruvni barpo etish va barqaror rivojlanishni ta’minlab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish; 2) milliy qonunchilikni xalqaro prinsiplarga moslashtirish; 3) qonun me’yorlarini hayotga tatbiq qilish mexanizmini yaratish.
1990-yil 21-noyabr «Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi»da (1993-yil 27-noyabrdan O‘zbekiston ham qo‘shilgan) va 2000-yil Yer xartiya­sida ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash har bir ishtirokchi mamlakatning burchi ekanligi alohida ta’kidlangan.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling