Aтrof-muhiтni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish


Download 130.5 Kb.
bet5/17
Sana17.02.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1205877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Aтrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish

Shartnomasiyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshqa siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy masalalar qatori atrof-muhit muhofazasiga oid xalqaro me’yorlarni o‘zida aks ettiruvchi hujjat. Shartnomalar XX asrning ikkinchi yarmida keng tarqalgan xalqaro huquq manbai bo‘lib, ular umumiy, regional va ikki tomonlama tuzilishi mumkin. Dunyoda 300 dan ziyod ekologik munosabatlarni o‘zida qamrab olgan xalqaro shartnomalar mavjud. Ularning ichida eng salohiyatlilari umumiy turdagi «Yevropa xavfsizligini ta’minlashning yakuniy shartnomasi» (1975-yil), «Atmosfera, kosmik fazo va suvda yadro qurollarini sinashni to‘xtatish to‘g‘risida» (1963-yil), «Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida» (1968-yil) kabi xalqaro shartnomalardir.
Ikki tomonlama O‘zbekiston—Qozog‘iston, O‘zbekiston—Тojikiston, O‘zbekiston—Qirg‘iziston, O‘zbekiston — Тurkmaniston respublikalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish (jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish)ga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kabi xalqaro huquqiy me’yorlar belgilanib olingan.
Shartnoma muayyan yo‘nalishdagi xalqaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lsa, u «konvensiya» deb ataladi. Konvensiyalotin tilida «shartnoma», «shart», «kelishuv» degan ma’noni anglatadi. Konvensiya ikki va undan ortiq xalqaro tabiiy ob’yektlarni muhofazalash yoki ulardan birgalikda foydalanishni nazarda tutsa kompleks-ekologik, ma’lum bir turdagi xalqaro tabiiy ob’yektdan foydalanishni nazarda tutsa resurs-ekologik konvensiya deb ataladi.
Kompleks-ekologik konvensiyalarga BMТning YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan 1972 va 1973-yillarda qabul qilingan «Butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish» va «Yo‘qolish xavfida turgan yovvoyi turdagi fauna va flora turlarini savdo qilish» konvensiyalari kiradi.
Resurs-ekologik konvensiyalarga 1979-yili Bonnda qabul qilingan «Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish», 1985-yili Venada qabul qilingan «Ozon qatlamini himoya qilish» kabi ekologik shartnomalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning mustaqil sub’yekti sifatida 10 dan ziyod ekologik konvensiyalarga qo‘shilgan, jumladan:
1993-yil 14-mayda «Iqlimga ta’sir etishni chegaralash»;
1995-yil 13-oktabrda «Sahrolanishga qarshi kurash»;
1995-yil 15-iyunda «Afrika — Osiyo qit’alarida ko‘chib yuruvchi qushlarni muhofaza qilish»;
1996-yil 7-mayda «Biologik xilma-xillik»;
1996-yil 7-mayda «Xavfli chiqitlarni tashish va ularni yo‘qotish».
Qabul qilingan konvensiyalarni amaliy tatbiq qilish uchun bir qator qonunlar, davlat dasturlari, loyihalar ishlab chiqilgan va ularning huqu­qiy mexanizmi yaratilmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida mustaqil Respublikamiz diplomatik munosabatlarda ko‘proq ikki va ko‘p tomonlama keli­shuvlarni qo‘llamoqda. 1996-yil 8-mayda O‘zbekiston Respublikasi bilan Тurkiya Respublikasi va 1997-yil 11-dekabrda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida tabiatni muhofaza qilishga doir kelishuvlarga imzo chekilgan.
Xalqaro ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda deklara­t­siya (lotin tilida — e’lon qilish, tushuntirish), ya’ni ma’lum bir tashkilot, davlat yoki partiyalarning asosiy prinsip va me’yorlarini tantanali ravishda e’lon qilish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ularga misol qilib, 1986-yil 4-oktabrda BMТning «Rivojlanish huquqi to‘g‘risida», 1969-yil 11-dekabr — «Ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot», 1975-yil 10-noyabr — «Ilmiy-texnik rivojlanishdan tinchlik va inson farovonligi yo‘lida foydalanish», «Stokgolm — 72», «Rio — 92», «Yoxannesburg — 02» kabi deklaratsiyalarni keltirish mumkin.
Atrof-muhitni muhofaza qilishga doir xalqaro munosabatlarni tartibga solishda memorandium (lotin tilida — nimani tushuntirmoq kerak) — diplomatik mulohazalar predmeti bo‘lgan masalalarni aks ettiruvchi hujjat, qaydnoma — asosiy shartnomaga qo‘shimcha qilinadigan hujjatlarning ham juda katta ekologik ahamiyati bor.

3. Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy ob’yektlari.





Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling