Atrof-muhitning zarb to'lqini cheklanmagan yassi yuzali
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
portlash travmasi Isroilov Shaxboz
Atrof-muhitning zarb to'lqini cheklanmagan yassi yuzali o'tmas jism kabi ta'sir ko'rsatadi va bu holatda tananing portlash markazi tarafidagi yuzasida turli xil mexanik jarohatlar yetkaziladi. Qarama-qarshi yuzada esa tananing atrofdagi jismlarga urilishi yoki yiqilish natijasida shikastlanishlar vujudga keladi. Jarohatlarning ko'lami va og'irligi portlashda vujudga keladigan bosimga bog'liq bo'ladi. Portlovchi moslamaning bo'laklaridan odatda mexanik jarohatlar yetkaziladi. Ushbu bo'laklarning boshlang'ich tezligi bir necha ming m/sek. gacha bo'lishi mumkin. Bo'laklarning kattaligi va tezligiga bog'liq tarzda, jarohatlar shilinma, qontalash, yara, suyaklarning sinishi hamda ichki a'zolarning turli shikastlanishlari ko‘rinishida bo'ladi. Ba'zan tana qismlari ajralishi ham mumkin. Ikkilamchi snaryadlar asosan mexanik ta'sir ko'rsatadi. Portlash natijasida shikastlangan atrofdagi jism, ob'ektlarning bo‘laklaridan yyetkazilgan jarohatlar portlovchi moslama bo‘laklari ta'sirida vujudga keladigan shikastlanishlarga nisbatan odatda yengilroq bo'ladi. Shu bilan birga portlash natijasida tanadagi kiyim-bosh, atrofdagi jismlarning ikkilamchi alangalanishi termik shikastlanishga, sintetik material va qoplamalalarning yonishi esa termik jarohatlardan tashqari toksik moddalarning hosil bo’lishi tufayli zaharlanishlarga olib kelishi mumkin. Ayrim portlovchi moslamalarda maxsus shikastlovchi vositalar ham bo'ladi. Ushbu shikastlovchi vositalar xususiyatlariga Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling