Atrof olam bilan tanishtirish. Mavzu: 8 – dekabr Konstitutsiya kuni. Bizning huquq va burchlarimiz


Download 22.27 Kb.
bet3/3
Sana28.01.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1135569
1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya

4 – bola: 40 – modda: Har kim malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
5 – bola: 41 – modda: Har kim bilim olish huquqiga ega, bepul ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
6 – bola: 68 – modda: Bola o’z fikrini ifoda etish huquqiga ega. Har bir bola o’z fikrini aytishga haqlidir.
Tarbiyachi: Barakalla bilimdan aqlli bolajonlarim rahmat endi ozgina o’zimizga dam beramiz. Biz o’zimiz yod olgan qo’shig’imizni ijro etamiz. (bolalar qo’shiq ijro etadilar).
Tarbiyachi: Rahmat bolajonlar qani kim qomusimiz haqida she’r yod olgan marhamat she’rlaringizni aytishingiz mumkin.
1 – bola: Erk huquqim qo’limda,
Qalqon o’ngu so’limda.
Baxtim-taxtim jamuljam,
Oy quyoshday mustahkam.
2 – bola: Sadoqatga yo’ldoshim,
Saodatga yo’lboshchim.
Ma’nosi to’q qomusim,
Saqlagay or nomusim.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar rahmat. Bolajonlar sizlar bilan endi faoliyatimizda olgan bilimlaringizni savol – javob orqali mustahkanlaymiz.
Savollar:

  1. Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan?

  2. Konstitutsiyamiz nechta bo’lim, nechta bob va nechta moddadan iborat?

  3. Konstitutsiya bizga nima uchun kerak?

Tarbiyachi: Faoliyatimizni markazlarda davom ettirishdan oldin qizlarimiz ijrosida raqs tomosha qilamiz, marhamat qizlar (raqs).
Tarbiyachi: Barakalla qizaloqlarim katta rahmat. Bolajonlar endi faoliyat markazlarimizga bo’linamiz:

  1. Syujetli rolli o’yin markazi;

  2. Qurish – yasash konstruksiyalash markazi;

  3. San’at markazi.

Bolajonlar san’at faoliyat markazimizda O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’ini applikatsiya yo’li bilan yasaymiz. Ikkinchisi Qurish – yasash faoliyat markazimizda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kitobini buklash yo’li bilan yasaymiz.
Syujetli rolli o’yin faoliyat markazidan o’zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” ertagini sahnalshtiramiz. Har bir faoliyat markazlaridagi bolajonlarga tushuncha berib savol-javob o’tkazib mavzu mustahkamlanadi. Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.


Toshkent viloyati Bo’ka tumani maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 17 – sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti I – tayyorlov guruhi tarbiyachisi Axmedova Gulchehraning 8 – dekabr Konstitutsiya kuniga “Bizning huquq va burchlarimiz” mavzusida bag’ishlangan ochiq mashg’ulot ishlanmasi.
Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling