Atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz


Download 96.5 Kb.
bet1/6
Sana13.11.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1769980
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу Sezgi


Demak, sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi – bu bizni o‘rab turgan atrof – muhitdagi qo‘zg‘atuvchilar energiyasidan sensor retseptorlarimiz va nerv tizimimizni ma’lumotlarni qabul qilish va aksettirish jarayonidir.sezgi a’zolarimizga ta’sir etgan qo‘zg‘atuvchilar ikki xil uchulda qayta ishlanadi:
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo’lishi.

  • Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.

Qo‘zg‘atuvchi: psixik energiya manbai bo‘lib, sezgi a’zolarining javob reaksiyasini keltirib chiqaradi. Energiya ko‘rish va tovush to‘lqinlari, yorug‘lik chastotasi hamda issiqlik bosimiga nisbatan organizmni javob qaytara olish qobiliyatini ta’minlaydi. Qo‘zg‘atuvchi va sezgi o‘zaro bog‘liq. Sifatli qo‘zg‘atuvchi sezgi turlari natijasiga aylanadi. Masalan, rang – vizual qo‘zg‘atuvchi, tovush – audial qo‘zg‘atuvchi, bularning natijasija biz ranglarni ko‘ramiz va tovushni eshitamiz. Qo‘zg‘atuvchining xajmi ayni damdagi qo‘zg‘atuvchilar yig‘indisidan iboratdir. Masalan, yorug‘lik, balandlik va boshqalar. Qo‘zg‘atuvchilar intensiv yoki passiv bo‘ladi. Turli qo‘zg‘atuvchilar turli sezgi a’zolarida qo‘zg‘atish uyg‘otadi.

  1. Javob reaksiyasi: bu organizmning qo‘zg‘atuvchiga nisbatan reaksiyasidir. Javob reaksiyalari muskulli va vegetativ impulslari orqali amalga oshiriladi.

His, sezish: bu organizmdagi sezgi a’zolarining qo‘zg‘atuvchiga javob reaksiyasi bilan bog‘liq jearayondir. Bunda biror bir qo‘zg‘atuvchi retseptorlarga ta’sir etadi (ko‘z, quloq, burun, og‘iz, teri tuyish va boshqalar) va nerv impulslari (ya’ni, afferent nerv tolalari) orqali bosh miyadagi markaziy nerv sistemasiga signal borib yetadi.

  1. O‘tkazish: bunda retseptorlar orqali qabul qilingan informatsiya afferent nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasiga yetkazib beriladi va bosh miyada ma’lumotlar qayta ishlanib, efferent nerv tolalari oraqali javob informatsiya sezgi organlariga yetib keladi.

  2. Idrok etish: bosh miya markaziy nerv markazlariga kelib tushgan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Natijada ma’lumotlar bosh miya egatchalarida iz qoldirib, bizning xotiramizdan o‘rin egallaydi hamda sezgi a’zolarimizga ta’sir etayotgan predmetlar idrok qilinadi. Sezgi a’zolarimiz orqali idrok etilgan ma’lumotlar asosida bizning ichki dunyomiz (emotsiya va motivatsion sohamizda) o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

  3. Absolyut chegara: qo‘zg‘atuvchilarning intensivligi zaif bo‘lishiga qaramay, ularni sezish darajasidir. Absolyut chegara bizning sezgi a’zolarimizga qo‘zg‘atuvchini bilinar-bilinmas ta’sir etishidir. Galanterning ishlaridan sezgilarning absolyut chegarasiga misollar keltiramiz:

- ko‘rish: tunda sham alangasi 30 mil uzoqlikda to‘qroq ko‘rinadi.
-eshitish: jim-jit joyda soatning chiqillashi 20 funt uzoqlikda ham aniq eshitiladi.
- ta’m bilish: bir chimdim shakarni ta’mi 9 litr suvda ham seziladi.
- hid bilish: bir tomchi atirning hidi agar boshqa hid aralashmasa 3 ta xona naridan ham seziladi.
- teri tuyish: eng yengil jism, masalan, uzilib tushgan asalari qanotchalari yoki pat 1 sm bolandlikda ham his etiladi.
7. Sezgilarning quyi va yuqori chegarasi orasidagi farq: bu ikki qo‘zg‘atuvchi orasidagi eng quyi farqlarni sezish absolyut quyi chegara deyiladi. Sezgilarimizga ta’sir etgan eng yuqori, kuchli qo‘zg‘atuvchi orqali sezgilarning absolyut yuqori chegarasi kelib chiqadi.
8. Diqqat: sezgi a’zolarimiz uchun orentirovka refleksi vazivasini o‘taydi va ma’lumotlar zahirasi to‘planishiga xizmat qiladi1.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling