Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik


Ufq tomonlarini aniqlash uchun qo`


Download 0.89 Mb.
bet38/49
Sana02.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1319681
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
universal qo\'llanma sotuv

Ufq tomonlarini aniqlash uchun qo`llaniladigan asbob kompas deyiladi. Havorang ko`rsatkich shimolni,qizil ko`rsatkich janubni ko`rsatadi.
Tog`lar va tekisliklar-Yer yuzidagi quruqliklarning asosiy shakllaridir.Yer yuzida tanho tog`lar kam uchraydi.Ular qatorasiga tutashgan bo`ladi.Qatorasiga tizilib ketgan tutash tog`lar tog` tizmasi deb ataladi.Ular o`nlab,yuzlab km ga cho`zilib ketadi.Xaritada jigarrang, rang qanchalik to`q bo`lsa tog` shuncha baland bo`ladi.Yer yuzidagi eng baland tog` cho`qqisi Himolay tog` tizmasidagi Jomolungma(Everest) balandligi-8848 mga teng.Tekislar balandligiga ko`ra pasttekislik,qir va yassi tog`larga bo`linadi.Xaritada pasttekisliklar-yashil,qirlar-sariq,yassi tog`-pushti rangda.

Tekislikning yuzasi dengiz sathidan balandligi 200 m gacha bo`lsa-pasttekislik,200 m dan 500 m gacha –qir,500 mdan baland-yassi tog` deb ataladi.Yer yuzidagi quruqliklarning yarmidan ortig`ini tekisliklar egallagan.Tekis joylarda ham do`ngliklar,chuqurliklar,jarlar ham bor.



Har bir quruqlik materik deb ataladi.Ular quyidagicha nomlanadi:Yevrosiyo,Afrika,Shimoliy Amerika,Janubiy Amerika,Avstraliya,Antarktida .Bu materiklarni 4 ta okean o`rab turadi.Tinch,Atlantika,Hind,Shimoliy muz okeani,Okeanning chuqur ko`p joylarda -2000-3000 m,ayrim joylarda 5000 mdan oshadi.Eng chuqur Tinch okeanidagi Mariana botig`i-11 022 m.

Yerosti boyliklari

Tog` jinslariga-qum,tosh,shaga`l,ohaktosh,granit,minerallarga – oltin,mis,olmos,temir,kvars,oltingugurt,ko`mir,neft,tabiiy gaz kiradi.Foydali qazilmalar 3turga bo`linadi:

1.Yonuvchi:ko`mir,neft,tabiiy gaz,torf

2.Rudali:tarkibida metallar bor minerallar:Rudadan: temir,mis,alyumniy,rux,qo`rg`oshin.Oltin va kumush ham rudadan olinadi.
3.Noruda foydali qazilmalar:osh tuzi,oltingugurt,ohaktosh,granit,marmar kabi boshqa qurilish materiallari ham tegishli.

Neft va gaz konlari Farg`ona vodiysida,Qashqadaryo,Surxondaryo,Buxoro viloyatlari va Ustyurt platosida bor.

Qo`ng`ir k o`mir-Angren shahrida,toshko`mir-Surxondaryo viloyati Sharg`un va Boysun shaharlarida



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling