Ату ва ииа маърузалар матни doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
Variantlar soni - Bir faktorli tajribalarda variantlarning eng optimal soni 8-
12 ta bo’ladi. Variantlarning soni kam bo’lsa, o’rtachaning xatosi ortib ketadi, ko’p bo’lsa variantlarni taqqoslash qiyin bo’ladi. Xo’jaliklarda o’tkaziladigan tajribalar variantlari kam bo’lishi mumkin. Lekin o’rganiladigan variantdag tashqari taqoslanadigan variantlarda barcha sharoit bir xil bo’lishi kerak. Tajribani har qanday sistemada joylashtirishdan asosiy maqsad-tajribaning har bir variantida tajriba maydonining xilma xilligini eng kup kamrab olishdan iborat. Tajriba qo’yish barcha metodlarining asosiy xususiyati shudan iboratki, barcha variantlar sxemasining to’plamidan iborat bo’lgan paykallar territoriya jihatdan komplekt gruppaga – tajriba maydoning ma’lum qismini egallaydigan takrorlashlarga birlashadi. Dala tajribasi sharoitida takrorlashlar ichidagi farq takrorlashlararo farqdan birmuncha kichik bo’ladi. Takrorlashlarni tajriba maydonida bir, ikki yoki undan ko’p qatorlarda (yaruslarda) joylashtirish mumkin. Buni 20-25 ta paykalli oddiy PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com tajribalarda qo’llash ma’qul. Paykallarni ikki yoki ko’p qatorli qilib joylashtirishda har bir butun bir takrorlanish joylashish kerak. Variantlarni paykallarda joylashtirishning har xil usuli bor. Variantlarni joylashtirishning hozirgi usulida ularni tasodifiy (ya’nt rendomizasiyalangan) joylashtirish ko’zda tutiladi. Bunday joylashtirishda variantlar har xil paykallarga tushadi. Bu esa variantlarni joylashtirishda subyektivizmni rad etadi.barcha takrorlashlarda bir xil joylashtirilgan variantlar sistemasi tajriba maydoni tuprog’i unumdorligining o’zgarishi bilan boshqa tusga kirishi mumkin. Buning natijasida variantlar bo’yicha o’rtacha hosildorlik ko’rsatkichlari kontroldagiga qaraganda oritb yoki kamayib ketishi mumkin. Shunday qilib variantlarni tasodifiy joylashtirish tariba va nazorat variantlarilagi hosilni aniqlashdagi doimiy hollarni yo’qotishga qartilgan. Variantlani joylashtirishnin hozirgi eng oddiy usuli rendomizasiyalangan takroriylikdir. Bu usulga ko’ra, har bir takrorlanishda variantlar paykallarga tasodifiy taqsimlanadi. Takrorlanish shakli kvadratga yaqin, har bir takrorlanishda tuproq bir xil bo’lgani ma’qul. Bunda paykallar har bir takrorlanishda qanday (bir, ikki, ko’p yarusli, pog’onali) joylashtirilishdan qat’iy- nazar, ularni o’zaro taqqoslash oson bo’ladi. Har bir takrorlanishda variantlar tartibi chek tashlab aniqlanadi. Buning uchun variantlar nomerlanib yoki harf bilan belgilanib, kartochka yoziladi. So’ngra ularni yaxshilab aralashtirib, bittadan olinadi. Takrorlanishdagi variantlar paykallarda chek tashlab aniqlangani bo’yicha birin-ketin joylashtiriladi. Har bir takrorlanish uchun alohida rendomizasiya olib boriladi. Misol uchun: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling