Ату ва ииа маърузалар матни doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
Tajribaning
takroriyligi. Paykallarning katta-kichikligi shakli va yo’nalishidan tashqari, tajriba aniqligini oshirishda, paykalnin takrorlash ham katta rol o’ynaydi. Takroriylik deb- tajribaning har kaysi variantiga kiradigan paykallarning soni yoki yig’indisiga aytiladi. Tuproq unumdorligining xilma xilligi, o’simliklarning individual farq kilishi, tasodifiy shikastlanish, kasalliklardan zararlanishga bog’liq holda dala tajribasi ma’lumotlarida biror tasodifiy xatoliklar bo’lishi mumkin. Binobarin biror variantdagi o’simlik hosili to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish uchun mazkur variant bilan paykalni bir necha marta takrorlash zarur. Shuning uchun takrorlash tajribaning aniqligi va ishonchligini oshirishda zaruriy usul hisoblanadi. Bu esa sxemaning har kaysi variantida tajriba uchastkasining har xilligini to’laroq bilib olish imkonini beradi. bu xil nomdagi paykallarning o’rtacha arifmetik ma’lumotlari hosil haqida birmuncha to’g’ri tushuncha beradi. aniqlikni oshirishdan tashkari, takroriyliklar tasodifiy xatoliklarni mikdoriy jihatdan aniqlash imkonini beradi. bu nazorat bilan taqqoslashga qraganda tajriba variantlarining to’g’ri taqqoslashning matematik jihatdan to’g’ri ekanligini belgilashga imkoniyat yaratadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Tajribaning vazifalari, paykallarning katta kichikligi va tajribaning qancha davom etishiga qarab takrorlashning zaruriy miqdori aniqlanadi. Odatda sug’oriladigan sharoitda, doimiy (stasionar) uchastkalarda o’tkazladigan agrotexnikaviy tajribalarni kamida 4 marta takrorlash lozim. Bu hollarda unumdorligi va relefi jihatdan baravarlashtirilgan uchastkalarda, paykallar katta o’lchamda va tajriba variantlarining farqi kam bo’lgandatajribani 3 marta takrorlash bilan chegaralanish mumkin. Variantlar o’rtasida kam farq qiladigan tajribalarda, masalan, o’g’it formalarini taqqoslaganda, paykallar kichik bo’lganda, tajribalar 5-6 va undan ko’p marta takrorlanadi. Bu yetarli 2-5% ga yaqin aniqlik olishga imkon beradi. dala tajribalarini 3-4 martadan kam takrorlamaslik lozim. Tajribada paykallarni joylashtirish - tajriba paykallarini joylashtirishning ikkita usuli mavjud. 1. Sistematik - bunda tadqiqotchining xohishiga qarab tajriba variantlari ma’lum I. Variantlarning ketma-ket joylashishi. U quyidagilarga bo’linadi A) bir yarusli I-qaytariq II-qaytariq III-qaytariq IV-qaytariq 1 2 3 4 1 2 3 4 1 2 3 4 1 2 3 4 B) ikki yarusli I-qaytariq II-qaytariq 1 2 3 4 1 2 3 4 4 3 2 1 4 3 2 1 III-qaytariq IV-qaytariq V) to’rt yarusli 1 2 3 4 I-qaytariq 2 3 4 1 II -qaytariq 3 4 1 2 III-qaytariq 4 1 2 3 IV-qaytariq Birinchi yarusdagi paykallar keyingi yarus paykallari bilan variant bo’yicha to’g’ri kelmasligi kerak. 2. Joylashtirishning standart usuli. U quyidagicha bo’ladi.. a) Yamb - metod (tajriba paykallari qancha bo’lsa, nazorat paykal ham shuncha bo’ladi). H 1 H 2 H 3 H 4 H 5 H 6 H 7 H 8 b) Daktil-usul (nazorat har ikkita sinaladigan variantdan keyin joylashtiriladi). N 1 2 N 3 4 N 5 6 N 7 8 N 9 10 N v) Akademik P.N.Konstantinovichning “Qo’shaloq usuli” (bu daktil- usulning o’zi bo’lib, lekin ekindan keyin hamma paykallar 10-15 ta maydonchaga, ya’ni parsellalarga bo’linadi, bu parsellalar bo’yicha hosil hisob-kitob qilinadi va agar sinalayotgan variantning parsellasi shikastlangan bo’lsa, unga mos keluvchi nazorat parsellasi ham hisobdan chiqariladi) parsella N 1 2 n 3 4 n 5 6 n 7 8 n 9 10 N PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Standart usulda joylashtirishning afzalligi tajribadagi nazorat paykallarining ortishidir, bu esa tajriba aniqligini oshiradi. Har qaysi sinaladigan variant yoki ikki variant hosili qo’shni nazorat varianti hosili bilan taqqoslanadi. Kamchiligi - unumdorligi buyicha bir xil bo’lgan katta maydonli tajriba uchastkasi talab qilinishidir. II. Tasodifiy (rendomizasion) joylashtirish - bunda paykallar uchastka bo’ylab tasodifiy ravishda joylashtiriladi. Buning uchun variantlar nomeri alohida qog’ozlarga yoziladi va qur’a tashlanadi. Qaysi variant birinchi chiqsa o’sha variant birinchi paykalga, ikkinchi bo’lib olingan variant ikkinchi paykalga joylashtiriladi va h.k. Tasodifiy (rendomizasion) joylashtirishning quyidagi turlari mavjud: A) bir yarusli I-qaytariq II-qaytariq III-qaytariq IV-qaytariq 3 2 4 1 2 4 1 3 4 1 3 2 1 3 4 2 B) ikki yarusli I-qaytariq II-qaytariq 2 4 3 1 4 1 2 3 4 1 2 3 3 4 1 2 III-qaytariq IV-qaytariq V) to’rt yarusli 4 3 1 2 I-qaytariq 2 1 4 3 II -qaytariq 1 2 3 4 III-qaytariq 3 4 2 1 IV-qaytariq G) Lotin kvadrati (variantlar soni qaytariqlar soniga teng bo’lishi kerak) 3 4 2 1 4 3 1 2 2 1 4 3 1 2 3 4 Shu bilan birga, ayrim hollarda, quyidagi usullar: qo’llaniladi: A V a v s a v s 1 2 3 4 1 2 3 4 1 2 3 4 1 2 3 4 1 2 3 4 1 2 3 4 Paykallarni tarkibiy qismlarga ajratib (bo’laklarga bo’lib) joylashtirish. A, V - har xil o’tmishdoshlar (1-tartibli paykallar); a, v, s – tuproqqa ishlov berish usullari (2-tartibli paykallar); 1, 2, 3, 4-o’g’itlar (3-tartibli paykallar). Bir paykalning o’zida bir variant ustiga boshqa variantlarni joylashtirish A 1 , A 2 , A 3 – urug’ning ekish normasi A 1 A 2 A 3 V 1 V 2 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com V 1 , V 2 , V 3 , V 4 – o’g’it dozalari V 3 V 4 Tajriba paykalining maydoni va shakli uning aniqligini oshirishda katta rol o’ynaydi. Paykal yuzasining oshishi bilan tajriba aniqligi oshadi. Lekin paykal maydoni qancha katta bo’lsa, unumdorligi bo’yicha bir xil uchastkani topish shuncha qiyin bo’ladi. Paykal maydonini tanlashda hal qiluvchi so’nggi o’lchov bo’lib, uchastka unumdorligining bir xilligi xizmat qiladi. Agar uchastka unumdorligi bo’yicha bir jinsli bo’lsa, unda paykal maydonini katta olish mumkin (200-250 m 2 ). Paykal kattiligi ekilishi kerak bo’ladigan ekinga ham bog’liq. Eng asosiysi paykaldagi o’simliklar sonining yetarli miqdorda bo’lishi: Zig’ir - 1 m 2 da 1000 ta o’simlik bo’lishi kerak, bunda paykal maydoni 25-50 m 2 ga teng; donli ekinlar – 1 m 2 da 200-300 o’simlik bo’lishi kerak, paykal maydoni 50-100 m 2 ga teng; qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar (lavlagi, g’o’za, makkajo’xori va boshqalar) – 1 pogona metrda 10 ta o’simlik bo’lish kerak, paykal maydoni 100 - 250 m 2 , mevali daraxtlar - 1 ta paykalda 10-20 ta daraxt bo’lishi kerak; bo’talar (tok, malina, krijovnik, smorodina) - 1 ta paykalda 40-50 o’simlik tupi bo’lishi lozim. Agar tuproqqa ishlov berish usullari o’rganilayotgan bo’lsa, unda paykal maydoni 400-500 m 2 gacha ko’paytirilishi kerak, chunki tajriba agregatlarning ishi bilan bog’liq. Agar sug’orish normalari o’rganilsa, paykal maydoni 300-400 m 2 Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling