Ату ва ииа маърузалар матни doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
Jo = Jk + Ja + J
Havo shisha devori va eritma –shisha chegarasida qaytarilishi natijasida yorug’lik oqimining kuchsizlanishi nisbatan katta emas.Eritma va erituvchisi bor kyuveta uchun bu kattalik doimiy,shuning uchun bu qiymatni hisobga olmasa ham bo’ladi. Buning natijasida eritma orqali o’tgan yorug’lik oqimining tenglamasi quyidagi kurinishga ega bo’ladi: Jo = Ja + J Tushayotgan (Jo) va eritma bor kyuvota orqali o’tgan (J) yorug’lik oqimining intensivligini bevosita o’lchash mumkin,va Jo –J ayrmasi bo’yicha bevosita o’lchab bo’lmaydigan yorug’lik adsorbsiyasining kattaligini aniqlash mumkin ( Ja = Jo + J) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Eritma orqali o’tgan yorug’lik oqimining kuchsizlanishi moddaning tabiatiga,eritmadagi molekulalarning miqdoriga (konsentrasiyasiga) va yorug’likning spektral tarkibiga bog’liq bo’ladi. 3. Fotometrik analizda to’lqin uzunligini tanlash. Ma’lumki,eritmalarning rangi (bo’yalishi) ko’zga ko’rinadigan yorug’likning uzluksiz spektrining ayrim uchastkalarini modda tomonidan proporsional bo’lmagan xolda yutilishi bilan bog’liq.Bundan fotokolorimetrik analizdagi past sezgirlikning va xatolikning sababi noto’g’ri tanlangan yorug’lik spektri bo’lishi mumkin. Analizning eng katta sezgirligi xamma vaqt eritmaning optik zichligi maksimal bo’lgan yorug’lik spektrining oblastida kuzatiladi.Maksimal yorug’lik yutilishiga to’g’ri keladigan to’lqin uzunligi λ maks bilan belgilanadi. Misol uchun, nitrat va nitritlar Griss bo’yicha aniqlanganda λ maks =520 nm ga ,amiakli azotni Nessler bo’yicha aniqlaganda λ maks =410 km ga teng va hokazo.Ko’pchilik bo’yalgan eritmalarning yorug’lik yutish maksimumi spektrning ko’rinadigan yoki ultrabinafsha oblastida bo’ladi. λ maks topish uchun spektrning har xil oblastlarida optik zichligini aniqlash kerak va optik zichlikni to’lqin uzunligiga grafikli bog’liqligini chizish kerak. Keyin yorug’lik yutish egri chizig’ining cho’qqisi bo’yicha eritmalarning optik zichligini o’lchash uchun optimal to’lqin uzunligi tanlanadi.Yorug’likning keng palosali spektiri o’rniga monoxromatik spektrini ishlatganda sezgirlik xamma vaqt yuqori bo’ladi. Keng palosali yorug’lik filtrlarini ishlatganda yuzaga keladigan noto’g’rilik eritmaning katta zichligida (konsentrasiyasida) ayniqsa yuqori bo’ladi, chunki fotoelementdan tushayotgan “parazit” yorug’likning ulushi uni modda bilan kuchsiz yutilishi oqibatida ko’payadi.Bu kamchiliklarni yo’qotish uchun zamonaviy sezgir priborlar yorug’lik filtri o’rnida 200-1100 nm diapazonida monoxromatik yorug’lik oladigan qurilma bilan ta’minlangan. Ikki nurli fotoelektrokolorimetr. Ular agrokimyoviy tadqiqotlarda eng keng tarqalgan. Bu uskunalarning ish prinsipi (moxiyati) bir-biriga qarab yo’naltirilgan ikkita fotoelementdan kelayotgan fototekalarni optik kompensasiyalashga asoslangan. Bunga diafgrama tirqishini o’zgartirish bilan erishiladi.Diafragma eritma bor kyuvetaga tushayotgan yorug’lik oqimi quvvatini asta-sekinlik bilan ko’paytirish yoki kamaytirish imkonini beradi. Ikki nurli fotokolor-imetrlarning ustunligi fototok absolyut kattaligi emas, balki ularning o’lchanishidadir. Bu farq tanlab olingan fotoelementlarning xarakteristikasi bir xil bo’lganda tarmoq kuchlanish tebranishiga bog’liq bo’lmaydi. Fotoelektrokolorimetr-nefelometr (FEK-56 m va FEK 56) – ikki nurli, universal pribor bo’yalgan va kolloid eritmalarda moddaning konsentrasiyasini bu eritmalarning optik zichligini standart eritmalarning optik zichligi bilan to’lqin uzunligining 315-670 nm diapozonida taqqoslash yo’li bilan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com aniqlash uchun xizmat qiladi. 4. Spektofotometrlar. Analizning spektrofotometrik metodlari spektrning ultrabinafsha, ko’rinadigan va yaqin infraqizil oblastlarida to’lqin uzunliklarini keng diapazonida monoxromatik nurlanishni ko’llashga asoslangan hozirgi zamon spektrofotometrlari bir-biridan katta konstruktiv farqlanishiga qaramay o’zida ikkita asosiy priborni birlashtiradi:monoxromator va fotometr. Monoxrometr dispersion prizma yoki difraksion panjara yordamida spektrdagi keng polosali (oq) yorug’likni parchalash va undan tor yorug’lik (monoxromatik) taramini ajratib olish imkonini beradi.Fotometr tekshirilayotgan eritma va taqqoslash eritmasi orqali o’tgan yorug’lik oqimining intensivligini o’zgarishini registrasiya qilish uchun xizmat qiladi. Spektrofotometrlar uch guruhda shisha, kvars va infroqizil oblastda ishlash uchun qo’llaniladigan galogenidlar tuzidan bo’lgan optikali spektrofotometrlarga bo’linadi.Qo’llaniladigan optikasiga bog’liq bo’lmagan holda spektrofotometrlar hamma spekrtni avtomatik yoyilishini regestrasiya qilinadigan va to’lqin uzunligi qo’l yuritma bilan o’rnatiladigan registrasiya qilmaydigan spektrofotometrlarga bo’linadi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda (Sankt-Peterburg) optika-mexanik birlashmasi (LOMO) chiqaradigan kvars optikali SF-4A,SF-16,SF-26 va shisha optikali SF-5, “Spekol” (GDR) va hokazo bir nurli spektrofotometrlar keng qo’llaniladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling