Ату ва ииа маърузалар матни doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
OBYeKT. Bunda obyektni tanlash ko’zda tutiladi. Yuqorida ko’rsatib
o’tilgandek, tadqiqot obyektini tanlashda xech qanday prinsipial cheklashlar bo’lmasada, quyidagi ikki xolatni xisobga olgan xolda bunday cheklashlar paydo bo’lishi mumkin: a) Ma’lum bir obyektlarining o’rganilishi zarurligi yoki muhimligi. Bunda, galaktikalar chiqaradigan radio to’lqinlarni yoki traktorning ish unumdorligini oshirish usullarini o’rganish mumkin. Ikkinchi yo’nalish hozirda muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lib, qishloq xo’jaligi va mashinasozlik soxalaridagi tadqiqot obyektini tanlashni taqozo qiladi. Birinchi turdagi obyektlarning tadqiqotini fundamental (nazariy), ikkinchi turdagilarni esa-amaliy tadqiqotlar deyiladi. Fundamental tadqiqotlar - insoniyat uchun strategik (istiqbolli) aspektda muxim bo’lib, ular ilm-fanning asosiy vazifasi - ko’p tarmoqli xo’jalikni unumdorligini oshirish va shu asosda xalq turmush darajasini ortirishni ta’minlovchi amaliy tadqiqotlarning negizidir. b) Vaqtning chegaralanganligi. Xar qanday tadqiqot, ayniqsa amaliy tadqiqot, ma’lum darajada va ma’lum bir chegaralangan muddatda tugallanishi kerak bo’ladi. Tadqiqotlarni o’tkazish muddati, obyekt tanlashga sezilarli cheklashlar qo’yadi. Shuni bilish muximki, ilmiy tadqiqot obyektini faqat "predmet" yoki qo’l bilan ushlash mumkin bo’lgan ashyo sifatida tushunish kerak emas. Ba’zida u xaqikatdan xam predmet bo’lishi mumkin, misol uchun elektrodvigatel, o’zgartirgich yoki plug korpusi lemexi. Ammo ilm-fan predmeti sifatida material PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com bo’lmagan substansiya xam bo’lish mumkin: algoritm, usul, prinsip. Ilm - fanni o’zi xam tadqiqot predmeti sifatida bo’lishi mumkin. 2. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarigacha O’rta Osiyoda ilmiy tekshirish muassasalarining soni juda kam edi. Taniqli agronom xodimlardan R.R.Shreder, M.M.Bushuyev, V.S.Maligin va boshqalarning zo’r berib harakat qilishlariga qaramay o’sha vaqtda mavjud siyosiy va iqgisodiy sharoitga ko’ra fan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tubdan o’zgartirish kirita olmagan edi. Imperialistik urushlar natijasida sobiq Turkiston o’lkasi hududida bo’lgan tajriba stansiyalar va tajriba dalalarining ko’pchiliga o’z faoliyatini vaqtincha to’xtatgan yoki to’xtatmaganlari ham juda og’ir sharoitga tushib qolgan edi. 1917 yildan keyin qishloq ho’jaligi sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarining hammasi qayta qurila boshlandi. Turkiston va Ozarbayjonda paxtachilikni tiklash tug’risida 1920 yilda chiqqan qaror yangi tajriba dalalarini va seleksiya stansiyalarini tiklashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Shu qaror bilan O’rta Osiyoda paxtachilik bo’yicha fanni rivojlantirishga asos solindi. 1921-1926 yillarda Turkiston seleksiya stansiyasi, Oqqovoq tajriba sug’orish stansiyasi, o’g’it stansiyasi, tuproqshunoslik instituti va boshqalar tashkil etildi. 1929 yilda paxtachilik bo’yicha ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi. 1954 yilda SoyuzNIXI mexanizasiya va agrotexnika markaziy stansiyasi bazasida O’rta Osiyo sug’oriladigan dehkonchilikni mexanizasiyalash va elektrlashtirish ilmiy tekshirish instituti (SAIME) tashkil etildi. Bulardan tashqari 1937 yilda sobiq Milyutinsk Davlat seleksiya stansiyasi bazasida Bahorikor dehqonchilik instituti barpo etildi. 1926 yilda sholichilik tajriba stansiyasi Chirchiq daryosining o’ng qirg’og’ida tashkil etildi. 1933 yilda sabzavot tajriba stansiyasi, 1930 yilda O’zbekiston bog’dorchilik va uzumchilik stansiyasi, Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling