Ату ва ииа маърузалар матни doc
Tajribani rejalashtirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
2. Tajribani rejalashtirish. Amaliy ilmda – tajriba eng mustaqil bilim
tajribalardan hisoblanadi. Tajriba o’tkazish murakkab tadqiqot ish. U ancha mehnat va moddiy xarajatlar bilan bog’langan. Shuning uchun ham tajriba tadqiqotni usullarini o’rganish juda muhim masalalarga kiradi. Chunki tug’ri olib borilgan tajriba, unga sarflanadigan vaqtni kamaytiradi. Tajribani rejalashtirish sxema bo’yicha avval qo’yilgan tajribalarni, sinovlarni ketma ket bir rejada to’plash. Tajribani rejalashtirishni maqsadi kam sarflarda maksimum informasiya olish. Har bir tajribani 4 ta asosiy bosqichga bo’lish mumkin: 1-chi bosqich - tajriba masalasini qo’yish yoki masalani maqsadi. 2-chi bosqich - tajribani rejalashtirish. Ya’ni tajribalarni birma bir qo’yish va ularni tartib soni. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 3-chi bosqich - tajribani bajarish. Bu bosqichda uskunalarni tayyorlash, ularni ishga solish, tajribani o’tkazish va olingan natijalarni tekshirib chiqish. 4-chi bosqich - tajribani olingan natijalarini tahlil qilish va bu natijalar asosida xulosa qilib berish. Har bir bosqichni alohida ko’rib chiqamiz. Tajriba masalasini qo’yish – bu qo’yilgan ishlarni umumlashtirish. Tajribani masalasini aniq qo’yish kerak. Chunki bu tadqiqot obyektni logik modelini ko’rishdir va bu masala avval qo’yilgan ish gipotezasining aniq tajriba maqsadini uz ichiga oladi. Tajribani maqsadi - ilmiy-tadqiqot ishlarni umumlashtirish, optimallashtirish. Nazariy tadqiqot natijalarini tekshirish va isbotlash uchun tajriba ishlar olib boriladi. Texnika va texnologiyadagi olib boriladigan barcha tarjibalar shu guruhga kiradi. Optimizasiya – tajriba yo’li bilan tadqiqot parametrlarini eng qulay yechimini izlash. Tajribani optimizasiyalash masalasi oldindan nazariy isbotlashni natijalar amalini nazorat qilishni talab qilmaydi. Tajribani maqsadini umumiy frazalar bilan ifodalamasdan konkret ko’rsatish kerak. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling