Ату ва ииа маърузалар матни doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
4. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, adabiyotlar tarixini tuzish qoidalari. Ilmiy-texnik ma’lumotlar manbalarining klassifikasiyasi. Bunda ilmy-texnik ma’lumotlarga ahamiyat bersak, ularning o’zi birlamchi va ikkilamchi manbalarga bo’linadi. Birlamchi manbalar chop etilgan yoki chop etilmagan ma’lumotlarga bo’linadi. Chop etilgan ma’lumotlar guruhiga: vaqtli nashrlar, jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar va to’plamlar, byulletenlar, ilmiy axborotlar, monografiyalar, ilmiy nashrlar, ilmiy-ommabob nashrlar, ilmiy konfrensiyalar materiallari maxsus nashrlar kiradi. Chop etilmaganlarga esa: ilmiy-texnik hisobot hujatlari, dissertasiyalar, depozitga qo’yilgan qo’lyozmalar, texnologik qo’llanmalar, rasionalizatorlik takliflar, tarjimalar, arxiv hujjalarni misol qilish mumkin. Ikkilamchi manbalani asosan: ma’lumot beruvchi nashrlar, bir nusxada (signal) axborot, referativ jurnallar, ekspress axborotlar, referativ va analitik sharhlari, turli xil ma’lumotlar beradigan adabiyotlar, umumiy va tarmoq ensiklopediyalar, ma’lumotlar beruvchi nashrlar, turli xil lo’g’atlar, kataloglar va kartotekalar - asosiylar, lo’g’atli, fanlarni nomi bo’yicha, yordamchi, nashrlarni turi bo’yicha, bibliografik- doimo nashr qilib turadigan, bir bir chop etilgan ma’lumotlarni aytish mumkin. Talabalarni ilmiy izlanishlari va tadqiqotlarni olib borishlari davrida maskur ilmiy-texnik ma’lumotlar klassifikasiyasidan tug’ri foydalansalar va institut qoshidagi kutubxonaning maxsus katalog va kartotekagi belgilovchi raqamlardan foydalanib kerakli adabiyotlarni, ilmiy axborotlar va maqolalarni topishda va o’zlari bajarayotgan ilmiy ishlari bo’yicha yetarli darajada ma’lumotlarga ega bo’ladilar va ilmiy muammoni to’g’ri tahlil qilishda va shu yo’nalish bo’yicha adabiyotlar sharhini tuzishda keng ravishda ilmiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Xozirgi paytda, ilmiy xodimlar uchun, o’ziga yangi bo’lgan bilim sohasini o’zlashtirishdagi ma’lum bir qiyinchiliklar axborot manbalarining yetishmasligida emas, balki ularning ortig’i bilan ta’minlanganligidadir. Bunda, qisqa yo’l bilan to’la axborot beruvchi manbalarni tanlash muammosi paydo bo’ladi. Nashr qilinadigan axborot materiallari quyidagilardir: monografiya shaklidagi kitoblar va o’quv qo’llanmalari, respublika va xorijiy davlatlarning davriy nashrlari, ilmiy to’plamlar, ekspress - axborotlar va referativ ko’rsatkichlar. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling