tadqiqotchi bu kamchilikni ko’p sonli manbalarini yuzaki o’rganib chiqish bilan
qoplaydi. Ammo, tajriba shuni ko’rsatadiki, ixtiyoriy holda tanlangan bir necha
kitoblar o’rniga birgina to’g’ri tanlangan kitobni chuqur o’rganib chiqish yaxshi
natija beradi.
JURNALLAR. Xar bir ilm - fan soxasida, odatda bir necha (ba’zida, o’nga
yaqin) jurnallar bosib chiqariladi. Bunda ularni o’rganishda quyidagiga amal qilish
kerak: barcha jurnallarni ba’zi - ba’zida ko’rib chiqqandan ko’ra, to’g’ri tanlangan
oz sondagi jurnallarni doimiy ravishda kuzatib borish yaxshi natija beradi. Bunda,
3-4 ta mamlakatimiz va shu sondagi xorijiy mamlakatlarning jurnallarini o’rganib
borishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
DAVRIY ILMIY TO’
PLAMLAR. Bu to’plamlar yirik o’quv va ilmiy
institutlar tomonidan yiliga bir-ikki marotaba chiqariladi. Ular jurnallarga
ekvivalent bo’lib, ammo ko’proq maxsus mazmunga ega bo’ladi.
EKSPRESS AXBOROTLAR VA REFERATIV JURNALLAR. Bu turdagi
axborot manbalari Respublika axborotlar fondi instituti tomonidan bosib
chiqariladi va quyidagilarga bo’linadi:
a) Referativ jurnal (RJ) - kitoblar, maqolalar, kashfiyotlarning qisqacha
annotasiyalarini o’z ichiga oladi va xar oyda bir marotaba turli yo’nalishlari
bo’yicha bosib chiqariladi;
Do'stlaringiz bilan baham: