Ату ва ииа маърузалар матни doc
Nazariy tadqiqotlarning asosiy usullari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nazariy tadqiqotlarning asosiy usullari.
- Induktiv usul
- Deduktiv usuli
1. Nazariy tadqiqotlarning asosiy usullari. 2. Modellash to’g’risida tushuncha. 3. Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish. 4. Ilmiy tekshirishlarda statistika usullarini qo’llanilishi. Adabiyotlar: 4,10,11,12 Tayanch iboralar: tahlil, sintez, induktiv usul, deduktiv usul, ilmiy abstraklashtrish, formalizasiya, matematizasiyalash usuli, analogiya usuli, model, modellash, matematik statistika. 1. Nazariy tadqiqotlarning asosiy usullari. Tadqiqot usuli bu shunday qabul qiluvchi birlashma, u yangi ilm yoki ilmni rivojlantirish uchun, maqsadga erishish uchun ishlatiladi. Har bir ilm tarmog’iga uziga xos konkret yoki maxsus tadqiqot usullari mavjud. Bir xil konkret tadqiqot usullar ko’p fanlarda qo’llanilishi mumkin, masalan: matematika usuli, bir xillari esa faqatgina bitta fanda, ilmda qo’llanilishi mumkin. Konkret ilmiy usullar konkret obyektni, manbani aniqlash, o’rganish uchun qo’llanadi va uning maqsadi bu manbalarning xususiyatlarini, xossalarini aniqlash va ilmiy muammoning amaliy tomonlarini qidirishga yo’nalgan. Ilmiy - tadqiqot va ilmiy texnik ishlarda qo’llanadigan asosiy nazariy tadqiqotni usullarini ko’rib chiqamiz. Tahlil - ilmiy bilimni usuli. Tahlil konkret olingan obyektni har tamonlama PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com tavsirlab beradi va eng muhim kerakli tamonini aniqlashga imkon yaratib beradi. Sintez – bu obyektni yoki guruh obyektlarning ilmiy tadqiqot usuli deb hisoblanadi, va murakkab sistemalarni izlanish uchun qo’llanadi. Sintez tahlil usulidan so’ng ishlatiladi. Demak tahlil va sintez uzaro bog’langan va bir birini to’ldirib turadi. Induktiv usul – birlanma shaxsiy voqyealarni kuzatish uchun qo’llanadi. Birlik xulosadan umumiy xulosalarga o’tishga imkon yaratadi, faktlarni birlashtiradi. Tabiiy va amaliy ilmlarda induktiv usul eng tarqalgan usul deb ifodalanadi. Bu usul bo’yicha anik obyektlarning va faktlarning xususiyatlarini hali tadqiqot qilinmagan obyektlarga, ishlarga taqqoslash mumkin. Masalan: bir muncha tajribalar shuni ko’rsattiki temir, mis, olovo qizitish jarayonida kengayadi va umumiy xulosa qilish mumkinki barcha metallar qizitish jarayonida kengayish xususiyatga egadir. Deduktiv usuli - induktiv usuliga qaraganda umumiy faktlardan, xulosalardan shaxsiy faktlarga obyektlarga, xulosalarga o’tishga imkon beradi. Qoidalardan, konunlardan shaxsiy qoidalar olib chiqaradi. Shu jumladan konkret fanlarda, ilmlarda qo’llanadi, va umumiy aksiomalardan shaxsiy bog’lanishlar olib chiqadi. Deduktiv usuli sintez, tahlil usullar kabi, zarur usullar qatoriga kiradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling