AGROKIMYoVIY TADQIQOTLAR VA ULARNING TURLARI
Agrokimyo kompleks fandir. U tuproq unumdorligi, qishloq xo’jalik
ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning nazariy
asoslarini va agrokimyoviy tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bu
muammoni yechish uchun bilimimizni doimiy ravishda kengaytirishimiz, o’simlik
o’sishini kerakli tomonga o’zgartiradigan radikal va samarali usullarni topishimiz,
qishloq xo’jalik ekinlarining muhit sharoitiga yaxshi moslashgan yangi navlarni
yaratishimiz va o’simliklarni talabiga qarab ular o’sayotgan sharoitini
o’zgartirishimiz kerak.
Agronomik kimyoning asoschilaridan Bussengo, K.A.Timiryazev va
D.N.Priyanishnikov o’zlarining pedagogik va ilmiy ishlarida agrokimyoviy
tekshirish usullariga, ularni to’g’ri tanlay bilishga va ushbu usullardan
agrokimyoning nazariy va amaliy muammolarini yechishda oqilona foydalanishga
katta ahamiyat berganlar. Bussengoning aytishicha - «Uslub ilmda eng asosiy
muhim narsadir». D.N.Priyanishnikov: - «Uslubni egallash begona xulosalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |