Ату ва ииа маърузалар матни doc
eslab qolishdan muhimroqdir»
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
eslab qolishdan muhimroqdir» degan edi. I.P.Pavlov - «Fan uslubidagi
muvaffaqiyatlarga bog’liq ravishda sakrashlar ko’rinishida rivojlanadi» deb aytgan edi. Fanning rivojlanishi uslublarning takomillashishiga, yangilarining paydo bo’lishiga bog’liq. Bunda fan va uslub bir vaqtda rivojlanadi. Ko’p uslublar parallel ravishda yangi agrokimyoviy muammolarni paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ladi. Agrokimyo fani spesifik, ya’ni maxsus, o’ziga xos va tegishli bo’lgan tadqiqot uslublariga ega (dala, vegetasiya, laboratoriya). Lekin shu bilan birga agrokimyo fani kimyo, fizika, matematika, o’simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik, mikrobiologiya kabi fanlarning uslublaridan ham foydalanadi. Bu uslublar o’simlik va tashqi muhit sharoitida olib boriladigan kuzatishlar bilan birgalikda ilmiy agronomiyaning muhim instrumentlarini tashkil qiladi. Agrokimyoviy uslublar ikkita guruhga bo’linadi: biologik va iqtisodiy – PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com statistik. Biologik uslublar o’z navbatida: dala, fiziologik, agrokimyoviy va laboratoriya uslublariga bo’linadi. Dala tajribalariga: qisqa muddatli, uzoq mudatli stasionar, ishlab chiqarish, geografik, kichik paykalli, ko’chib yuruvchi kabi tajribalar kiradi. Fiziologik – agrokimyoviy uslublarga: vegetasion (uychalarda, pavilon), lizimetrik va fitotronda o’tkaziladigan tajribalar kiradi. Laboratoriya uslublariga: kimyoviy, fizik-kimyoviy uslublar kiradi. Ular ham o’z navbatida: fotometrik, xromatografik, spektroskopik rentgenofluoressent, neytronnoaktivasion, mass-spekrometrik, atom-absorsion spektrofotometriya kabilar kiradi. Agrokimyoning maqsad va vazifalariga mos ravishda tadqiqot uslublari ham kengaydi. Dala tajribasi dehqonchilikning asosiy masalalarini ekprimental o’rganishning muhim uslubi hisoblanadi. Dala tajribasining o’ziga xosligi madaniy o’simliklarning oziqlanishini, o’g’itlash tizimini bevosita ishlab chiqarish yoki unga yaqin sharoitda tuproq, iqlim va agrotexnologik tadbirlar majmuasi bilan birga o’rganishdir. Dala tajribasi hosil va unga ta’sir qiluvchi vositalar o’rtasidagi, agrokimyodagi nazariy tadqiqotlar bilan qishloq xo’jalik amaliyoti o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Dala tajribasi natijalari bo’yicha xulosa qilish va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan oldin ularni ishlab chiqarishda joriy qilingan agrotexnologik tadbir bilan qiyosiy o’rganilishi kerak. Tajriba, falsafa nuqtai nazaridan, insonlar jamoat va ishlab chiqarish faoliyatning bir qismi bo’lib, bu faoliyat tabiat sirlarini bilish va inson hukmiga bo’ysundirish maqsadida material dunyoning obyektiv qonunlarini ochib berishga yo’naltirilgan. Tajriba, texnikaviy nuqtai nazardan, bu shunday o’rganishki, bunda tadqiqotchi tabiat hodisalarini sun’iy ravishda yuzaga keltiradi yoki sharoitni shunday o’zgartiradiki, bunda hodisaning mohiyati kelib chiqishi, sababi hamda predmet va hodisalarning o’zaro bog’liqligini juda yaxshi ochib beradi. Agrokimyoviy dala tajribasi bu o’g’itlarning qo’llash dozasi, muddati, uslubi, shakli, turi, nisbatini konkret tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo’jalik ekinlari hosildoriligiga va mahsulot sifatiga, tuproq unumdorligi va dehqonchilikda moddalarning aylanishiga ta’sirini aniqlash maqsadida dala sharoitida maxsus ajratilgan uchastkada tadqiqot ishlarini amalga oshirishdan iborat. Dala tajribasi har bir ekin turi va tuproq-iqlim sharoiti uchun alohida o’tkaziladi. Bir ekin uchun olingan ma’lumotlar ikkinchi ekin turi uchun, ma’lum bir tuproq-iqlim sharoitida olingan ma’lumotlar boshqa xil sharoit uchun to’g’ri kelmaydi. Dala tajribasi – tajriba sxemasi, variantlar, qaytariqlar, yarus, paykal, paykal maydoni, yo’nalishi va shakli kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Ularning ko’pchiligi dala tajribasi ma’lumotlarining aniqligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Variant bu o’rganiladigan agrotexnik tadbir, yoki boshqalariga o’xshamaydigan oziqlanish sharoiti. U sun’iy ravishda yaratiladi. Variantlar majmuasi tajriba sxemasi deyiladi. Dala tajribasi kamida 3–4 qaytariqdan iborat bo’ladi. Har qanday tajriba sxemasidagi variantlar soni va mazmuni, mavzu nomi, maqsadi va vazifasidan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com kelib chiqadi. Variantlar soni tajriba tipikligiga ta’sir qila olmaydi, lekin tajriba xatoligiga ishonarli ta’sir qilishi mumkin. Tajriba xatoligiga paykal maydoni va shakli, qaytariqlarlar soni ham ta’sir ko’rsatadi. 1942 yilda TSXA va NIUIF ning O’rta Osiyo filiali Samarqandda tajriba o’tkazgan va ikkita mazmuni bir xil (variant) paykaldan ikki xil hosil olgan: 9-paykaldan – 612,7 s/ga; 20-paykaldan – 269,3 s/ga. Ushbu parallel paykalar bir- birdan 2,5 marta farq qilgan (N 90 P 135 K 90 ). Mineral o’g’itlardan olingan samara 40 – 60 % dan oshmagan. Bunga sabab 20-paykal suv yumalab oqib ketadigan joyda, 9- paykal esa suv to’planadigan pastlikda joylashganligidadir. Varinlar soni 12-16 tadan oshmasligi kerak. Dala tajribasida nishablik 0,01-0,02 dan oshmasligi kerak. Dala tajribasi natijalarining qimmati ma’lum bir uslubiy talablarga rioya qilishga bog’liq. Bulardan muhimlari quyidagilar: tipiklik, yagona mantiqiy farq prinsipi, tajribani maxsus ajratilgan va unumdorligi bo’yicha yetarli darajada bir xil bo’lgan uchastkada o’tkazilishi kerakligi, hosildorlikni albatta hisobga olishlik, tajriba aniqligi, ishonchliligi. Kichik paykalli tajribalarda bitta paykal maydoni 10 m 2 dan kichik bo’lib, ko’pincha 3–5 m 2 ni tashkil etadi. Bu tajribalar chuqur yoki izlanuvchan (dastlabki) eksperimentlar olib borish uchun o’tkaziladi. Bu tajriba ko’pincha vegetasion va lizimetrik tajribalar bilan qo’shib olib boriladi. Kichik paykalli tajribalarda ko’pincha nishonlangan atomlar (izatoplar) ishlatiladi, tuproqlarni yuqori unumdorli modeli yaratiladi va tekshirib ko’riladi, o’g’itlarning yangi turi va shakli sinovdan o’tkaziladi. Qisqa muddatli dala tajribalarida ma’lum bir tuproq sharoitida o’g’itlaning ta’siri kamida uch yil o’rganiladi. Bu tajriba amaliy ahamiyatga ega. Uzoq muddatli dala tajribasi – bu stasionar tajriba bo’lib, u almashlab ekishning bitta rotasiyasidan ko’p vaqtni o’z ichiga oladi. Uzoq muddatli stasionar tajribalar almashlab ekishda har xil o’g’itlash tizimlarining samaradorligini baholashga imkon beradi. Almashlab ekishni o’g’itlar bilan qanday to’yinishi kerakligini, almashlab ekish ekinlari bo’yicha organik va mineral o’g’itlarni optimal taqsimlash yo’llarini aniqlab beradi. O’g’itlarni uzoq muddatli ta’sirini aniqlab beradi. Oziq moddalar balansini o’rganish imkonini beradi. Vegetasion tajriba – dala tajribasiga yordamchi bo’lib, u maxsus idishlarda va vegetasion uychalarda o’tkaziladi. Bu usulning asoschilaridan biri bo’lib fransiyalik olim J.B.Bussengo hisoblanadi. U o’z tadqiqotlari asosida – Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling