Dala tajribasi qishloq xo’jaligidagi ilmiy tekshirishning asosiy uslubi hisoblanib,
yuqoridagi uslublardan tuproq, ob-havo va agrotexnologik tadbirlarning birgalikda
o’simlikka ta’sirini tekshirilishi va izlanish ishlab chiqarish sharoitida olib borilishi
bilan farq qiladi.
Ilmiy izlanish va shu asosda nazariy masalarni yoritish, hosil bilan unga
ta’sir etuvchi omillar o’rtasidagi qonuniy bog’liqlik darajasini aniqlash, tuproqni
ishlash, o’g’itlash, sug’orish, almashlab ekish tadbirlarini ishlab chiqish,
tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi navlar yetishtirish, sinash va
ularni rayonlashtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish choralarini
amaliyotda ishlab chiqish va boshqa muammolarni hal qilish mumkin.
Dala tajribasi tushunchasi oddiy bo’lsa ham, haqiqatda nihoyatda
mashaqqatli izlanishni, mehnatni talab qilib, bunda tuproq va tabiatning ko’pgina
hisobga olish qiyin bo’lgan omillari bilan uchrashishga to’g’ri keladi.
Dala tajribalari o’z xarakteri, maqsadi, o’rganiladigan masalalari,
o’tkaziladigan joyi, tajriba davomiyligi va boshqa ko’rsatkichlariga ko’ra bir
nechta turga bo’linadi.
1. O’tkazilish joyiga ko’ra:
a)
Maxsus ajratilagan maydonlarda o’tkaziladigan dala tajribalari
Do'stlaringiz bilan baham: